III. 7. 2. Arxivga topshiriladigan hujjatlarni rasmiylashtirish
Sud arxiviga topshirilgan ishlar hamda hujjatlaming muqovasiga,
shuningdek, hisobga (ro‘yxatga) olish varaqasi yoki ro‘yxatga olish
kitobiga arxiv raqami qo‘yiladi.
Ishlar sud arxivida yillar asosida arxiv raqamlari tartibi bo‘yicha
saqlanadi.
Arxiv mudiri har yili kamida bir marotaba doimiy saqlanishi lozim
bo‘lgan, sud arxivida saqlash muddati o ‘tgan hujjatlami doimiy
saqlash uchun arxiv tashkilotlariga topshirish ishlami amalga oshi-
radi.
Hujjatlaming doimiy-amaliy ekspertizasi
hujjatlaming mazmun
va mohiyatlarini aniqlash, ulami saqlash, saqlash muddatini belgilash
maqsadida o‘tkaziladi.
Ekspert komissiyasi viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raisla-
rining buyrug‘i bilan 3-5 kishidan kam boMmagan tartibda tasdiqla-
nadi.
Tuman (shahar) sudining ekspert komissiyasi davlat arxiviga top-
shirilishi lozim bo‘lgan yig‘majildlar va ulaming dalolatnomasini,
shuningdek, doimiy yoki vaqtincha (10 yildan ko‘p) saqlanadigan
yig‘majild va ulaming ro‘yxatini ko‘rib chiqib, arxiv tashkilotlari tas-
dig‘iga berish haqida qaror chiqaradi. Shuningdek, ehtiyoj bo‘lmagan
boshqa yig‘majildlar dalolatnomasini ko‘rib chiqadi.
Yo‘q qilib tashlashga ajratilgan hujjatlar
va ishlar dalolatnoma
bilan rasmiylashtirilib, yuqori sudda ma’lum qilinadi. Dalolatno-
malaming ijrosi ular arxiv tashkilotlari tomonidan tasdiqlangach,
tuman (shahar) sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Yig‘majildlami
rasmiylashtirish deganda, ulam i muqovalash,
uning nomini muqova sirtiga yopishtirish, alohida qog‘ozga katta
harflar bilan yozish, varaqlarini tikish va unga tartib raqami qo‘yish,
so‘ngra barcha raqamlaming umumlashtirilgan sonini ko‘rsatib imzo-
lash tushuniladi. Yig‘majildlar qattiq muqovalarga tikiladi.
Ulaming
tartib raqami undagi hujjatlaming turkumlarga qarab qo‘yiladi.
Yig‘majildlarda doimo saqlanadigan hujjatlaming ro‘yxati muqo-
va orqasiga yopishtirilgan qog‘ozga yozib borilishi kerak.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yig‘majildlar ro‘yxati sud raisi nazorati ostida devonxona mudiri
(har bir tarkibiy tarmoqlardagi mas’ul) tomonidan yuqorida ko‘rsatil-
gan tavsiyalar asosida tuziladi. Joriy etilgan barcha yig‘majildlaming
to‘g ‘ri yuritilishi sud raisi va devonxona mudiri kuzatuvida bo‘ladi.
Yig‘majildlar ro‘yxati uch nusxadan iborat tuzilib, ekspert komis-
siyasining raisi va uni tuzgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi,
bunga
sud raisi o ‘z roziligini bildirishi kerak. Mazkur ro‘yxat arxiv tashki-
lotlari tomonidan tasdiqlangach, uning ikki nusxasi shu tashkilotda,
bir nusxasi sudda qoladi. Vaqtinchalik saqlanayotgan ro'yxatlar ham
xuddi shunday rasmiylashtiriladi, ammo arxiv tashkilotlariga yubor-
ilmaydi.
Yig‘majildlar ish yurituvga olingan
kimdan boshlab arxivga top-
shirilgunicha yoki yo‘q qilib tashlangunga qadar devonxonada alohi-
da ajratilib, shkafda saqlanadi.
Doimiy saqlanadigan yig‘majildlardan ayrim hujjatlami olish man
etiladi, ammo zaruriyat tug‘ilgan hollarda sud raisining roziligi bi-
lan ayrim hujjatlar olinishi mumkin. Bu holda maxsus dalolatnoma
tuziladi. Ushbu dalolatnoma olingan hujjatning nusxasiga qo‘shilib,
yig‘majildda qoldiriladi.
Joriy yil o‘tganidan so‘ng, 1- apreldan kechiktirilmay o‘tgan yilgi
yig'majildlar arxivga topshirilishi kerak. Vaqtincha (1 yildan ko‘p)
saqlanadigan yig‘majildlar arxivga sud raisi belgilagan vaqtda top-
shirilishi mumkin.
Yig‘majildlar sud arxiviga sud raisi tomonidan tasdiqlangan tartib
jadval asosida ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi. Bu ro‘yxatlarda yig‘ma-
jildlar nomi ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: