PLANNING OF INTERDISCIPLINARY RELATIONS IN THE NATURAL-MATHEMATICAL
CYCLE
Yusupova N.V. – teacher of Kokand State Pedagogical Institute
Annotation.
It is emphasized that the systematic and systematic implementation of
interdisciplinary communication at all stages of education is the basis of knowledge, skills
and abilities acquired in the studied disciplines. The article analyzes the four main methods
of planning interdisciplinary relationships in school practice and their functions, as well as
the processes of the formation of these methods in students.
Key words:
natural-mathematical, dialectical, methodological, educational,
constructive, inertial, educational-methodical, integrated approach, psychological and
pedagogical, methodological cycle, cognitive, communicative, orientation
116
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Taʼlimning barcha bosqichlarida fanlar asoslarini o‘qitishning mahsuldorligini
oshirishda faqatgina o‘zaro uzviy bog‘liqlik va muvofiqlik, o‘rganilayotgan fanlardan
olinadigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni keng tatbiq qilish mumkin bo‘lgan sharoitida turli
o‘quv kurslarining mazmunini maqsadga qaratilgan holda tanlash va takomillashtirish hal
qiluvchi rolni o‘ynadi. Boshqacha aytganda, maʼlum bir tipdagi taʼlim muassasasida faqatgina
obyektiv voqelikning hodisa va jarayonlari o‘rtasida real mavjud bo‘lgan o‘zaro
munosabatlarni aks ettiruvchi fanlararo bog‘lanishni tizimiy va rejali amalga oshirish
sharoitidagina fan asoslarini yuqori darajali o‘zlashtirilishiga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘qitishga bunday yondashuv o‘quvchi va talabalarda dialektik fikrlashni optimal
rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, yaxlit fikrlash va nuqtayi nazarni
shakllantirishga yordam beradi, bu esa har qanday o‘qitishning maqsadidir.
Maʼlumki, fanlararo bog‘lanish hodisasi ko‘p o‘lchamli. U mazmunining ko‘pqirraliligi
hamda o‘qitish metodlari va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi va
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati bilan o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyatining o‘zaro
bog‘lanishi asosini tashkil qiladi. O‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish
muammosining yuzaga kelishi tarixiy nuqtayi nazardan taʼlim jarayonining o‘quvchilarning
ongida real dunyoning turli hodisalari to‘g‘risidagi bilimlarning alohida-alohida tizimlarini
shakllantirishga yordam beradigan tuzilmaviy predmeti sababli paydo bo‘lgan.
O‘rta va oliy maktabda fanlararo bog‘lanish muammosiga АbdullayevaB.S., Kadirov B.,
Sharifov F., Аliyev, А.R.,Navruzov N.А., Choriyev А.I., Аbduxalilov O., Аliyev M.I., Аliyev R.D.,
Xaybulayev M.X., Xaydarov А.,Tuygunov R. va boshqalar o‘z ilmiy tadqiqotlari ishlarini
bag‘ishlangan. Bu ishlarda o‘rta umumiy taʼlim va oliy maktabda o‘quv jarayonini
takomillashtirishda, shu jumladan, pedagogika oliy taʼlim muassasalarida, o‘quvchilarning
bilim sifatini hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirishda
fanlararo bog‘lanishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Boshqa fanlardan olingan bilimlarning mazmunini, hajmini, qo‘llash vaqti va usullarini
faqatgina pedagogika olim taʼlim muassasida har bir o‘quv fanining dasturi va yetakchi
g‘oyalari asosida fanlararo bog‘lanishlarni rejalashtirish asosida aniqlash mumkin. Buning
uchun kurslar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, masalan, tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitish
metodikasining “Fanlararo bog‘lanishlar” bo‘limlarida berilgan tavsiyanomalarni puxta
o‘rganish, shuningdek, bir-biriga yaqin o‘qitish metodikalari kurslarining o‘quv rejalarini va
materialini o‘rganish zarur.
Maktab amaliyotida fanlararo bog‘lanishlarni rejalashtirishning to‘rtta asosiy usuli
yuzaga kelgan – tarmoq bo‘yicha, kurs bo‘yicha, mavzular va darslar bo‘yicha. Pedagogika
oliy taʼlim muassasasi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘rta umumiy taʼlim maktablarida
fanlararo bog‘lanishlarni o‘tkazishga tayyorlashda ushbu usullar talabalarda ishlab chiqilishi
kerak, aks holda talabalardan kerakli natijani kutish mumkin emas. Rejalashtirish bo‘lajak
o‘qituvchilarni fanlararo bog‘lanishlar samarali amalga oshirishga tayyorlashning zarur va
ahamiyatli bo‘g‘inini tashkil qiladi va o‘qitish amaliyotida talabalarni – ular orqali maktab
o‘quvchilarini ularni amalga oshirish vositalaridan biri hisoblanadi.
Tabiiy-matematik sikl fanlarining fanlararo bog‘lanishlari, fanlararo bog‘lanishlarning
boshqa barcha turlari kabi, adabiyotlarda yetarlicha keng muhokama qilingan va bayon
qilingan. Qaralayotgan savol bo‘yicha fanlararo bog‘lanishlarning vazifalarini qisqacha
tavsiflab o‘tamiz.
117
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Fanlararo bog‘lanishlarning metodologik vazifasi faqatgina ularning asosida
talabalarda va o‘quvchilarda tabiatga dialektik qarashni, uning yaxlitligi va rivojlanishi
to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlarni shakllantirish mumkin, chunki fanlararo bog‘lanishlar
o‘qitishda tabiatni bilishga tizimiy yondashuv pozitsiyalaridan integratsiyalar, g‘oyalar va
metodlar yo‘nalishida rivojlanuvchi zamonaviy tabiatshunoslik metodologiyasini aks
ettirishga yordam beradi.
Fanlararo bog‘lanishlarning taʼlimiy vazifasi o‘qituvchilar ularning yordamida
o‘quvchilar bilimining tizimiylik, chuqurlik, onglilik, moslashuvchanlik kabi sifatlarini
shakllantirishlaridan iborat. Fanlararo bog‘lanishlar o‘quv faniga oid tushunchalarni
rivojlantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi, fanlar orasidagi bog‘lanishlarni va umumiy
tushunchalarni o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Fanlararo bog‘lanishlarning rivojlantiruvchi vazifasi ularning talabalar va
o‘quvchilarning tizimiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi, ularda bilish faolligini,
mustaqillikni hamda tabiiy-matematik sikl fanlarini bilishga qiziqishni shakllantirishdagi roli
bilan belgilanadi. Fanlararo bog‘lanishlar fanga oid fikrlashdagi inertlikni bartaraf etishga
yordam beradi va bo‘lajak fan o‘qituvchilarining va ular orqali maktab o‘quvchilarining
fikrlash doirasini kengaytiradi.
Fanlararo bog‘lanishlarning tarbiyalovchi vazifasi ularning talabalar va o‘quvchilarni
tarbiyalashning barcha yo‘nalishlarida, oliy taʼlim muassasida va maktabda tabiiy-matematik
sikl fanlarini o‘qitishga yordam berishida ifodalanadi. Fanlarni o‘qitish metodikasi
o‘qituvchilari boshqa fanlar bilan bog‘lanishga tayangan holda tarbiyaga majmuaviy
yondashuvni amalga oshiradilar.
Fanlararo bog‘lanishlarning konstruktiv vazifasi shundan iboratki, ularning yordamida
o‘qituvchi oliy taʼlim muassasasida maktabda o‘tiladigan dars samaradorligini oshirishga
yo‘naltirilgan o‘quv materialining mazmunini, o‘qitish metodlari va uni tashkil qilishni
takomillashtiradi. Fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish psixologo-pedagogik va metodik
sikl o‘qituvchilaridan ham oliy taʼlim muassasida, ham maktabda o‘rganiladigan bir-biriga
yaqin kurslarning darsliklarini va dasturlarini bilishini ko‘zda tutadigan o‘quv va
auditoriyadan tashqari ishlarning majmuaviy shakllarini birgalikda rejalashtirishlarini talab
qiladi.
Fanlararo bog‘lanishlardan foydalanish – tabiiy-matematik sikl fanlarining eng
murakkab metodik vazifalaridan biri. U boshqa fanlarning darsliklari va dasturlarining
mazmunini bilishni talab qiladi. Umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘qitish amaliyotida
fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish matematika, fizika, ximiya, biologiya, geografiya
o‘qituvchilarining hamkorligini, ochiq darslarni kuzatishni, darslarni hamkorlikda
rejalashtirishni va shu kabilarni ko‘zda tutadi.
Fan o‘qituvchilari maktabning umumiy o‘quv-metodik ishlari rejasini hisobga olgan
holda o‘z kurslari bo‘yicha fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirishning individual rejasini
ishlab chiqadilar. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy taʼlim
muassasasida o‘qish davridayoq o‘qitish xususiyatiga ega bo‘lgan zarur tayyorgarlik ishlarini
tegishli tarzda olib borish zarur. Bunday ishga ijodkorlik bilan yondashish kerak bo‘ladi va u
bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Pedagogika kursi va fanlarni o‘qitish metodikasi kurslari bo‘yicha “Fanlararo
bog‘lanish” bo‘limini, shuningdek, o‘rta umumiy taʼlim maktabi dasturlari va dasturlaridagi
118
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
tayanch mavzularni o‘rganish, qo‘shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlarni
o‘qish.
2. Fanlararo bog‘lanish muammosiga oid maxsus kurs va maxsus seminarlarni o‘qish.
3. Kurs va mavzuviy rejalardan foydalangan holda fanlararo bog‘lanishlarni darsma-
dars rejalashtirish.
4. Konkret darslarda fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish vositalarini va metodik
usullarini ishlab chiqish.
5. O‘rta maktabda o‘qitishni tashkil qilishning majmuaviy shakllarini tayyorlash va
o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish,
6. Tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishni
va natijalarini baholash usullarini ishlab chiqish.
Shunday qilib, o‘rta maktabda tabiiy-matematik sikl fanlarining mazmunini qurish, har
bir kursning ichki bog‘lanishlarini kuchaytirish ularning maktabda erta o‘rganilgan o‘quv
fanlari bilan o‘zaro bog‘lanishlarining ahamiyatini pasaytirmaydi. O‘qitishda fanlararo
bog‘lanishlar didaktik tamoyil sifatida hamda turli o‘quv fanlarini o‘qitishning maqsad va
vazifalarini, mazmuni va metodlarini, vosita va shakllarini qamrab olish sharti sifatida
qaraladi.
Fanlararo bog‘lanishlar taʼlim mazmunining asosiy
elementlarini
bo‘laklarga
ajratish, o‘quv faoliyatining tizim hosil qiluvchi g‘oyalari, tushunchalari, umumiy ilmiy
usullarining rivojlantirilishi avvaldan ko‘ra bilish, turli fanlardan olingan bilimlarni umumiy
o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarining real faoliyatida majmuaviy qo‘llash imkonini beradi.
Shuning uchun ham fanlararo bog‘lanish tamoyili bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy-pedagogik va
metodik tayyorlashda yetakchi o‘rinni egallashi kerak.
Talabalar psixologo-pedagogik va metodik xususiyatga ega bo‘lgan masalalarni yechish
va o‘zlashtirishda murakkab bilish va hisoblash amallarini bajaradilar:
1) fanlararo masalaning mohiyatini anglab yetadilar, o‘z fanini o‘qitish amaliyotida
boshqa fanlardan olingan bilimlarni qo‘llash zarurligini tushunib yetadilar;
2) boshqa fanlardan zarur bilimlarni tanlab oladilar va dolzarblashtiradilar (“ishchi
holatiga” keltiradilar);
3) bu bilimlarni yangi vaziyatga ko‘chiradilar, o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatini
hisobga olgan holda bir-biriga yaqin fanlarni qay darajada bilishlarini solishtiradilar;
4) bilimlarni sintezlaydilar, tushunchalar, o‘lchov birliklari, hisoblash amallarini o‘zaro
moslashtiradilar, funksional bog‘liqlikni aniqlaydilar, ularni bajaradilar;
5) natijani
oladilar,
xulosalarni
umumlashtiradilar,
tushunchalarni
mustahkamlaydilar.
Tabiiy-matematik sikl fanlarini o‘qitish metodikasi mashg‘ulotlarida fanlararo bilish
masalalaridan muammoli savollar, miqdoriy masalalar, amaliy topshiriqlar shaklida tizimli
foydalanish talabalarda o‘rta umumiy taʼlim maktablarida o‘qitiladigan turli fanlardan
olingan bilimlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatishni va o‘zlashtirilishini, shakllantirilishini
taʼminlaydi. Qaralayotgan masala bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim vazifasi
aynan mana shundan iborat.
Fanlararo bog‘lanishlar o‘quv fanlarining tarkibiga va tuzilmasiga taʼsir ko‘rsatadi. Har
bir o‘quv fani fanlararo bog‘lanishlarning u yoki bu turining manbayi hisoblanadi. Shuning
uchun ham tabiiy-matematik sikl fanlari har birining mazmunida hisobga olinadigan
119
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
bog‘lanishlarni, va aksincha, har bir fandan boshqasi tomonga boruvchi bog‘lanishlarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda va ular orqali umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarida real
hayot haqidagi, materiya harakatining turli shakllari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aks ettiruvchi
bilimlarning umumiy tizimini shakllantirish – fanlararo bog‘lanishlarning asosiy taʼlim
vazifalaridan biri. Yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish fanlararo bog‘lanishlarni, albatta,
hisobga olishni talab qiladi. Tarbiyada majmuaviy yondashuv pekdagogika oliy taʼlim
muassasida o‘rganiladigan maxsus kurslar, shuningdek, psixologo-pedagogik va metodik
fanlarning fanlararo bog‘lanishlar vazifasini kuchaytiradi. Bunday sharoitda ko‘rsatib o‘tilgan
fanlarning (kurslarning) ham o‘zaro, ham gumanitar va texnik sikl fanlari o‘rtasidagi
bog‘lanishlari mustahkamlanadi, bilimlarni ko‘chirish, ulardan foydalanish va har tomonlama
fikrlash ko‘nikmalari yaxshilanadi.
Shunday qilib, fanlararolik – bu talabalarni o‘qitishning zamonaviy tamoyili bo‘lib, bir
qator o‘quv fanlarining o‘quv materialini tanlashga va tuzilmasiga taʼsir ko‘rsatadi, o‘rta
maktab o‘quvchilariga uzatiladigan talabalar bilimining tizimiyligini kuchaytiradi, o‘qitish
metodlarini faollashtiradi, o‘qitishni tashkil qilishning majmuaviy shakllaridan foydalanishga
yo‘naltiradi, pedagogika oliy taʼlim muassasida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning birligini
taʼminlaydi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik va metodik tayyorlash jarayonida fanlararo
xususiyatga ega bo‘lgan asosiy umumlashgan malakalar (kognitiv, konstruktiv, tashkiliy,
kommunikativ, orientatsion, yo‘naltiruvchi, tadqiqotchilik) aniqlandi.
Talabalarda fanlararo mazmunga ega umumlashgan malakalarni maqsadga yo‘naltirib
shakllantirish ularning kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish imkonini berishi, va demak,
o‘qituvchi sifatida fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish bo‘yicha bo‘lajak mustaqil
faoliyatining saviyasi oshirilishi isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |