Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/134
Sana14.04.2022
Hajmi7,14 Mb.
#549922
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134
Bog'liq
6 07

DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik 
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik 
hujjatlaridan iboratdir. 
3-modda. Dehqon xo‘jaligi 
Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) 
huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati 
asosida amalga oshiruvchi xo‘jalikdir. 
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatini bog‘dorchilik va uzumchilikka yoki sabzavot va poliz 
ekinlarini yoxud boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashish asosida amalga 
oshiradi. 
Dehqon xo‘jaligining faoliyati tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi va dehqon xo‘jaligi 
a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, yuridik shaxs tashkil etmasdan ham 
amalga oshirilishi mumkin. 
4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i 
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli bo‘lgan, o‘ziga dehqon xo‘jaligini yuritish 
uchun yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) 
huquqi asosida berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida 
doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lishi mumkin. 
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu 
jumladan dehqon xo‘jaligining manfaatlarini yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro 
munosabatlarda ifodalaydi va dehqon xo‘jaligi nomidan shartnomalar tuzadi. 
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt yo‘q 
bo‘lgan (harbiy xizmatga chaqirilish, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim 
tashkilotiga o‘qishga kirish, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanish va boshqalar) taqdirda, u o‘z 
majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu xo‘jalikning a’zolaridan biriga berishga haqlidir. 
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro 
kelishuv bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanadi. Bunda yer uchastkasiga meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi meros bo‘yicha dehqon xo‘jaligining yangi 
boshlig‘iga o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga (ikkilamchi ijaraga) berilgan yer 
uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. 
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini to‘liq 
yo‘qotganda, shuningdek harbiy xizmatga chaqirilgan, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun 
oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirgan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, dehqon 
xo‘jaligi boshlig‘ining taklifi va dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha 
dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i belgilanishi mumkin, unga yer uchastkasiga meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi o‘tadi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ijaraga 
(ikkilamchi ijaraga) berilgan yer uchastkalariga nisbatan esa ijara (ikkilamchi ijara) shartnomasiga 
dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. 


Ushbu moddaning 
to‘rtinchi
va 
beshinchi qismlarida 
nazarda tutilgan hollarda dehqon 
xo‘jaligining yangi boshlig‘i to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligi 
a’zolari yig‘ilishining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida 
dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i haqida o‘zaro kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud 
tartibida hal qilinadi. 
Ushbu moddaning 
to‘rtinchi
va 
beshinchi qismlarida 
nazarda tutilgan hollarda, yer 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, yer uchastkasini ijaraga (ikkilamchi 
ijaraga) olish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar qonunchilikda 
belgilangan tartibda dehqon xo‘jaligining yangi boshlig‘i nomiga rasmiylashtiriladi, shuningdek 
Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestriga tegishli o‘zgartishlar kiritiladi. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish