Rivojlanish strategiyasi
Yurtimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish strategiyasi
2013-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-
kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi asosida amalga
oshirilmoqda. Mazkur dastur Prezidentimizning 2013 yilning 27 iyunidagi qarori
bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi oldiga
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturida
belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish vazifasi qo‘yilgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |