Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
savdarboshi bilan birga o‘sha yoqqa o‘tib turishdi. Boshqa savdarlar pastga tushib 
ketishdi. Qo‘rchiboshi mulla Fazliddinga qarab: 
— Janobi me’mor, siz yo‘lni yaxshi bilursiz, podshohga peshvoz chiqing, — deb buyurdi. 
Qoidaga binoan qo‘rchiboshining o‘zi ham pastga qaytib tushib, podshoh bilan birga 
chiqishi kerak edi. Ammo bu toqqa ikki qayta ustma-ust tushib chiqish benihoya qiyin. 
Buni sezgan o‘rta yashar qo‘rchiboshi ikkita soqchini mulla Fazliddinga qo‘shib pastga 
tushirib yubordi-yu, o‘zi hujra yonidagi silliq tosh kursiga o‘tirib, terlab ketgan yo‘g‘on 
bo‘yinlarini arta boshladi. 
Mulla Fazliddin Buratoqqa har kuni necha qaytadan tushib-chiqib o‘rganib qolgan. Uning 
oyog‘idagi ixcham mo‘kkisi toshdan-toshga yengil o‘tib boradi. Ammo ko‘ngli notinch. 
Hozir podshoh va uning beklariga duch kelishi kerakligi, ular bilan muomala qilishning 
qiyinligi qalbiga tahlika soladi. 
Bobur mirzo va uning odamlari tog‘ning kunchiqish tomonidan otliq aylanib o‘tib, 
qoyatoshga janubdan yaqinlashdilar-da, mazoratdan yuqoriroqda otdan tusha 
boshladilar. Shunda mulla Fazliddin bek va navkarlarga qo‘shilmay alohida to‘p bo‘lib 
kelayotgan ayollarni ko‘rib qoldi. Yuvosh qora otda o‘tirgan va oppoq kiyingan o‘rta 
yashar ayol — Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim edi. Gulibodom rangli sho‘x, o‘ynoqi 
otda qirmizi ipak kabo* kiygan Xonzoda begim kelmoqda edi. Mulla Fazliddin uni sho‘x 
ot ustida chavandoz yigitlarday yaxshi o‘tirganidan ham tanidi-yu, vujudi birdan qizib 
ketganday bo‘ldi. Ko‘nglidagi boyagi bezovtalik ustiga olovli bir hayajon qo‘shilib, yuragi 
qinidan chiqquday hapriqib ketdi. Mulla Fazliddin o‘zida birdan yuz bergan bu o‘zgarishni 
birovga sezdirib qo‘yishdan qo‘rqib, podshohni kutib olayotgan mulozimlarning panasiga 
o‘tdi-da, bosh egib, qo‘l qovushtirib turdi. Shunda tizzalari ham qaltirayotganini sezib, 
«Xudoyo o‘zing sharmanda qilma!» degan so‘zlarni dilidan o‘tkazdi. 
_____________ 
* Buratog‘ ba’zi manbalarda Boratog‘ ham deb ataladi. Biroq «Oq Burasoy» kabi asli «bura» so‘zidan olingan bo‘lishi kerak. Turkiy tillarda 
nortuyaning eng ulkani «bura» yoki «bug‘ra» deb ataladi. Bu tog‘ chindan ham tekis joyda cho‘k tushib yotgan ulkan nortuyaga o‘xshab 
ketadi. (Avtor.) 
* B o r g o h — podshohning xos chodiri. 
* X i r g o h — podshohning taxti qo‘yiladigan va qabul marosimlari o‘tkaziladigan chodir. 
* Asilzoda ayollar kiyadigan uzun yengli ustki kiyim. Kamzulga o‘xshash.
2 
Bobur mirzoning opasi Xonzoda begim mulla Fazliddinni ko‘pdan beri hayratga solib 
keladi. Bundan to‘rt yil muqaddam mulla Fazliddin Hirotdan kelib Umarshayx mirzoning 
Andijondagi chorbog‘ida ko‘shk qura boshlagan kezlarida Xonzoda begim o‘n olti yoshda 
edi. Asilzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan Xonzoda begim bir marta erkakcha 
kiyinib ot minib, inisining o‘smir mulozimlari bilan chavgon* o‘ynagan. Mulla Fazliddin 
buni ko‘rib bir hayratga tushgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, mulla Fazliddin Andijon 
arkidagi to‘rxonaning ba’zi naqshlarini yangilash uchun chaqirildi. Shunda o‘n sakkiz 
yoshli Xonzoda begimni ravonda kanizlar orasida setor chalib o‘tirgan paytida yana bir 
ko‘rdi-yu, o‘z ko‘zlariga zo‘rg‘a ishondi. Chunki bir vaqtlar yigitcha kiyinib chavgon 
o‘ynagan o‘sha qiz endi setorda shunchalik nafis, shunchalik mayin kuy chalar, uning o‘zi 
ham shu qadar nafosatga to‘lib o‘tirar ediki, mulla Fazliddin beixtiyor uning sehriga 
berilib, g‘alati bo‘lib ketdi. 
Keyin mulla Fazliddin devorga xomaki naqsh chizayotganda Xonzoda begim uning oldiga 
kelib, ishini qiziqib tomosha qila boshladi. Mulla Fazliddinning qo‘lidagi pargor* 
hayajonidan yerga tushib ketdi. 
Ajoyib naqsh chizgan edingiz, ko‘zim tegdimi, mavlono? — dedi Xonzoda begim aybni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish