Nazorat savollari:
1. Sudlarda fuqarolar kimlar tomonidan qabul qilinadi?
2. Tuman (shahar) sudlarida va yuqori sudlarda fuqarolami qabul qilish
tartibi qanday tashkil etiladi?
3. Sud tomonidan jo ‘natilayotgan hujjatlar qanday kitoblarga qayd
etiladi?
4. Sud tomonidan jo ‘natilayotgan hujjatlami rasmiylashtirish tartibi
qanday?
II. 8. JINOYAT VA F U Q A R O L IK ISH L A R IN I
QAYD ETISH VA HISOBGA OLISH
II. 8 .1 . Sudga kelib tushgan jinoyat ishlarni qayd etish va
hisobga olish tartib i
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2003- yil 15-
iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan «Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda
ish yuritish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomaga asosan, sudda ko‘rish
uchun sudga kelib tushgan barcha jinoyat ishlar jinoyat ishlarini qayd
etish kitobiga (6- ilova), jinoyat ishini hisobga olish varaqasiga (7-
ilova) hamda jinoyat ishlari bo'yisa alifbo kitoblariga (8- ilova) qayd
etiladi.
Sudda ko‘rish uchun sudga kelib tushgan ma'muriy huquqbu-
zarlikka oid ishlar m ’muriy huquqbuzarlikka oid ishlami qayd etish
kitobi, ma’muriy ishni hisobga olish varaqasi hamda ma'muriy ishlar
bo‘yicha alifbo kitoblarida qayd etiladi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ishlami hisobga olish varaqalari jinoyat ishlari uchun alohida,
m a’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar uchun alohida kartoteka quti-
chalarida saqlanadi va ulaming oxirgi kartoteka raqami qutichaning
oldingi qismida turishi kerak.
Alifbo tartibida yuritiladigan ro'yxatda jinoyat ishlari bo‘yicha har
bir sudlanuvchi, m a’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha har
bir huquqbuzar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha har bir
arizachining ism-familiyasi alifbo tartibida ko‘rsatiladi.
Ishlami hisobga olish varaqasida har bir jinoyat va ma’muriy
huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha bajariladigan harakat yuzasidan
tegishli shakllarda nazarda tutilgan zarur belgilar aks ettirilishi kerak.
Sud tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakat-
lari olib borish uchun yuborilganda, bu haqda ajrimlami qayd etish
kitobiga qayd etiladi.
Yil tamom bo‘lib, yangi yil boshlanishigacha ko‘rilmay qolgan
ishlar ishlami hisobga olish varaqasiga yangi raqam qo‘yilib, yangi
yil hisobiga o‘tkaziladi.
Bunday ishlaming har biri uchun tuzilgan ishlami hisobga olish
varaqasida ikkita tartib raqam, ishning o‘tgan yildagi va yangi yildagi
raqamlari ko‘rsatiladi.
Masalan, o‘tganyildaishningtartib 1-360-2009 bo'lsa, 1-01/360-
2010 bo‘ladi.
Jazoni o‘tashdan muddatida ilgari shartli ravishda ozod etish, ja-
zoni yengilrog‘i bilan almashtirish, kasalligi tufayli jazodan ozod
etish, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi ishlar qayd daftariga va
alifbo ko‘rsatkichli ro‘yxatga qayd etiladi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo o‘tayotgan vaqtida
qamoqda saqlash sharoitini o‘zgartirish, shartli hukm qilinib, sinov
muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlami bajarmaganli-
gi sababli shartli hukmni bekor qilib, jazoni o ‘tash uchun yuborish
to‘g‘risidagi ishlar kitobga va alifbo ko‘rsatkichli ro‘yxatga qayd eti-
ladi.
M a’muriy huquqbuzarlik uchun javobgar qilingan shaxslarga taal-
luqli hujjatlar kitobga va alifbo ko‘rsatkichli ro‘yxatga qayd etiladi.
Jinoyat, ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlami qayd etish uchun
quyidagi shartli namunaviy indekslar ro‘yxati joriy etiladi:
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
«1» -jin o y a t ishlari;
«2» - jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, ja-
zoni yengilrog‘i bilan almashtirish, kasallik yoki mehnat qobiliyatini
yo‘qotganlik oqibatida jazodan ozod qilish, sinov muddati davomi-
da yuklatilgan majburiyatlami olib tashlash yoki yangi majburiyatlar
yuklash haqidagi ishlar;
«3» - shartli hukmni bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro
etish to‘g‘risidagi ishlar;
«4» - sudlanganlikni olib tashlash to‘g‘risidagi ishlar;
«5» - ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlar (mayda bezorilikdan
tashqari (materiallar));
«6» - mayda bezorilik va qamoqda saqlanib turish muddatini
uzaytirish haqidagi materiallar;
«7» - jarimaning to ‘lanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari,
xizmat bo‘yicha cheklash yoki qamoq tarzidagi jazo bilan axloq
tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini shu muddatga ozodlikdan
mahrum qilish tarzidagi jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi ishlar;
«8» - tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risida-
gi ishlar;
Bu indekslar soni zarurat tug‘ilganda davom ettirilishi mumkin.
Agarda dastlabki tergov organlaridan kelgan jinoyat ishlari tar-
tib bilan yaxshi tikilgan bo‘lsa, shu muqovada qolaveradi. Ulaming
muqovasi puxta bo'lmasa, bu muqovaning ustidan yangi muqova
qoplashi mumkin. Yangi muqovada ishning sudga kelib tushgan vaqti,
uning raqami, ayblanuvchining familiyasi, ismi va sharifi, qaysi mod-
da bilan ayblanayotganligi, ehtiyot chorasi qamoqda yoki ochiqdaligi
ko‘rsatiladi. Tergovda tikilgan muqova ham saqlab qo‘yilishi kerak.
Jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlaming muqovasi
ichki tomoniga alohida qog‘oz yopishtiriladi, unda ish bo‘yicha olib
borilgan harakatlaming maTumoti beriladi, ya’ni ishning sudga qa-
chon kelganligi, ishni sudda ko'rish uchun tayinlash haqida yoxud
boshqacha qaror qabul qilingan kun, sudning chaqiruv qog‘ozlari
qachon yuborilganligi, ayblov fikri, hukm va qaror nusxasining qa-
chon topshirilganligi, qanday qo‘shimcha hujjatlar talab etilganligi
va hokazo. Ishlami hisobga olish varaqasi va qayd daftarida ishning
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
sudga qachon kelib tushganligi aniq ko‘rsatiladi. Ana shu kun ishning
muqovasiga ham yoziladi.
Pochta orqali kelgan ish materiallari pochtaning sudga kelib tush-
gan kunidan boshlab qayd etiladi, shaxsiy qabul chog‘ida qabul qi-
lingan ish va arizalar ular qabul qilingan kundagi imzo bo‘yicha qayd
etiladi.
Sudning hukmi, ajrimi, qarori bekor qilinganidan keyin yoki ish
qo‘shimcha tergovga yuborilganidan so‘ng qaytib kelgan ishlar sudga
kelib tushgan kimidan boshlab ishlami hisobga olish varaqasi va qayd
daftariga yoziladi. Ular hisobga olingan kunidan boshlab yangi tartib
raqamlari qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |