4
KIRISH.
“Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy
sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual
bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib,
XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod
bo'lib voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat va
sharoitlarni yaratishni o'z oldimizga maqsad qilib
qo'yganmiz”
Islom Abdug'aniyevich Karimov.
Mavzuni dolzarbligi: Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish
jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni
yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va takdim etishning tabiiy davomidir.
Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes
sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik darajasini
yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan bog’liq.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to’plangan axborot
mahsulotlarini kishilarga tezkor sur’atda etkazib,sermehnatlik darajasini
kamaytirgan holda mavjud muammolarni hal etish uchun keng imkoniyatlar
yaratib
bermoqda.
Shuning
uchun
ham
axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarini jamiyatning barcha tarmoqlarida samarali qo’llash mamlakatni
texnologik va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib
xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 4 fevraldagi Farmoniga muvofiq, hukumat
tarkibida yangi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etilishi davlat boshqaruvi
tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning turli sohalarida bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuksaltirish yo‘lidagi navbatdagi
5
muhim qadam bo‘ldi.Mamlakatda axborotlashtirishga mas’ul va yuqori
vakolatlarga ega davlat boshqaruvi organining shakllantirilishi axborot
texnologiyalari hamda kommunikatsiya jabhasida yagona davlat siyosati
yuritilishini ta’minlashda yangi tashkiliy-huquqiy imkoniyatlarni yaratib beradi.
Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning
yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga
har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining
muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat
siyosatini olib borish masalasi strategik ahamiyatga ega vazifadir. Shubhasiz,
davlat va jamiyat -boshqaruvi, biznes, fuqarolik jamiyati kommunikatsiyalari
samaradorligi,axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ushbu
sohalarga kirib borishi darajasi bilan uzviy bog‘liq.
Mamlakatimiz istiqlolni qo‘lga kiritgan davr fan-texnika inqilobining muhim
bosqichiga to‘g‘ri keldi. O‘shanda kompyuterlarni keng miqyosda ishlab
chiqarishning global to‘lqini kuzatilgandi. Shunga hamohang ravishda yurtimiz o‘z
mustaqilligi salohiyatidan foydalangan holda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishning “o‘zbek modeli” tamoyillariga asoslanib, davrning
innovatsion talablariga har tomonlama mos javob bera oldi. O‘z navbatida,
barqaror taraqqiyotning mustahkam asosi sanalgan milliy axborot makoni
yaratildi.
Prezidentimizning 2002 yil may oyidagi “Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
joriy
etish
to‘g‘risida”gi Farmoni yurtimizda axborotlashtirish sohasini jadal rivojlantirishda
muhim dasturilamal bo‘ldi.
Unda nafaqat mamlakatni axborotlashtirishni yanada ravnaq toptirishning ustuvor
yo‘nalishlari belgilab berildi, balki mazkur sohada maxsus tuzilgan davlat
boshqaruvining vakolatli organi — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish
agentligi-vakolatlari hamda faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari aniq ko‘rsatib
o‘tildi. Binobarin, ko‘plab olimlar, tahlilchilar tomonidan mazkur me’yoriy-
huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlatning axborotlashtirish siyosati, uning
6
asosida olib borilgan izchil chora-tadbirlar samaradorligining yana bir tasdig‘i
sifatida e’tirof etildi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat hokimiyati
tizimida axborotlashtirish taraqqiyotiga mas’ul alohida organ tuzilishi va unga
tegishli vakolatlarning berilishi keng tarqalgan hamda muvaffaqiyatli amaliyotdir.
Bunday tuzilmalar AQSh, Janubiy Koreya, Avstraliya va boshqa ko‘plab
davlatlarda mavjud bo‘lib, samarali faoliyat yuritmoqda. Boisi, axborotlashtirish
kompleks hamda ko‘p tarmoqli jarayondir. Shunday ekan, davlat sektori, biznes
tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlashtirish darajasini
oshirish, jamiyat hamda davlat qurilishining barcha sohasiga ilg‘or axborot
texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuqoridagi kabi davlat organlari
faoliyatining eng asosiy vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov axborot sohasini taraqqiy
toptirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlashni mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning eng
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab bergan. Davlatimiz rahbari
tomonidan parlamentga, hukumatga, jamoatchilikka qilingan murojaatlarda
axborotlashtirishni rivojlantirish muhimligi va ustuvorligi bir necha marta ko‘rsatib
o‘tilgan. Yurtboshimiz xorijiy mamlakatlarga amalga oshiradigan tashriflarida ham
mazkur sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada ravnaq toptirish, axborot jabhasiga
yangi investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni keng jalb etish masalalariga
katta e’tibor qaratadi. Buni ana shu tashriflar davomida imzolangan ko‘p sonli
hujjatlar ham tasdiqlaydi.Ayni chog‘da yurtimizda “elektron hukumat” tizimini
shakllantirish yo‘nalishida hayotga tatbiq qilinayotgan chora-tadbirlar doirasida
ham axborotlashtirishni rivojlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi. Fuqarolarga
davlat interaktiv xizmatlarini keng taqdim etishni nazarda tutuvchi davlat
boshqaruvining ushbu konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish davlatning turli
organlariga tegishli axborot tizimlari va resurslaridan birgalikda foydalanishga
7
asoslanadi, hokimiyat vakolatlari va tashkiliy salohiyatini yagona, yaxlit, sohada
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muvaffaqiyatiga mas’ul bo‘lgan organda
jamlashni talab etadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi negizida
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining tashkil etilishi davlat boshqaruvi tizimini yanada
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi
hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini
modernizatsiya qilish uchun sharoit yaratadi. Prezident Farmonida ko‘zda tutilgan
chora-tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishi axborot sohasidagi davlat siyosati
samaradorligini oshiradi, fuqarolarimizning davlat axborot tizimlari va
resurslaridan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun yangi tashkiliy-texnik
imkoniyatlarni yuzaga keltiradi.
Muxtasar
aytganda,
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tashkil qilinishi O‘zbekistonning chuqur ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish yo‘liga sodiqligini, jamiyatning barcha sohasini
ravnaq toptirishda zamonaviy axborot texnologiyalari salohiyatidan foydalanishga
intilishini namoyon qilib, muhim siyosiy mazmun-mohiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |