Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
67
kelib chiqadi
– u o’zi qabul qilmoqchi bo’lgan
qarorga boshqalarning
tasdig’ini olmoqchi bo’ladi. Yoki aql qabul qilinishi zarur bo’lgan qaror
ahamiyat
ini oshirib yuboradi va uning uchun javobgarlikni bir o’zi
yelkasiga olishga qo’rqadi – shu bois qaror qabul qilinishiga boshqalarni
ham jalb qiladi.
Maslahat va tavsiyalar bilan birovga yordam berishda aynan shu
chegarani bosib o’tmaslik juda muhim. Bir odam hech qachon boshqa
odamga qaror qabul qilishga to’g’ridan-to’g’ri yordam bermasligi kerak.
Odam hayotidagi har qanday qaror uning o’zidan chiqishi lozim – siz faqat
uni to’g’ri tomonga yo’naltirib turishingiz mumkin, xolos. Shunda ham, siz
unga to’g’ri yo’nalishni ko’rsata olishingizga ishonsangizgina bu ishni
qilish mumkin.
Deylik, kimdir tushkunlik holatida nima qilarini bilmay qoldi. U sizdan
yordam so’radi yoki o’zingiz unga yordam bermoqchi bo’ldingiz. Agar uni
o’z
holicha qoldirsangiz, u noma’qul ishlar qilishi mumkinligiga ko’zingiz
yetib turibdi. Hatto shu holatda ham siz uning uchun qaror qabul
qilmasligingiz lozim
– tushkunlikdan chiqishning bir-ikkita to’g’ri yo’lini
aytishingiz mumkin, lekin yakuniy qaror u odamning o’ziga tegishli
bo’lgani ma’qul. Agar siz uning uchun qaror qabul qilsangiz – keyingi gal
qiyinchilikka duch kelganda, u siz yoki yana kimningdir yordamisiz
muammolarini hal qilishga qiynaladi. Siz hech bir odam shaxsiyatida ana
shunday
tobelik kompleksi
shakllanishiga hissa
qo’shmasligingiz lozim.
Boshqa odam uchun qaror qabul qilish noto’g’ri
ish ekani asosida
oddiygina mantiq turadi
– bir odam boshqa odamga chindan nima
kerakligini bilishi qiyin. U odamning aqli shundoq ham qaror qabul qilishga
qiynaladi
– u o’z ko’ngliga quloq sola bilmasligi mumkin. U odamga aslida
nima kerakligini boshqa odamning aqli bilishi amri mahol. Siz kimgadir
uning ko’ngli aslida nimani istayotganini anglashiga yordam berishingiz
mumkin
– ana shunda uning shaxsiyatiga zarar yetkazmasdan, to’g’ri
qarorga kelishiga hissa
qo’shgan bo’lasiz.
Zararli yordamning bir alohida belgisi bor: u ko’pincha
mutassil
bo’ladi. Bir kishiga tinimsiz yordam berish – unga hech qachon foyda
keltirmaydi. Bu bilan uning tobeligi borgan sari kuchayib boraveradi.
Foydali yordamlar bir martalik, qisqa muddatli bo’ladi – ular hech bir
shaxsni tanlash erkinligidan mahrum qilmaydi. Balki, mudom kimgadir
Javlon Juraev
O’zlik Sari Yetti Qadam – 2
www.juraev.uz
68
yordam berib,
savob ish qilyapman deb o’ylarsiz – biroq bu bilan siz
kimdir sizga tobe bo’lishiga sabab bo’lasiz, xolos.
Bizga foydali va zararli yordamni bir-biridan
farqlashga shaxsiy
muhimlikning alohida bir ko’rinishi halal beradi. Navbatdagi sir sizni
hayratga solishi mumkin
– ammo gaplarimni hayotga solishtirib
ko’rsangiz, ular amalda tasdig’ini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: