SALOMATLIK SIRLARI
Braziliyalik to‘p afsungari Sokratesning faoliyatidagi dastlabki
professional shartnomasida futbol uchun g‘alati bir band bor edi.
Unga ko‘ra “Botafogo” klubi futbolchining tibbiyot universitetida
o‘qishiga xalaqit berishi mumkin emas edi. U futbol o‘ynab yurib,
pediatr-vrach diplomini oldi. Aniqrog‘i o‘qib yurib, futbol o‘ynadi
va katta e’tibor qozondi. Uni Doktor Sokrates deb atay boshlashdi va
ismini taniqli faylasuf Sukrotga qiyoslab talaffuz qilishardi.
JISMONIY TARBIYA
Ishonish qiyin bo‘lsada bu aniq fakt: Shevchenko Kiev Jismoniy
tarbiya institutiga hujjat topshirayotganida bir necha yillardan beri
shug‘ullanib keladigan va bu sohada har kimga o‘zi soatlab ma’ruza
o‘qiy oladigan fan – futbol bo‘yicha imtixondan o‘ta olmagan. “Bu
sport turi nazariyasini yaxshi bilmas ekansiz”, – degandi o‘shanda
imtixon olgan kishi. O‘shanda bu inson 2004-yil Yevropaning eng
yaxshi futbolchisi bilan suhbatlashayotganini sezganida bormi…
TARIX
Millionlar o‘yini endi-endi oyoqqa turayotgan davrlarda fut-
boldagi eng “oliy” jazo – 1 metrlik jarima to‘p amalga oshirilmas
246
Yusupov FURQAT
edi. Eng jiddiy jazolar sirasiga kiruvchi penalti tepish futbol qoida-
lari oilasida o‘z-o‘zidan kirib qolgani yo‘q. 1891 yili Angliya kubogi
uchun “Notts Kaunti” va “Stok Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv
bunga sabab bo‘lgandi. O‘yin davomida “Stok Siti” rakibiga 0:1 hi-
sobida yutqazayotgandi. Navbatdagi hujumlarning birida bo‘sh
darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni “Notts Kaunti” o‘yinchisi qo‘li bi
-
lan qaytarib qoladi. Qoida buzilgan nuqtadan bajarilgan zarba ni-
shonga aniq yetib bormaydi. Negaki, “Notts Kaunti” jamoasining
barcha o‘yinchilari darvoza oldida o‘tib bo‘lmas “jonli devor”ni
hosil qilishgandi. Hisob o‘zgarmadi va o‘z-o‘zidan uchrashuv tu-
gagach, “Stok Siti” jamoasidan Angliya futbol rahbarlariga noro-
zilik xati tushdi. Kengash norozilikni ko‘rib chiqish davomida
qoidaga jazoning yangi turini kiritdi: 12 yard (10 metru 97 sm) uzoq-
likdan himoyachilar to‘sig‘isiz darvoza markazidan zarba berish.
Biroq bu bilan penalti tarixi o‘z yakuniga yetmadi. Bu boradagi
navbatdagi ko‘tarilish ham “Stok Siti” futbolchilariga taaluqli bo‘ldi.
“Aston Villa”ga 0:1 hisobida yutqazayotgan “Stok Siti” jamoasi
so‘nggi soniyalarda penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Raqib
futbolchilari ayyorlik yo‘liga o‘tishib, to‘pni uzoqqa ataylab tepib
yuborishdi. To‘pni qaytarib olib kelguncha esa vaqt tugadi. Penalti
ham amalga oshirilmadi. Yana norozilik. Angliya futboli rahbarla-
rining Kengashi bu safar qoidaga “Penalti tepilmaguncha o‘yin tu-
gamasligi kerak”, – degan qo‘shimcha kiritdi. U paytlarda penalti-
lar tepish texnologiyasi hozirgilardan tubdan farq qilardi. Amalda
esa jarima maydonchasi va 11 metrlik belgi oradan 11 yil o‘tgach,
ya’ni 1902-yili joriy qilindi. Endi asosiy gapga kelsak, 11 metrlik jari-
mana to‘pi tepishni irlandiyalik Jon Penalti kashf qilgandi. O‘shan-
dan buyon mazkur jarima to‘pi Jonning familiyasi bilan ataladi.
247
FUTBOL FALSAFASI
AGAR FUTBOLCHI
BO‘LMAGANIDA...
Do'stlaringiz bilan baham: |