ISMOIL SOMONIY MAQBARASI
“Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir”. Bu da’vat Buxoro
shahridagi madrasa eshigining yuqori qismida o’yib bitilgan.
Buxoro O’rta Osiyoning ko’hna shaharlaridan. Bu o’lkani va unda qad
ko’targan dastlabki shaharni aholi qadimda ”Bug’ora”, ya’ni ”tangri jamoli” deb
yuritishgan.
Buxoro ko’p asrlar davomida O’rta Osiyoning asosiy shahri bo’lib keldi. Bu
esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko’payib ketishiga sabab bo’ldi. Hozir
shaharni ”muzey shahar” desa arziydi. Bu nomga butun manzaralari saqlangan
holda o’sib borayotgan qurilishlar, inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy
obidalarga juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi.
Ismoil Somoniy 849-yilda Farg’ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida
otasi vafot etib, akasi Nasr qo’lida qolgan. Ismoil Somoniy o’z hokimligining
(874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchilikka duch keladi.
Ismoil Somoniy o’z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo’lgan. U
asosiy diqqat- e’tiborini o’z davri uchun ilg’or hisoblanmish markazlashgan davlat
tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan
davlat barpo qiladiki, bu davlat o’sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil
Somoniy aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi bo’lgan. U 907-yilda vafot
etadi. Taxtga o’g’li Ahmad(907-914) o’tiradi.
Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog’ida
joylashgan.
Maqbaraning ichki va tashqi devorlari jimjimador tiniq g’ishtdan qurilgan.
O’sha vaqtlarda koshin bo’lmagani uchun bino shunday usul bilan bezatilgan.
Ustalar kvadrat shakldagi g’ishtlarni har xil usulda terib, devorni badiiy jihatdan
juda chiroyli qilib bezatganlar. Bu o’ziga xos naqsh maqbaraning tekis devorini
juda nafis qilgan. Ertadan kechgacha quyosh og’ishgan sari maqbaraning g’isht
bezaklari ham har xil tusga kirib tovlanadi. Oy yorug’ida , ayniqsa, chiroyli
bo’ladi. Jahon arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik
yo’q. Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga
har tomonlama qaraganda 7 xil tovlanadi.
Maqbaraning to’rt tomoni bir xilda. Maqbaraning yuqori qismida binoning
bir tomondan ikkinchi tomoniga o’tgan qirq darchali yo’lak mavjud. Bu yo’lak
yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi.
34
Maqbara kvadrat shakldagi pishiq g’ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo’lib,
to’rt tomondan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog’och xariga maqbaraning qurilgan
vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi.
Maqbara atrofiga g’ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez-
tez kelib turadi. Ismoil Somoniy maqbarasini vatanimizdan tashqari joylarda ham
yaxshi biladilar. Maqbara kub shaklida bo’lib, yarimsharsimon qubba bilan
yopilgan. Burchaklarda to’rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo’lganligi tufayli
bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib kelinadi.
Ismoil Somoniy maqbarasi har tomonlama o’z davrining manfaatlari va
ruhini aks ettiradi.
Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda, bu yodgorlik Somoniylar
sulolasi Ismoli Somoniyning o’zi hayot bo’lganda otasining qabri ustiga qurilgan.
Keyinchalik o’zi ham shu yerga dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907-yillarda
qurilgan deb taxmin qilinadi. (339 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: |