Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psihologiya kafedrasi


-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/24
Sana03.01.2021
Hajmi0,59 Mb.
#54082
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
farzand tarbiyasida oilaviy munosabatlar va tarbiyaning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

3-BOB. Tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabatlarining dinamik 

xarakteri. 

3.1.Oilada bola tarbiyasini tashkil etish usullari va ularning amaliy 

taxlili. 

Har  bir  inson  kelajakda  o’z  mavqeyiga  ega  bo’lishni,  jamiyatda  o’zining 

o’rnini topib, kamol topish uchun tinimsiz harakat qiladi. Aslida esa u o’zining bu 

xatti-harakatlarining  barchasini  uyida  oila  deb  atalmish  muqaddas  dargohda  uni 

hamisha intiqlik bilan kutib, dadajon yoki oyijon  deb kutib oladigan jonidan aziz 

farzandi    har  kuni  ertalab  turib,  qo’llarini  duoga  ochib  kuzatadigan  va  kutadigan 

ota-onasi va hamisha og’ir damlarida qo’llab-quvvatlab, shodon kunlarida u bilan 

birgalikda quvongan umr yo’ldoshi, ishdan va muammolaridan charchagan vaqtda 

beg’ubor  tabbasumi-yu,  shirin  so’zlari  bilan  ko’nglini  tog’dek  ko’taradigon 

farzandlari uchundir. Dunyoda har bir ota-ona faqat farzandining kamolini, baxt-u 

iqbolini ko’rishni xohlaydi.Oila jamiyatning asosiy kichik bo’g’inidir.  Go’yoki bu 

kichik  bo’g’in    ya’ni  oila  mustahkam  va  barqaror  ekan  jamiyat  barqarordir. 

Jamiyatning  kichik  bo’g’ini  bo’lmish  oilani  barqarorligini  saqlash  uchun    barcha 

mamlakatlarda xususan yurtimizda ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bular 

jumlasiga; 

I. 


Inson  Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) 16-

moddasida berilgan   

II. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  63-66-moddalarda  bayon 



etilgan; 

III. 


O’zbekiston Respublikasi oila kodeksining (1998-yil 30-aprelda qabul 

qilingan) 8-bo’lim 238-moddadan iborat. 

IV. 

Va  boshqa  shular  doirasida  qabul  qilingan  normative  huquqiy 



hujjatlar. 

Inson huquqlari umum jahon deklaratsiyasi 16-moddasi; 

1.Balog’at  yoshiga  yetgan  erkaklar  va  ayollar  irqi,  millati  yoki  diniy 

belgilari bo’yicha  hech qanday cheklanishlarsiznikohdan o’tishga va oila qurishga 




56 

 

haqli. Ular nikohdan o’tishda nikohda turgan vaqtlarida bekor qilish vaqtida bir xil 



xuquqlaridan foydalaniladi. 

2.  Nikoh  har  ikki  tomonning  erkin  va  to’liq  roziligi  asosidagina  tuzilishi 

mumkun. 

3. Oila jamiyatning tabiiy asosiy xujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat 

tomonidan himoya qilinishga haqli.  

 Bu  borada  yurtimizda    1997-yil  5-dekabrda  konstitutsiyamizda  qabul 

qilingan  5  yilligiga  bag’ishlab  o’tkazilgan  tantanali  yig’ilishda  mamlakatimiz 

rahbari  I.Karimov  ma’ruza  qilib  1998-yilni  “Oila  yili”  deb  e’lon  qilgan  edilar 

Hammamizga  ayon  bo’lishi  ta’biiyki  oila  sog’lom  ekan-jamiyat  mustahkam, 

jamiyat  mustahkam ekan-mamlakat barqarordir. Oilaning mustahkamligi esa, ota-

onalarning  zimmasiga  tushadi,      Yurtboshimizning    2016  yilni    “Soglom  ona  va 

bola  yili”  deb  e’lon  qilishi  esa  mamlakatimisda    oilaga  bo’lgan  e’tiborni  yanada 

yuqoridanligi  dalolat  beradi.  Har  qaysi  millatning  o’ziga  hos  ma’naviyatini 

shaklllantirish va yuksaltirishda   shak shubhasiz, oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki 

insonning  eng  sof  va  pokiza  tuyg’ulari,  ilk  hayotiy  tushuncha  va  tasavvurlari 

birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Zero oilaning inson hayotidagi yaxshi va 

yomon fazilatlarini shakllantirishda  oila asosiyligi uqtiriladi. 

Ota-onaning  har  bir  qilayotgan  yaxshi  va  yomon  xatti-harakati 

farzandlarining  tarbiyasiga  ta’sirini  o’tkazmay  qolmaydi.  Chunki  oilada  ota-ona 

qanday  bo’lsa  ,uning  tarbiyasini  olgan  va  o’sha  muhitda  ulg’aygan  bola  ham 

albatta  ularga  taqlid  qiladi.  Shunday  ekan  farzand  tarbiyalashning  muhim 

omillaridan  biri  avvalo  oilada  ota-onaning  tarbiyali  va  madaniyatli  bo’lishidir. 

Bundan  tashqari,  ota-onalarimiz  o’z  sog’ligini  saqlash    maqsadida  gigenik 

qoidalariga  rioya  qilishi  ,  har  kuni  ertalab  sport  bilan  shug’ullanishi  va  oilada 

o’ziga  hos  tartib-qoidalariga  asoslanishi  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  esa 

farzandlarga hayotdagi yashash qoidalarini yolga qo’yish uchun andozadir. 

Albatta farzand eng oliy ne’mat bo’lganligidek ,farzandli bo’lish ham buyuk 

bir  baxtdir.  Lekin  bu  aziz  ne’mat  bo’lmish,  farzandlarini  erkalatib  yubormaslik, 

bolalarning  injiqlik  va  qaysarliklarida  ham  me’yorga  rioya  qilish  ham  uning 



57 

 

tarbiyasidagi omillardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Afsuski, ba’zan shunday 



oilalarga  va  ota-onalarga  duch  kelamizki,  ular  farzandning  tarbiyasiga  befarq 

bo’lganligi  yetmaganidek,  ular  barcha  istak  va  hoxishlarini  hech  ikkilanmay 

amalga  oshiradilar.  Buyuk  fransuz  olimi  Jan  Jak  Russo  ta’biri  bilan  aytganda  , 

“Farzandingizning  tolesiz qilishning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi ,-u 

nima desa hammasiga ho’p deng “  

Qaysi  bir  ilmiy    ma’noda  ijobiy  fikr,  ammo    bugungi  kunda  bu  tarbiya 

sohasida  jiddiy    muammolar  tugdirayotgan  savoldir.  Bizning  fikrimizcha, bunday 

ota-onalar  farzandlarini og’zidan  chiqqanini  muhayyo  qilish orqali ularni  xursand 

qilishdan  ko’ra  o’zining  tinchligini  o’ylaydiganlar  desak  adashmaymiz.Eng 

achinarlisi  shuki,  bunday  ota-onalarning  tarbiyasini  olgan  bolalar  kelajakda 

o’zgalar  manfaatidan  ko’ra  o’zining  manfaatini  o’ylaydigan,  turmushdagi 

arzimagan  qiyinchiliklariga  dosh  berolmaydigan,  insonlar  bo’lib  yetishib 

chiqmasligiga  hech  kim  kafolat  berolmaydi.  Yana  shuni  ham  e’tibordan  chetda 

qoldirmaslik kerakki, aksariyat ota-onalar yuqoridagi salbiy holatlar o’z farzandlari 

bilan yuz berganda nega shunday bo’lganligini o’ylaydilar.  

Oila  a’zolarining  o‘zaro  muomalalarini    organish  shuni  ko’rsatdiki 

maktab  o‘quvchilarining  o‘qishga  va  mehnatga  bo‘lgan  munosabatiga 

bevosita  ta’sir  qiluvchi  oila  muhitidagi  holatlar  va    omillar  alohida  o’rin 

tutadi. 

Birichidan:  ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy 

qarashlari  va  ishga  nisbatan  munosabatlari  bola  tarbiyasiga  ta]siri  kuchli 

bolar ekan,. 

Ikkinchidan:  oila  ichidagi  munosabatlari  ota  va  ona  munosabati,  ota-

onalarning  buva  va  buvisiga  munosabatlari,  aka-ukalar  va  opa-singillarning 

o‘zaro munosabatlari. 

Uchinchidan:  ota-onalarning  tarbiyaviy-pedagogik  faoliyat  ularning 

tarbiyaviy 

muammolari, 

qiziqishlari 

maktab 


bilan 

hamkorliklari, 

o‘quvchilarga  darya  tayyorlash  kezida  ota-onalarning  yordami,  ularning 

tarbiyaviy ahamiyati. 




58 

 

To’rtinchidan:  oilada  bolalalarning  ta’limga  munosabatlari  va  



ijtimoiy normalarni bajarishllari vaboshqalar. 

Demak  oila  muhitini  uch  toifaga:  ijobiy,  o‘zgaruvchan  va  salbiy 

toifalarga  ajratish  imkoniati  tug’ildi.  Bu  esa,  oilada  shaxsni  shakllantirish 

jarayonini o‘rganish  baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning 

hamda  ota-onalarning  bolalariga  g‘amxo‘rligining  samarasidir,  degan 

xulosaga  keldi.    Shu  asosda  oilada  farzand  tarbiyasiga  yondashishning  

oilalarni  yo‘nalishiga  qarab,  uch  toifaga  mansub  ekanligini  ko‘rsatib  berish 

mumkin. 


1.Ijtimoiy  ilg‘or  yo‘nalishdagi  oilaga  xos  bo‘lgan  oilalar  bizdagi 

oilalarning  ko‘pchilik  qismini  tashkil  qiladi.  Bunday  oilalarda  shaxslararo 

munosabatlar  axloq  prinsiplari  va  qoidalaridan  kelib  chiqqan  holda  amalga 

oshiriladi,  shuningdek  har  tomonlama  kamol  topgan  shaxsning  ijtimoiy 

ideali    nazarda  tutiladi.  Ijtimoiy  ilg‘or  yo‘nalishdagi  oilalarning  voyaga 

yetgan  a’zolari  ishlab  chiqarishda,  korxonada,  jamoat  ishlarida  faol 

qatnashadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, 

shuning  bilan  birga  bu  narsaga  o‘z  farzandlarida  ham  havas  uyg‘otadilar. 

Oilada  goho  namoyon  bo‘ladigan  ziddiyatlarni  juda  qisqa  muddatda 

hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik 

ashyolari,  asboblari,  qimmatbaho  materiallar  har  xil  ehtiyojlarni  qondirish 

vositasi  sifatida  qaraladi,  bu  narsalar  shaxsning  kelajak  istiqboli  bilan 

mutlaqo bog‘lanmaydi. 

2.Ziddiyatli  yo‘nalishga  ega  bo‘lgan  oilada  barqaror  yo‘nalish 

bo‘lmaydi.  Oilaviy  turmush  munosabatlari  uzluksiz  ravishda  biron -bir 

g‘oyaning  boshqa  g‘oya  bilan  o‘zaro  niqoblangan  kurashi  bosqichida 

bo‘ladi,  u  yoki  bu  qarashlarning  ustunligi,  istiqboli  hech  qanday  ahamiyat 

kasb  etmaydi.  Bunday  holatning  ko‘zga  tashlanishi  eskilik  bilan  yangilik 

o‘rtasidagi  kurashni  anglatmaydi.  Er-xotinning  yoki  boshqa  voyaga  yetgan 

oila  a’zolarining  murosasiz  pozitsiyalari  ko‘pincha  ularning  fe’l-atvor 

xususiyatlaridagi tafovut negizi bilan bog‘liq bo‘lib, mutlaqo eskilik sa rqiti 



59 

 

mohiyatidan  kelib  chiqmaydi.  Oilada  so‘z  bilan  ish  birligi  masalasi  bir -



biriga  qarama-qarshi  yo‘nalishda  bo‘ladi.  Faqat  burch  hissigina,  muayyan 

majburiyatni  bajarishgina  oila  a’zolarni  o‘zaro  birlashtirib  turadi.  Mana 

bunday  oilalarda  er-xotinning  bolalarga  ta’sir  o‘tkazish  uchun  kurashi, 

raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi. 

3.Past  darajadagi  ijtimoiy  yo‘nalishga  mansub  oilalarda  ko‘pincha 

ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa 

yagona  narsaga  bo‘ysundirilgan,  ya’ni  mol-dunyo  to‘plashga,  moddiy-

maishiy  jihatdan  ustunlikka  erishishiga  qaratilgan   boladi.  Voyaga  yetgan 

oila  a’zolarining,  ota-onalarining  korxona,  muassasada,  tashkilotda  mehnat 

qilishi  ana  shu  ko‘zlangan  maqsadga  yetish  vositasi  sifatida,  har  qanday 

mehnat  esa,  ish  haqi  miqdori  bilan  o‘lchanadi.  Oila  boshlig‘ining 

zo‘ravonligi,  zolimligi,  unga  ko‘r-ko‘rona  va  so‘zsiz  bo‘ysunishlik,  sajda 

qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari farovonligini poymol qilishga intilishi 

va  hokazolar  ustun  bo‘ladi.  Meshchanlik  ideal  iva  diniy  e’tiqod  doirasidan 

tashqari  chiqish  hollari  (kitob  o‘qish  ijtimoiy  turmush  faoliyatida  ishtirok 

etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflab deb baholanadi.   

Shu  boisdan  past  darajadagi  ijtimoiy  yo‘nalishga  mansub  oilalardan 

xudbin,  qo‘rqoq,  jamiyat  uchun  kam  nafi  tegadigan  o‘g‘il-qizlar  yetishib 

chiqishi  mumkin.  Jumladan,  har  bir  oila  a’zolarining  yashayotgan 

mikromuhitda  tutgan  o‘rni  va  erishgan  obro‘li,  oilalarda  er-xotin 

munosabatlari,  ota-onalarning  farzandlarga  nisbatan  muomalalari,  turli 

yoshdagi 

farzandlarning 

o‘zaro 


muloqoti, 

ularning 

ota-onalarga 

munosabatlari,  oila  a’zolarining  begona  kishilar  bilan  muloqotga  kirishishi 

xususiyatlari, ular o‘rtasida o‘zaro yordam va birdamlilik xususiyatlari, uy -

ro‘zg‘or  yumushlari  taqsimoti,  xordiq  chiqarish,  oila  a’zolarida  muloqot 

ko‘lamining  kengayishi  kabi  shaxslararo  munosabatlarning  rang -barang 

jihatlarini oilada bola ongiga sngdirishs maqsadga muvofiqdir 

Oilaning  har  bir  a’zosi,  ota-onalar  ham  bolalar  ham  muayyan 

intellektual  saviyaga  ega.  Har  bir  oila  a’zosi  butun  oilaga  va  oila  o‘zining 




60 

 

har  bir  a’zosiga  ta’sir  etadi.  Aytish  mumkinki,  farzandlarning  aqliy 



tarbiyasida  oiladagi  umumiy  intellektual  saviyaning  yuksalishi  uchun 

zaruriy  sharoitlarni  yuzaga  keltirish  benihoya  muhim.   Bolaning  to‘kis  aqliy 

rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  oilaviy  muhitni  ma’naviy-ma’rifiy  saviya 

va  tegishli  tajribaga  ega,  mustaqil  fikrli,  dunyoqarashi  keng,  milliy  an’ana 

va  qadriyatlardan  boxabar  ota-onalargina  yaratib  bera  oladilar.  Oila 

tarbiyasi  kabi  kata  ma’suliyat  birinchi  navbatda  ota  va  ona  zimmasiga 

tushadi.  

Shu  o‘rinda  bir  narsani  alohida  o‘qtirish  kerakki,  bolalar  tarbiyasida 

asosiy ta’sirchan kuch-qudrat, bu-Onadir.  

Darhaqiqat  ota  ko‘pchilik  xalqlarda  oilaning  moddiy  ehtiyojlarini 

qondirish  va  ta’minlash,  qolaversa  oilaning  xo‘jalik  ishlari  bilan  band 

bo‘ladi.  Bu  o‘zbek  oilalari  tarixidan  ma’lum  bo‘lgan  haqiqat  va  ota -

bobolarimizdan  meros  bo‘lib  qolgan  an’anadir

1

.  Oilada  bola  tarbiyasida 



oilaning  har  bir  a’zosi  ya’ni,  bobo,  buvi,  ota-ona,  opa,  aka,  amma,  xola, 

tog‘a.  Qo‘yingki  qo‘ni-qo‘shni,  mahalla,  maktab,  jamoatchilik  birdek 

ma’suldir.  Xalqimizda  «Bir  bolaga  yetti  qo‘shni  ota-ona»,  «Bir  tog‘a  yetti 

ota  o‘rnida»,  «Mahallang-otang-onang»  kabi  maqollar  bejiz  aytilmagan. 

Shuning  uchun  bola  tarbiyasida  barchaning  tal abi,  munosabati  bir  xil 

bo‘lmog‘i  lozim.  Tarbiyachilar  o‘rtasidagi  tarbiya  ullarining,  talab  va 

fikrlarining  har  xilligi  bolani  tarbiyasizlikka  olib  keladi. Pedogagik 

qarovsizlik ham oiladan boshlanadi. Oila, maktab va mahallaning hamkorligi davr 

talabi  darajasida  bo‘lmasa,  ayniqsa,  ota-onaning  o‘zaro  munosabatlaridagi 

nuqsonlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Psixologiya  fanida  o‘z-o‘zini  tarbiyalashning  motivlari  chuqur  o‘rganilgan 

bo‘lib,  “  Maktab-  oila”  hamkorligi  doirasida  bolani  o‘z-o‘zini  tarbiyalashi,  ya’ni 

o‘z-o‘zini idora etishi, o‘z-o‘zini to‘g‘ri boshqarishi, o‘z faoliyatini tahlil qilib, o‘z-

                                                           

1 Oila etikasi psixologiyasi. 1991 yil. O‘qituvchi 70 bet.  

2

  Oila ma’naviyati milliy g‘urur. T. O‘q. 1999 yil. 49-50-bet.  



 

1 Оила этикаси психологияси. 1991 йил. Ўқитувчи 70 бет.  




61 

 

o‘ziga  baho  bera  olishi  muhim  omil  sanaladi.  Bolaning  nazoratsizligi  hamda 



qarovsizligi  deviant  xulq-  atvorni  keltirib  chiqaruvchi  omil  hisoblanadi.Bu 

jarayonda asosan ota-ona, ularda bola tarbiyasiga nisbatan befarqlik sabab bo‘ladi.  

Bolaning  ish  va  bo‘sh  vaqti  uni  maqsadli  yo‘naltirishda  tarbiya  muassasasi  ota-

onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi lozim.    



 


62 

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish