Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar. Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, -
degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir»
2
. «Tarix -
xalq ma’naviyatining asosidir».
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga
alohida e’tibor berilgan. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali tashki-liy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. SHaxsni
tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi.
Umumiy hamda
pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar
takomillashtirilib boriladi.
Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning
mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning
ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga intilish va
harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan
har bir inson, avvalo, unib-o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi
baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishning ahamiyati beqiyosdir».
1999 yil 3 sentyabrda tuzilgan «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengishini qo’llab-
quvvatlash to’g’risida»gi Prezident Farmonida kengashning asosiy maqsadi ham - «Jaholatga
1
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: «O’zbekiston», 2000, 62-69–betlar.
2
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O’zbekiston», 1999, 135, 146–betlar.
qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayangan holda o’zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o’tmish
asoratlaridan forig’ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo’yildi.
«Biz barcha mamlakatlarda bo’lganidek, g’oyaga qarshi g’oya bilan kurashish tarafdorimiz», -
degan edi I.Karimov. (I.A. Karimov Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).
Demak, madaniyat va madaniy - ma’rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va
xalqimiz ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega. Bunda kutubxona, teatr, klublar,
madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog’lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan
keng foydalanish, kishilar dunyoqarishini yuksaltiradigan, odamlarga ruhiy-ma’naviy oziq
beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar
uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga tushunarli
tarzda izohlab beradigan qo’llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san’at, chinakam badiiy go’zallik
ruhida tarbiyalash maskanlari bo’lmog’i lozim.
Madaniyat va san’at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga,
g’oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o’rinni egallab
olishga yo’l qo’ymaslik muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |