Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
To‘xtamishxon tor-mor bo‘lgan paytlarda Temurbek o‘g‘li Mironshohga in’om qilgan 
ekan. Endi Bobur boshqa chingiziylarni ham xuddi To‘xtamishga o‘xshatib shu qilich 
bilan tor-mor qilmoqchi emish! 
Mahmudxon achchiq istehzo bilan kuldi: 
— Bu hammasi bekorchi xomxayol! Temuriylar Chig‘atoy ulusida yuz yildan ortiq hukm 
surgani yetar! Endi ularning davri tugadi! Bir yilda katta yoshlik, tajribali temuriylardan 
uchtasi ketma-ket olamdan o‘tdi. Yana Boysunqur mirzo deganini Xisorda Xisravshoh 
o‘ldirib, taxtini egalladi. Buxoroda Sulton ali mirzo degan bo‘sh-bayov bir o‘smir 
hukmron edi. Shayboniyxon Buxoroni osongina undan tortib oldi. 
— Shayboniyxonga siz yordam berdingiz-da, xon hazratlari! Bu odam avval temuriyzoda 
Sulton Ahmad mirzo xizmatida uch yuztagina navkari bilan ponsot darajasida xizmat 
qilib yurgan edi. 
— Yordam berdik, chunki Shayboniyxon bilan ildizimiz bir. Biz sohibqironi a’zam, xoqoni 
muazzam Chingizxonning o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoyxondan tarqagan xonlarmiz. 
Shayboniyxon Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixondan tarqagan xonlar avlodidandir. Buni 
bi-lurmisiz? 
— Yaxshi bilurmen, xon hazratlari. Ammo Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxon Chig‘atoy ulusini 
Oltin O‘rdaga bo‘ysundirmoqchi bo‘lib, sizning bobolaringizga ko‘p jabru sitamlar 
o‘tkazgan! Qancha-qancha chig‘atoylarni Botuxon begunoh yasoqqa yetkazgan! 
— Lekin Shayboniyxon — Botuxon avlodidan emas, Shaybon ulusidandir, shuni 
unutmang, janob vazir! Shaybon — Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li bo‘lgan, Botuxonga 
qarshi turgan. 
— Bunisini bilurmen, xon hazratlari. Shaybon ulusi Yoyiq bilan Irtish daryolari orasidagi 
yaylovlarda ko‘chib yurgan. Shayboniyxonning nevara-chevaralaridan biri Abulxayrxon 
nomi bilan shuhrat qozongan. Hozirgi Muhammad Shayboniyxon ana o‘sha 
Abulxayrxonning nevarasi ekan. Otasi Shohbudoq sulton xonlik masnadiga yetisholmay 
o‘lib ketgan. 
— Ha, rost, Shayboniyxonning asli oti — Shohbaxt ekan. Uni bolaligida Abulxayrxon o‘zi 
tarbiyalagan ekan. Bobosi o‘lgandan keyin alg‘ov-dalg‘ov boshlanib, Shohbaxtxon ko‘p 
azob tortadi. Axiyri Dashti Qipchoqdan Buxoroga ko‘chib kelib, jon saqlaydi. 
— Tasanno, xon hazratlari! Buxoroda temuriylar xizmatida bir bek bo‘lib yurgan 
Shohbaxtxon sizning ko‘magingizda qaddini tiklab, kimsan, Shayboniyxon bo‘ldi-ya!* 
— Lekin Shayboniyning o‘zi ham kallasi yaxshi ishlaydigan, pishiq, dovyurak odam 
ekanda. Chirchiq daryosi bo‘yidagi jangda jonini garovga qo‘yib bizga qanday ko‘mak 
bergani yodingizdami? 
— Nega yodimda bo‘lmasin, xon hazratlari? O‘zim kechasi daryo bo‘ylariga borib 
vositalik qilgan edim-ku. 
Xon bilan vazir ikkovlari uchun ham yoqimli bo‘lgan o‘sha voqealarning tafsilotlarini 
eslab ketdilar. 
Bu voqealarning orasida quda-andachilikning alohida o‘rni bor edi. Mahmudxonning otasi 
Yunusxon bir emas, uch qizini aka-uka temuriylarga uzatgan edi. Ulardan o‘rtanchasi 
Ahmad mirzo — Samarqand podshosi, ikkinchi kuyov — Mahmud mirzo — Hisor 
hukmdori, uchinchi kuyov — Umarshayx mirzo — Farg‘ona tojdori. Xonlar udumiga 
binoan, Yunusxon har bir qiziga mingdan ortiq mo‘g‘ul beklari, navkarlari, kaniz va 
xizmatkorlaridan qo‘shib yuborgan edi. Ular kuyovning dargohiga o‘rnashib, kelinning 
xizmatini qilishar, ayni vaqtda, temuriylarning ichki ishlariga aralashib, ularning 
oralarida nizo chiqishiga sabab bo‘lar edilar. 
Ana shu tarzda chiqqan nizolar tufayli Ahmad va Umarshayx mirzolar bir-birlari bilan 
Toshkentni talashib ko‘p urushdilar. Qaynotalari Yunusxon ularni yarashtirish bahonasi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish