2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos psixologik mexanizmlari.
2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari.
Oilada bolalarni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.U
ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri,
ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda
ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan
iborat. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi
va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan
iborat:
1). Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu
ishdan o’zlarini chetga oladilar. Go’yo farzandlarini bog’cha, maktab tarbiyalab
berishlari shart.
2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va
g’amxo’r, talabchan va qattiqqo’l bo’lsalar bolalar hayoti butun va mukammal
bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi.
3). Ko’pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o’z vazifa va
burchlarini to’la his qilmaydilar boshqacharoq aytganda ularda pedagogik
tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarining o’zlarini-
o’zlari tarbiyalash demakdir.
4). Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish
lozim. Bu ishda hech qanday mayda chuydalar bo’lmasligi kerak.Har bir narsa
bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq
atvorlar paydo bo’ladi.Ota-onalarning har bir hatti-xarakatini bolalar kuzatib
turadi.Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma qabilidagi o’rgatish
yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak.
5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining
barkamol inson bo’lishidan nafaqat ularning o’zi, balki jamiyat ham
manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra ota-
ona eng avvalo, mamlakat uchun bulajak fuqaroni tarbiyalayotganini unitmaslik
lozim.
37
6). Ota-ona shaxsining o’zi bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ularning
oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini
bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarining tarkib topishda oiladagi o’zaro
ahillik halollik va rostgo’ylik, o’zaro ishonchning mavjudligi umuman sog’lom
axloqli muhit muhim ahamiyatga ega.
7). Oilada bolalarni sevish, ularni shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon
ularning izzat - nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini
kuchaytiradi.
8). Har bir oilada uning o’ziga xos bo’lgan an`analari mavjud bu an`analar
bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta`sir qiladi. Masalan: oila
a`zolarining tug’ilgan kunlarini o’tkazish, qarindosh-urug’lar holidan xabar olish
va hokazolar.
9). Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi mahala va qo’ni-qo’shnisi
oldidagi obro’yi ham katta rol o’ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish
hissini uyg’otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar. Shunday qilib, oilaviy
tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir qilish omillari mavjud. Bularni
hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’lga qo’yish mumkin
emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim.
Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy
jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga,
uning o’ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi. Milliy
mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida
yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga
yo’l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta`sir ko’rsatdi. Natijada bu
tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o’z aksini topa boshladi.Buning
uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i
lozim. Ular bolalarini ota-bobolarning pand-nasihatlari, o’gitlari, tajribalari
asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar.
Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib
bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o’zbek oilalarida bola tarbiyasi
38
borasidagi salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar
farzandlarini bemehrligidan nolishadi. Yomon yo’lga kirib ketgan farzandlari
xususida ko’pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: «o’z bilganidan qolmaydi,
hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali
desa bo’larmikan. Ishdan so’ng dam olish kunlari ota-choyxonada, ona ham
«ishbilarmonlik» ga shung’ib ketib, go’yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini
har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ».
Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini
tashqi va ichki sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug’i bo’la turib, gohida
bolalar «bolalar uyi» ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz
«bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi?
«O’nta bo’lsa, o’rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga
etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?Ko’p bolali bo’lish bolajonlik
qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy
xususiyat kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo’l keladi.Negaki
oilada aka – ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o’rgatadi.O’sib
uyg’onayotganlarida biri-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro
inoq va aqlli-xushli, axloq odobli farzandlar o’sar ekan. Sog‘lom avlodni
tarbiyalashda oilaning urni muhim va betakrordir. Inson salomatligi va
ma’naviy kamolotining birinchi poydevori oilada qo‘yiladi. Bu borada o‘zbek
xalqining oilada farzand tarbiyalashdagi tajribasi diqqatga sazovardir. Bu
tajribada milliy tarbiya an’analari, inson ma’naviyatini shakllantirish bilan
bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy, diniy qadriyatlar ham o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik sharoitida oilada farzand tarbiyalash borasidag an’analarimiz davr
ruhi va ehtiyojlari bilan bog‘lanib yanada kattaroq ahamiyat kasb etmoqda.
Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy – axloqiy tarbiya
borasidagi ahamiyatini kuchaytirish masalasi davlat siyosaida tobora katta
o‘rin olmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masala
bo‘yicha quyidagi fikrni aytadi: “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va
39
barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini
ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi
kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy insoniy
burchimizga aylanishi darkor”
i
. Darhaqiqat, inson ma’naviyatining birinchi
kurtaklari oilada shakllanadi Oila mustahkam bo‘lishi, uning ahloqiy, huquqiy
asoslari barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir.
Har bir ota – ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini istaydi.
Farzand tarbiyasi qo‘ni – qo‘shnilar ta’siri, mahallalardagi muhitga ham
bog‘liqligi sababli o‘zbeklar barcha davrlarda jamoatchilikfikriga befarq
qaramagan. “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinch”,
degan maqollar ham ijtimoiy muhitning inson, jamiyat hayotidagi o‘rnini,
ahamiyatini yuksak daajada ifodalangan hikmatlaridir. Shuni ta’kidlash
kerakki, oilaviy tarbiyaning samaradorligi bolalarning tarbiyasi uchungina
sarflangan vaqt bilan o‘lchanmay, balki oilaning ijtimoiy bosqichi bilan, ota –
onalarning mahalladagi obro‘si va ularning ma’naviy – ahloqiy darajasi bilan
aniqlanadi. Bundan ota – onalarning katta kishilarning yoshlar tarbiyasi
yuzasidan burch va ma’suliyatini chuqur his qilishlari yetakchi mezondir.
Aniqroq qilib aytganda, oila davrasida, mahallada ota – onaning ijobiy fazilat
va munosabatlari bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishini birlamchi va zaruriy
shartidir. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona,
oilaning boshqa a'zolari dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy
dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qadimdan shunday gap qolgan "Qush uyasida
ko‘rganini qiladi" ya'ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi. Yaxshi xulq ham
yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalaridan o‘tadi. Demak har bir ota-ona o‘z
farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg’aygan
sari oriyatli, nomusli, burchini his qiladigan, xushmomala, odobli, bemorlarga
hamdard bo‘ladi. "Xadisi sharifda" "Sabr va bardosh Tangridan, shoshqoloqlik esa
shaytondandir" degan ulug‘ so‘zlarni eslab o‘tish joizdir. Insonning qanday kishi
bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan oila tarbiyasiga, ota-ona mas'uliyatiga, vijdoniga,
shuningdek ota-onaning bola tarbiyasini umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilishiga
40
va hamda ularga qanchalik amal qilayotganiga bog’liqdir. Oila tarbiyasidagi asosiy
talablardan biri shuki, oiladagi katta yoshli hamma kishilar bolaga qo‘yiladigan
tarbiyaviy talablarda bir yoqadan bosh chiqarib ish ko‘rishlari kerak. Ba'zan
bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi, otasi
bergan jazoni onasi bekor qiladi. Bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa shu qiligi
uchun ota uni koyiydi va hokozo.Bunday munosabat tarbiyada xatoliklarning kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalarni harakatlaridagi
kelishmovchilikni ko‘rib mug‘ombirlik, aldamchilik, hushomadlik qilishga
odatlanadilar. Bolaga nisbatan o‘zaro kelishmagan talablar qo‘yilganda u o‘zini
butunlay yo’qotib qo‘yadi va nima qilishni bilmay qoladi. Kattalar o‘rgasidagi
janjal va mashmashani bola ko‘rib turishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Oilada
bolaning to‘g‘ri tarbiyalamog’i uchun er bilan xotinni, oiladagi katta yoshdagi
kishilami o‘zaro maslahatlashib bola tarbiyasida bir xil yo‘l tutishlari g‘oyat
muhimdir. Oila a'zolari o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik bola
tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiya ishi bilan doimo shug‘ullanish kerak.
Tarbiya g’oyat nozik, ko‘p va darrov ko‘rina qolmaydigan murakkab ish. Uning
natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Tarbiya uzoq muddatga cho‘ziladigan,
ota-ona va kattalardan bilmdonlik, qunt, sabr-chidam talab qiladigan jarayondir.
Tarbiya ishi muntazam shug‘ullanishni taqozo etadi. Tarbiyada paysalga solish
"keyin" "vaqtim yo‘q" "bu arzimas" "mayda- mayda" deb qarash yaramaydi.
Oilada bolaning dunyoqarashi, aqliy faoliyati, mehr- muhabbat hissi, vatanni
sevish va vatanparvarlik kabi tuyg‘ulari tarkib topadi va takomillashib boradi.
Shunday ekan, «Yoshlik-beboshlik» bo‘lishi ham, «Yoshlik-donolikning
boshlanishi» bo‘lishi ham farzandlarimizga oilada berilayotgan tarbiyaga ko‘p
jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, bu borada mutafakkirlarimizning benazir ta'limotlari,
o‘gitlari, asarlari, o‘zlarining hayot yo‘llari ibrat-namuna sifatida tarbiya vositasi
bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir»,
«Yoshlikda o‘rgangan hunar - o‘zingga o‘ljaga qolar», «Yoshlikda bersin mehnat,
qariganda bersin davlat», «Yoshlar xizmatda, kattalar hurmatda» va boshqa shunga
o‘xshash hikmatli iboralar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mutafakkirlarning
41
o‘git-nasixatlariga ko‘ra, oilada bolalarning yoshlik chog‘idanoq bilimga qiziqish
uyg‘otish, kitob mutolaa qilishga odatlantirish, shuningdek, biror kasb-hunarga
mehr qo‘yishga o‘rgatish kabi qadriyatlarimizdan unumli foydalanishimizni
taqozo etadi. Donishmandlarimiz farzandlar tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, har
bir yosh oila muhitida quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini alohida
ta'kidlaydilar:
- ota-ona va boshqa izzat-hurmatga ega zotlarning hurmatini joyiga qo‘yish;
- aka-uka, yor-do‘st, qarindoshlar va el-yurtga sadoqatli bo‘lish;
- o‘z vatani va xalqiga xizmat qilish;
- or-nomusi uchun kurashish;
- o‘z nomusi, obro‘-e'tiborini qo‘riqlash;
- o‘z oilasi or-nomusi uchun kurashish;
- oilasining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlash;
- farzandining el-yurt, Vatan manfaati uchun xizmat qilish;
- farzandlarni shijoatli, g‘ayratli, matonatli etib tarbiyalash;
- oila va oila a'zolarini do‘stlar davrasida shafqat va e'tibordan go‘zal
odatlardan bahramand etish;
- bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarf etish va boshqalar. Donishmandlarning
yaratgan o‘git hamda pand-nasihatlari bugungi kunda ham o‘zining tarbiyaviy
ahamiyatini yo‘qotmay, ta'lim-tarbiya ishida o‘z samarasini bermoqda. Oila
tarbiyasi -jamiyat tarbiyasining negizi.Ko‘p millatli O’zbekiston aholisini katta
oilaning a'zolari deb tushunish mumkin. Oila xuquqiy va ma'naviy - axloqiy
asoslar negizida barpo etiladi, unda demokratik tarbiya negizlariga asos solinadi.
Shu sababli o‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas,
balki oila a'zolari, qarindosh-urug‘lari, birodarlari hamda qo‘shnilarining sihat-
salomatligi, omonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
O’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yuqoridagi holatlarga e’tibor bersak,
o’ylaymanki, jamiyatimizga nafi yetadigan sog’lom dunyoqarashli kishilarni
yetkazib berish ishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |