FUTURE PRESCHOOL EDUCATION
Ibragimova G.
–
Associate Professor of Tashkent State Pedagogical University
Annotation.
The article is about such issues like preschool education, improving the
quality of preschool education and requirements put before preschool education as well as
reforms in the field of preschool education. At the same time, it is about pedagogical and
psychological tasks of teachers in improving the quality of education and its implementation.
Key words:
preschool education, education process, knowledge, skills, sub-skills,
formation, independent learning, creative activity, pedagogical management.
2016-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2017-
2021-yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda maktabgacha taʼlim
muassasalari faoliyatini samarali boshqarish va yangi sifat darajasiga ko‘tarish masalasiga
ustuvor o‘rin ajratildi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalari oldiga qo‘yilayotgan
dolzarb vazifalardan biri tarbiyalanuvchilarga sifatli taʼlim berish, ularni har tomonlama
rivojlantirishdan iborat. Maktabgacha taʼlim sifatini yaxshilash, uni boshqarishni davr
talablari asosida tashkil etish mexanizmlarini yaratish va qo‘llashga layoqatli bo‘lgan
mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish pedagogika fanining dolzarb
masalalaridan biridir. Ushbu masalani har tomonlama o‘rganish va maktabgacha taʼlim
muassasalarini ilmiy-metodik boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan
yangi modellarni ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega. Ushbu modelning asosini
maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarishning yangi parametrlarini ishlab chiqish tashkil
etadi. Uzluksiz taʼlim tizimida maktabgacha taʼlim alohida o‘rin tutadi, maktabgacha
yoshdagi bolani o‘zining shaxsiyatini qo‘llab-quvvatlash, bolaning manfaatlari va ehtiyojlarini
hurmat qilish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kelajak hayotga tayyorlash muhim
hisoblanadi. Zamonaviy maktabgacha taʼlimning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish, malakali va professional darajada samarali boshqaruvni taʼminlaydi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi murakkab ijtimoiy-pedagogik tizimdir. Boshqariladigan
obyektda, boshqaruv tizimida va barcha quyi tizimlarda innovatsion o‘zgarishlarning amalga
oshirilishi taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilariga taʼsir ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
innovatsion o‘zgarishlarning eng katta va masʼuliyatli yuki obyektiv ravishda rahbarlarga
to‘g‘ri keladi. Innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonining samaradorligini
belgilovchi asosiy mezon innovatsion texnologiyalarni joriy etish qobiliyatini anglatadigan
maktabgacha taʼlim muassasasining innovatsion salohiyatidir va albatta, innovatsion taʼlimni
faqatgina maktabgacha taʼlim muassasasida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan
rahbar va o‘qituvchi xodimlar taʼminlay olishi mumkin.
1
Maktabgacha taʼlimni sifat jihatdan takomillashtirishga qo‘yilayotgan talablar sirasiga:
pedagogik jarayonlarda bo‘lajak tarbiyachilarni shaxslararo muloqotga tayyorlash, subyekt-
1
Мирзиёева.Ш.M. Инновационная компетентность руководителя дошкольного образовательного учреждения: сущность,
механизмы формирования иразвития. // Педагогика. журнали– Тошкент, 2018. − № 5. –11-21 - б.
39
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
subyekt munosabatlariga kirishish, kompetensiyaviy diagnostika, maktabgacha taʼlimni
boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishga oid bilimlar bilan
qurollantirish, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim sifatini
boshqarishga oid zamonaviy yondashuvlarni egallashlariga sharoit yaratish va maktabgacha
taʼlim muassasalarini muntazam takomillashtirish hamda modernizatsiya qilish zamon
talablaridan biri hisoblanmoqda.
Shu yo‘l nafaqat maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi
muammolarni hal qilish, balki bo‘lajak pedagoglarning innovatsion usullarni
o‘zlashtirishlarini taʼminlash imkonini ham beradi.
Maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar mazkur jarayonni boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirishni, yaʼni bu jarayonni anʼanaviy uslublaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot talablariga mos keladigan, demokratik prinsiplarga asoslangan taʼlim boshqaruv
tajribasini egallashni taqozo etmoqda.
Shaxsning har tomonlama rivojlanishi va mutaxassis sifatida kasbiy shakllanishida uning
mavjud bilim darajasi va shaxsiy xususiyatlari yetakchi o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham
taʼlim-tarbiya jarayonida har bir taʼlim oluvchiga muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar bilan
bir qatorda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni hosil qilish ham nazarda tutiladi.
Maktabgacha taʼlim o‘z tarkibiga turli tashkil etuvchilarni qamrab olgan murakkab
ijtimoiy tizim sifatida uni boshqarishga alohida yondashishni talab qiladi. Shu bilan birga
maktabgacha yoshdagi bolalarning dastlabki rivojlanishini taʼminlovchi pedagogik jarayon
sifatida boshqaruvning umumiy prinsiplariga tayanishni taqozo qiladi. Shuning uchun ham
pedagogik boshqaruv sohasidagi izlanishlarda amalda mavjud bo‘lgan metodologik
yondashuvlarga tayaniladi.
Bo‘lajak mutaxassisning muayyan bilim darajasi va shaxsiy sifatlariga tayangan holda
hosil qilinadigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar maktabgacha taʼlim sohasi
mutaxassislarida qatʼiy iroda, ishonch, bolajonlik kabi sifatlarning tarkib topishiga ham
xizmat qilishi lozim. Biroq ular maktabgacha taʼlim muassasasi taʼlim jarayonining
maqsadlarini to‘liq oydinlashtirmaydi.Shunga ko‘ra zamonaviy pedagogik texnologiyalar va
uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim muassasalari uchun pedagog va rahbar
kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy bilimlarini muntazam oshirishga erishish zaruriyati
kuchaymoqda. Maktabgacha taʼlim muassasalari uchun pedagog xodimlar tayyorlashga
yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur jarayonda talabalarga
maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilimlar va tushunchalar haqida
yetarlicha maʼlumot berilmayapti. Maktabgacha taʼlim pedagogikasiga oid bilimlar uning
amaliyotidan uzilib qolgan. Bu esa maktabgacha taʼlim samaradorligini taʼminlashga salbiy
taʼsir ko‘rsatmoqda. Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlashga erishish
uchun yuqori malakali pedagog-tarbiyachilar va rahbar xodimlar tayyorlashga alohida eʼtibor
qaratish lozim.
1
Maktabgacha taʼlim muassasasining rahbarlari quyidagi talablarni hisobga
olishlari kerak:
1
Шарипова Д. «Агар болам соғлом бўлсин десангиз» ва бошқалар (Ота-оналарга мактабгача ёшдаги болаларнинг гигиеник
тарбияси ҳақида) Методик қўлланма. Т.: 2006.
40
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
– taʼlim tizimida mavjud ehtiyoj va muammolarning tahlili maqsad qo‘yishning bosh
omili bo‘lib xizmat qilishi, bunda dastlabki imkoniyatlar va vositalar, zaxiralar hisobga olinishi
kerak;
–maqsadlar muhim muammolarni hal qiladigan darajada dolzarb bo‘lishi lozim;
–maqsadlar murakkab, biroq aniq bo‘lishi zarur. Shuningdek, maktabgacha taʼlim
muassasasining yaqin kelajakdagi rivojlanishini ifodalashi shart;
– maqsadlar qanchalik puxta, istalgan natijaning aniq darajasi va unga erishish muddati
ko‘rsatilgan holda shakllantirilgan bo‘lsa, ularga erishish shuncha oson kechadi;
– maqsadlar tashxislovchi, rag‘batlantiruvchi, undovchi xarakterga ega bo‘lishi lozim;
–maqsadlar maktabgacha taʼlim muassasasining oldida turgan vazifalariga mos kelishi
kerak;
– hamkorlikdagi faoliyat maqsadlari uning barcha subyektlariga maʼlum, ular uchun
tushunarli holda qabul qilinganligi jamoaviy faoliyat va maqsadlar birligini taʼminlaydi;
– kichikroq aniq maqsadlar yirikroq va uzoq muddatli maqsad va intilishlarga
bo‘ysundirilishi lozim.
Taʼlim oluvchilarning hayotiy ehtiyojlariga mos va samarali usullarni qo‘llash orqali
bilimlar taqdim etilishi, ko‘nikmalar hosil qilinishi, taʼlim dasturlarini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishga pedagogik hamda boshqaruv jihatdan
shart-sharoitlar yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur texnologiyaning afzalliklari
shundan iboratki:
– pedagoglarning tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishi, alohida iqtidorli bolalarni
qo‘llab-quvvatlashi uchun qulay pedagogik shart-sharoit vujudga keladi;
–tarbiyalanuvchilarning tahsil olish va rivojlanish surʼati ortadi;
–bolalarning tahsil olishga bo‘lgan qiziqishi, ehtiyoji, mayllari kuchayadi.
Maktabgacha taʼlim muassasasini boshqarishda rahbardan yangiliklarni o‘zlashtirish,
ularni taʼlim muassasasi hayotiga rejali va maqsadli tatbiq etish, bu sohada uyushqoqlikni
taʼminlash, mayl uyg‘otish, amalga oshirilgan ishlarni muntazam nazorat(monitoring qilish)ni
taqozo etadi.
Tarbiyalanuvchilarning millati, dini, eʼtiqodlari, ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy sharoiti
va qobiliyatidan qatʼiy nazar, ularning taʼlim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishlari uchun
imkoniyat yaratish, pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, teng rivojlanishlariga erishish,
maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan Davlat
talablari doirasida variativ dasturlar asosida taʼlim olishning barcha uchun ochiqligini
taʼminlaydi.
1
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan maktabgacha taʼlimning yangi
mazmuni taʼlim-tarbiya jarayonini tubdan yangilash bilan bir qatorda, maktabgacha taʼlim
muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltiradi. Bu esa maktabgacha
taʼlimni rivojlantirishning asosiy omilidir. Shunga ko‘ra maktabgacha taʼlim muassasalari
rahbarlari tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ijodkorlik sifatlarini oliy pedagogik
taʼlim jarayonidayoq o‘zlashtirishlari kerak. Shu tufayli bo‘lajak maktabgacha taʼlim
muassasalari rahbarlari oldida taʼlim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashish, izlanuvchan,
tadqiqotchi, loyihachi bo‘lish, maktabgacha taʼlimga qo‘yilgan Davlat talablarida belgilab
berilgan barcha vazifalarni bajarishda faollik ko‘rsatish, taʼlim-tarbiya jarayoniga tajriba-
1
Шодмонова Ш.Мактабгача таълим педагогикаси (ўқув-методик қўлланма). - Т.: “Fan va texnologiya”, 2008, 160 бет.
41
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
sinov maydoni sifatida yondashib, yangi g‘oyalar va ijodiy tajribalarni sinovdan o‘tkazish,
maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish va uning mazmunini tarbiyalanuvchilar
tomonidan puxta hamda sifatli o‘zlashtirilishiga erishishni taʼminlash salohiyatiga ega
bo‘lishlari lozim.
Buning uchun maktabgacha taʼlim jarayonida “Bolajon” va unga variativ bo‘lgan
dasturlar mazmunini to‘liq o‘zlashtirilishini taʼminlovchi taʼlim texnologiyalarini qo‘llash
ko‘nikmasini egallash, chunonchi, dasturlar mazmunini o‘quv elementlari darajasida
o‘rganish, tarbiyachilar uchun yaratilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar, didaktik manbalar,
tavsiyanomalar, texnologik ishlanmalar, algoritmlar, audio-videovizual vositalar va test
to‘plamlari bilan yaqindan tanish bo‘lishlari talab etiladi.
1
Maktabgacha taʼlim muassasalari
rahbarlari muassasani boshqarishda jamiyatning maktabgacha taʼlim oldiga qo‘ygan yangi
talablarini bilishlari, yangi hodisalarni umumlashtira olishi, ilg‘or pedagogik tajribalarga
suyanishi, subyektivizmga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Talabalar, maktabgacha taʼlim
muassasalari rahbarlari muvaffaqiyatlarni taʼminlovchi vazifalarning qanchalik to‘g‘riligi va
o‘z vaqtida bajarilishiga masʼul ekanliklarini anglab yetishlari kerak. Maktabgacha taʼlim
jarayonini tashkil etishda yangi yondashuvning asosiy mohiyati, anʼanaviy taʼlimda ko‘zda
tutilgan natijalarni bermayotgan eskicha yondashuvga asoslangan jarayonlardan voz kechish
va uni:
–ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida maktabgacha taʼlim jarayonini tashkil etish;
–bolalarni mustaqil bilish faoliyatiga tayyorlash;
– taʼlim-tarbiyaviy jarayonlarni maktabgacha taʼlim oldiga qo‘yilgan zamonaviy talablar
asosida amalga oshirishga erishish lozim.
Maktabgacha taʼlimga nisbatan yangicha pedagogik munosabatlarning vujudga kelishi
tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirish, ularga nisbatan tabaqalashtirilgan va
individuallashtirilgan yondashuvni talab qilmoqda. Ushbu prinsiplar asosida maktabgacha
taʼlim jarayonini tashkil etishda:
– tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari va rivojlanish darajalarini alohida hisobga olish;
– har bir tarbiyalanuvchining ijobiy sifatlari hamda iqtidorini aniqlash va uni
rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, shaxsiy
sifatlari, aqliy intellektual xususiyatlarini aniqlash;
– har bir tarbiyalanuvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha
topshiriqlarni tanlash;
– maktabgacha taʼlim jarayonida tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olish lozim.
Maktabgacha taʼlim jarayonini ilmiy-metodik asosda tashkil etishning muhim jihati
sifatida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va mahoratini oshirish,
ularning modernizatsiyalashgan maktabgacha taʼlim jarayonida faoliyat ko‘rsatishlari
imkonini beradigan kasbiy layoqatlarini shakllantirish lozim.
Taʼlim-tarbiya metodlarining har biri o‘zining pedagogik mohiyatiga ko‘ra taʼlim
jarayonining subyektlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorligidagi harakat modeli
hisoblanadi.
Ushbu model o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
– tarbiyachining maqsadi;
1
Юсупова П. Мактабгача тарбия педагогикаси. - Т.: “Ўқитувчи”, 1993., 264б.
42
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
– uning pedagogik faoliyati;
– mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan vositalar;
–tarbiyalanuvchilar oldiga qo‘yilgan maqsadlar;
–tarbiyalanuvchilarning bilish faoliyati;
–uni kengaytiruvchi vositalar.
Maktabgacha taʼlim muassasasida muayyan dastur asosida faoliyat ko‘rsatuvchi
pedagoglar uchun ishlab chiqilgan tavsiyanomalar, ishlanmalar va qo‘llanmalarning barchasi
tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishini nazarda tutgan holda yaratilishi kerak.
Maktabgacha taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik boshqarishning asosiy yo‘nalishlari,
prinsiplari, talablarini hisobga olgan holda bo‘lajak maktabgacha taʼlim muassasasi
xodimlarini o‘qitish qonuniyatlari va prinsiplarini aniqlash, ularni tayyorlash samaradorligini
oshirish maqsadida taʼlim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan
foydalanishning metodik asoslari, maktabgacha taʼlim muassasasi rahbarlarining pedagogik-
psixologik tayyorgarligini taʼminlashning tarkibiy qismlari, darajalari, ko‘rsatkichlari, unga
taʼsir etadigan pedagogik omillarni belgilash, bo‘lajak maktabgacha taʼlim muassasasi
xodimlarining tayyorgarlik darajalarini ilmiy asosda modernizatsiyalash mazmuni, vositalari,
shakllari, metodlarini takomillashtirish va pedagogik amaliyotni rivojlantirish orqali davr
talablariga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh, ijodkor va ijtimoiy faol,
maʼnaviy boy, g‘oyaviy-siyosiy yetuk pedagog xodimlarni tayyorlashga erishish nazarda
tutilmoqda. Bunda maktabgacha taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-pedagogik muhit hamda real
taʼlim jarayonini aniqlovchi Davlat talablari va metodik majmualar alohida ahamiyatga ega.
Bular tashqi talablar bo‘lib, maktabgacha taʼlim muassasasining aniq va mavjud imkoniyatlari
bilan mos kelishi taʼlim muassasasi vazifalarini belgilash uchun meʼyoriy asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |