Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
bilan Mo‘g‘ulistondan Toshkentga kelib-ketib yurdi, axiyri bu shaharga o‘rnashib oldi. 
Yunusxonning vafotidan so‘ng, uning katta o‘g‘li Mahmudxon Toshkentni butunlay 
mo‘g‘ul xonlarining qarorgohiga aylantirdi. 
Chingiziylar hukmronligining qayta tiklanishi ko‘pchilik turonliklarni norozi qilmoqda edi. 
Samar-qand podshosi Ahmad mirzo shu norozilar orasidan oltmish ming qo‘shin to‘plab, 
Toshkent bo‘sag‘asida, Chirchiq daryosi bo‘yida hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi. 
Jang arafasida Shayboniyxonning uch yuz kishilik navkarlariga Buxoro hokimi Abduali 
Tarxon boshchiligida juda mas’uliyatli vazifa yuklandi. Ularga qo‘shin markazida bo‘lish 
va Ahmad mirzoning tug‘larini, bayroqdorini qo‘riqlash topshirildi. 
O‘ttiz olti yoshlik Shayboniyxon jang paytida bayroq va tug‘lar qanchalik ulkan ahamiyat 
kashf etishini yaxshi bilardi. Uning dili — o‘zi mansub bo‘lgan sulolaning vakili 
Mahmudxon tomonida edi. Jang arafasida Shayboniyxon ishonchli bir xufiyasini 
Mahmudxon qarorgohiga yashiriqcha jo‘natdi. Bu xufiyaga quyidagi gapni aytib yubordi: 
«Men ham Chingizxon naslidanmen, temuriylarning ichki sirlarini bilurmen, agar 
Mahmudxon hazratlari lozim ko‘rsalar, kechasi yashiriqcha Chirchiq bo‘yiga kelsinlar, 
men bu tomondan o‘tib borurmen, ertangi jangda xonga g‘alaba keltiradigan bir rejaning 
maslahatini qilurmiz». 
Bu xufiyaning gapi tayinlik ekanini taftish qilib bilgan eshik og‘a Tilba Sulton uni 
Mahmudxon bilan uchrashtirdi. So‘ng Tilba Sulton bilan Mahmudxon yarim tunda daryo 
bo‘yiga Shayboniyxon tayin etgan joyga bordilar. Shayboniyxon dadil yigit ekan, otni 
ham oqizadigan Chirchiq daryosidan kechasi suzib o‘tib keldi. 
— Ahmad mirzo noshud sarkarda, — dedi u Mahmudxonga. — Uning ishongan amiri 
Abduali Tarxon ertaga bo‘ladigan jangda markazga — g‘ulga tayin bo‘ldi. Podsho ham, 
uning tug‘lari, bayroqdori ham g‘ulda bo‘lur. Siz qo‘shiningizni daryo qirg‘og‘idan 
orqaroqqa olib, go‘yo chekinganday bo‘lsangiz. Ular daryodan o‘tguncha, hammalari ho‘l 
bo‘lib saflari ancha-muncha to‘zg‘iydir. Shunda men uch yuz navkarim bilan ularning 
bayroqdorlarini urib yiqitib, siz tomonga qochib o‘tgaymen. Bayroq yerga tushib oyoqosti 
bo‘ldimi, qo‘shin yengilgan hisoblangay! Shunda siz hujumni kuchaytirursiz. Men ham 
navkarlarim bilan sizlar tomonda Ahmad mirzoga qarshi jang qilgaymen. Yog‘iyning 
orqasida toshqin daryo. Qochganlarining allaqanchasi suvga cho‘kib halok bo‘lur. 
Shayboniyxonning bu rejasi Mahmudxonga ma’qul tushdi. Ertasi kuni jangda o‘sha 
rejaga amal qilgan Mahmudxon Ahmad mirzo ustidan g‘alaba qozondi. Shundan keyin 
Mahmudxon dadillanib, O‘ratepani ham Ahmad mirzodan tortib oldi-da, u yerga o‘zining 
qadrdoni bo‘lgan mo‘g‘ul-dug‘lat amiri Muhammad Hu-saynni hokim qilib qo‘ydi. 
Chirchiq bo‘yidagi jangda katta xizmat ko‘rsatgan Shohbaxt — Shayboniyxon 
Mahmudxondan mukofot kutmoqda edi. Mahmudxon uni o‘z huzuriga chaqirib shunday 
dedi: 
— Turkiston shahri hamon temuriylar ilkida. Holbuki biz, chingiziylar, bu joylarni 
Chig‘atoyxondan meros olgan edik! 
— Xon hazratlari, mening bobom Abulxayrxon ham Turkiston shahrini o‘ziga mulk qilgan 
edi. 
— Chunki po‘lat varaqqa bitilgan ahdnomaga binoan, xonlik masnadiga faqat Chingizxon 
avlodlari munosib ko‘rilgan. Temurning bobokaloni Qorachor nuyon bu ahdnomaga imzo 
chekkan, ilohiy tangri oldida xonlik da’vosidan voz kechgan. Doim xonlar xizmatida 
lashkarboshi amir bo‘lib xizmat qilishga so‘z bergan. Amir Temur ham o‘zini xon deb 
atamaganku! 
— O‘zini xon deb atamagan-u, lekin xonlarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatgan! — dedi 
Shayboniyxon alam bilan. — Chingizxon naslidan bo‘lgan Suyurg‘atmishxon, 
Mahmudxon deganlarni xo‘jako‘rsinga oq kiygizga solib xon ko‘targan. Aslida bu xonlar 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish