O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


 “Xalqaro munosabatlar” tushunchasi va mezonlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

1.2. “Xalqaro munosabatlar” tushunchasi va mezonlari 
“Xalqaro munosabatlar” atamasini ilk marotaba ingliz mutafakkiri 
Jeremi Bentam (1748-1832) kiritgan. Uzoq yillar davomida xalqaro 
munosabatlar deyilganda faqat davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
tushunib kelindi. Tadqiqot ob’ektining kengayib borishi, bu fan 
to’g’risidagi tasavvurlarning o’zgarishi bilan xalqaro munosabatlarga 
beriladigan tariflar ham o’zgarib bordi. Chunki hozirgi paytda xalqaro 
munosabatlarni o’rganuvchi fanlar orasida: falsafa, siyosatshunoslik, 
sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, 
xalqaro munosabatlar nazariyasi, xalqaro munosabatlar tarixi, xalqaro 
huquq, geosiyosat va boshqalarni alohida ta’kidlash mumkin.
Xalqaro munosabatlar deyilganda, davlatlar va davlatlar guruhi 
o’rtasidagi, jahon doirasida holat yurituvchi ijtimoiy sinflar, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy kuchlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar hamda tashkilotlar 
o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik, mafkuraviy, harbiy va boshqa 
o’zaro aloqalar tizimi tushuniladi. Xalqaro munosabatlarning soni ularga 
individual qo’shilish munosabati bilan kengayib boradi. Xalqaro 
munosabatlar ijtimoiy hayotning barcha sohalarini – iqtisodiyot va 
maorifdan tortib, fan va madaniyatga qadar o’z ichiga qamrab oladi. Biroq, 
bu birinchi galda siyosiy munosabatlardan iborat, ya’ni bu – davlatlarning 
tashqi siyosiy faoliyatlarini ro’yobga chiqarishi va jahonda yuz berayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning xalqaro-siyosiy
o’lchovlari demakdir. 
Xalqaro munosabatlarni o’rganishdagi yondoshuvlar xalqaro tizimlar 
tipologiyasida ham turlicha qarashlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 
geografik-hududiy jihatdan umumplanetar va uning hududiy tarkibiy-
komponentlari ajratiladi (keyingisining tarkibiy elementlari sifatida 
subregional podsistemalar yuzaga chiqadi).
 


13 
F.Brayar va M.Jalililar fikricha, planetar (global) xalqaro hayotda 
ham aks etadi va bu SSSR va AQSH o’rtasidagi qurolli poyga davrida 
yaqqol namoyon bo’lgan va yangi mustaqil xalqaro aktorlar (sobiq 
kolonial davlatlar) paydo bo’lishi bilan yangi qirralarni kasb etdi. Natijada 
1990 yillargacha planetar xalqaro tizim ikkita asosiy konflikt chizig’i, bir 
tarafdan G’arb va SHarqni (mafkuraviy, siyosiy, harbiy, strategik qarama- 
qarshiliklar), ikkinchi tomondan esa SHimol va Janubni (iqtisodiy 
rivojlangan va iqtisodiy qoloq davlatlarga) ajratuvchi chegaralar 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. O.YAng izidan borib, F.Brayer va 
F.M.Jaliliy ham xalqaro tizim bir butunligiga qaramay mummolardan xoli 
emasligi, qator xalqaro aloqalar ta’siri global miqyosda sezilmasligini 
izohlashadi. F.Brayer va Jaliliy planetar sistemaga taalluqli bo’lmagan 
holda Evropa, Panamerika, Osiyo kabi podsistemalarga xos bo’lgan 
hususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga harakat 
qilishadi.
Mintaqaviy yondoshuvning asosiy kamchiligi shundaki, unda u yoki 
bu mintaqani tadqiqot ob’ekti sifatida ajratish uchun aniq mezonlarning 
mavjud emasligidir. Bu kamchilik o’sha mintaqada sodir bo’layotgan 
xalqaro siyosiy jarayonlarni tushuntirishda salbiy holatlarga olib kelishi 
mumkin. Adabiyotlarda mustaqil funksional tizim sifatida ko’pincha 
xalqaro (davlatlararo) munosabatlarning iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik 
va boshqa turlari o’rganiladi.
Xalqaro munosabatlarni o’rganishda tizimli yondoshuvning o’ziga 
xosligi eng avvalo, tadqiqod ob’ektining hususiyatlaridan kelib chiqadi.
Birinchi umumiy xususiyat. Xalqaro munosabatlar ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. Shunday ekan, xalqaro tizim bu- ijtimoiy 
tizimdir. Shu sababli ham ular murakkab o’zgaruvchan tizim sifatida 
o’rganilishi kerak. Bundan tashqari ijtimoiy va xalqaro tizimlar o’zaro 
zaif bog’langan hisoblanadi. Boshqacha aytganda, “hamisha ham bir-
biridan farq qiladigan ikkita ob’ekt o’rtasidagi chegarani aniqlangani kabi, 
o’rganilayotgan kompleks va uning tashqi muhit chegarasini aniq chizib 
bo’lmaydi” Fizik yoki biologik tizimlardan farqli ravishda, xalqaro 
tizimlarning makon chegaralari eng avvlo, nisbiy xarakterga ega. Bu 
nisbiylikni absolyutlashtirib, xalqaro tizimlar “ko’p odamlar va ko’p 
munosabatlar mavjud joylarda bo’la olmaydi”, deb qarash yaramaydi yoki 
“hamisha kuzatuvchi tomonidan qalbakilashtiriladi” deb ta’riflash mumkin 
emas. Bunday fikrlar qismangina to’g’ri, xolos. Masalan, EES yoki OAE 
tizimlari bir-biridan muhit munosabatlariga ko’ra farqlanadi:


14 
1) avtonom, chunki elementlari o’rtasidagi muhit bilan 
munosabatlarga ko’ra muhim rol o’ynaydi;
2) o’tkazuvchan hususiyatga ega, chunki uning uchun muhit bilan 
aloqalar elementlari o’rtasidagi munosabatlardan ko’ra muhimroqdir. Bu 
esa EES va OAE shunchaki reallikda mavjudgina emas, balki nisbiy bo’lsa 
ham, o’z chegaralariga ega. Qaysidir ma’noda bu boshqa regional 
tuzilmalarga ham taalluqlidir. Albatta, bu yondoshuvni davlatlararo 
hamkorlikka, (masalan, iqtisodiy, siyosiy hamkorlikka) yoki an’anaviy va 
yangi xalqaro aktorlar munosabatlari tizimiga tadbiq etib bo’lmaydi. 
Biroq, keyingi holatlarda ham xalqaro tizimlar faqatgina nazariy ob’ektlar 
emas, balkim real mavjud bo’lgan ijtimoiy jamoalarning o’zaro aloqalari 
yig’indisidir. Bu ijtimoiy jamoalar o’rtasidagi aloqalar tizimli 
yondoshuvning ma’lum bir hususiyatlarni ochishga yordam beradi. 
Bunday norasmiy tizimlar biror-bir moddiy tizim , masalan, biror biologik 
organizmdan farqli o’laroq , aniq farqlanadigan o’zaro bog’liqlikka ega 
bo’lmaydi. F.Braerning norasmiy xalqaro tizimlarni yagona bir butunlik 
sifatida “fenomenologik” jihatdan ham namoyon bo’ladi, faqtgina bu 
nisbiy xarakterga egaligini ta’kidlaydi va shuning uchun ham nazariy 
tadqiqod yo’li bilan aniqlash keraklini taklif qiladi.
Ikkinchi umumiy o’ziga xoslik shundaki, xalqaro tizimlarning asosiy 
elementlari ijtimoiy guruhlar, jamoalarning va alohida individlardan 
tashkil topadi, demakki, xalqaro tizim bu- o’z hatti-harakatlarini erkin, 
ongli va maqsadli tarzda amalga oshiruvchi odamlarning o’zaro aloqalari 
tizimidir. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro tizimni belgilovchi omillar 
S.Fridlender va R.Koenlar ta’kidlaganidek, tanlash, asoslash va anglash 
fenomenlari (hodisalari) bilan bog’liqdir.
Xalqaro munosabatlarning uchinchi o’ziga xosligi shuki, ular eng 
avvalo, markazda davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tashkil qiluvchi 
siyosiy munosabatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham global xalqaro 
tizimning yadrosi davlatlararo munosabatlar tizimi hisoblanadi. Endi 
xalqaro munosabatlarning xususiy o’ziga xosliklariga e’tiborni qaratsak, 
ularning eng asosiysi shundaki, ularda yuqori hokimiyat mavjud 
bo’lmaydi, “suverenitetlar plyuralizmi” mavjud bo’ladi., tashqi va ichki 
markazlashuv zaif bo’lishi bilan farqlanadi. Boshqacha aytganda xalqaro 
tizimlar – bu ijtimoiy tizimning elementlari o’rtasidagi o’zaro 
integratsiyaning zaifligi, shuningdek, bu elementlarning ancha avtanomligi 
bilan farqlanuvchi o’ziga xos turidir. Albatta, avtonomlik darajasiga 
absolyutlashtirib qarash yaramaydi: xalqaro munosabatlar nafaqat 
manfaatlar o’rtasidagi konfliktlar, aktorlarning bir-biriga bog’liqligi bilan 


15 
ham xarakterlanadi. Shu vaqtning ichida integratsiyalashgan jamiyat 
(jamiyat ichidagi munosabatlar) ba’zan unga xalqaro munosabatlarga xos 
bo’lgan anarxiya belgilarni beruvchi konfliktlardan ham xoli emas.
Xalqaro munosabatlar spetsifikasi va xalqaro tizimning o’ziga 
xosliklari to’g’risidagi tushunchalar har-xildir. Shuning uchun tadqiqod 
yondoshuvlari ham farq qiladi. An’anaviy- tarixiy, tarixiy- ijtimoiy, 
evristik, aralash va empirik yondoshuvlar mavjud. Shuni aytib o’tish 
kerakki, bunday tasniflar faqatgina nisbiy xarakterga ega bo’lib, u yoki bu 
muallifning yondoshuv va tadqiqod usulini o’zida aks etdiradi. 
U yoki bu tarixiy davrga taalluqli davlatlar o’rtasidagi diplomatik 
munosbatlarni ifodalashda an’anaviy-tarixiy yondoshuv “xalqaro tizim 
tushunchasi” ishlatiladi. masalan, XVI asrdagi Evropa tizimi (1648 yildagi 
Vestfaliya prinsiplariga asoslangan ); XIX asrda Evropa davlatlarining 
siyosiy muvozanat tizimi (“millatlarning Evropa konserti”); 1945-90 
yillardagi davlarlararo global bipolyar tizim. Bunday “panoramali 
Yondoshuvning kamchiligi shundaki, ular xalqaro (to’g’rirog’i, 
davlatlararo ) tizimning faoliyat qonuniyatlarni izlashga emas, balki 
munosabatlarning bosh aktorlari – buyuk derjavalar o’rtasidagi aloqalarni 
tasvirlash bilangina chegaralandi. Tizimli yondoshuvda esa xalqaro tizim 
xarakteri va uning bosh elementlari –xalqaro aktorlar hatti-harakatlari 
o’rtasida qonuniy aloqalar mavjudligiga asosiy e’tiborni qaratadi. 
Yuqorida sanalgan barcha yondoshuvlar aynan shu yondoshuvga 
asoslanadi.
Tarixiy-ijtimoiy yondoshuvning asoschilaridan biri R.Eron xalqaro 
munosabatlarni o’rganishda o’z tadqiqotlarining asosiy yo’nalishi sifatida 
abstrakt modellarni yaratishdan qochib, tarixiy tajribani asos qilib oladi. 
Grek polislari, 17 asrdagi Evropa monarxiyalari, 19 asrdagi Evropa 
davlatlari va unga zamondosh sistemalarni o’rganar ekan Aron, ulardan 
bir-biriga o’xshash jihatlarni axtaradi va bu bilan umumiy qonuniyatlar 
yaratishga urinadi. “Xalqaro tizimni an’anaviy tarzda o’rganish, 
diplomatik hodisalarni oldindan ko’ra bilish yoki hukmdorlarga biror bir 
tizimga taalluqli harakatlar chizig’ini chizib bera olmasligini” tushunib 
R.Aron baribir tizimli yondoshuv xalqaro munosabatlarda mavjud ijtimoiy 
determinizm hodisasini ochishga ko’proq yordam beradi deb hisobladi. 
SHuning uchun ham olim xalqaro munosabatlarni tadqiq qilishda tizimli 
yondoshuvdan foydalanishda lozim deb bildi.
Arondan farqli ravishda amerikalik tadqiqotchi M.Kaplan nazariy 
xulosalar uchun faqatgina tarixiy ma’lumotlarning o’zi etarli emas deb 
hisoblaydi.


16 
Tizim va tizimli analizning umumiy nazariyalaridan kelib chiqib, u 
xalqaro reallikni yaxshiroq anglashga yordam beradigan abstrakt nazariy 
modellarni taklif etdi. M.Kaplanning fikricha, mavhum xalqaro tizimlarni 
tahlil qilish, shu tizimning o’zi mavjud bo’lishi yoki boshqa tizimga 
aylanishi mumkin bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganishni maqsad qilib 
qo’yadi. M.Kaplan u yoki bu tizim qanday gullab yashnaydi, faoliyat 
yuritadi va qaysi sabablarga ko’ra inqirozga yuz tutadi degan savollarni 
o’z oldiga qo’yadi. Natijada u har bir tizimga taalluqli bo’lgan beshta 
qonuniyatni ajratadi: tizimning umumiy qoidalari; tizimning shakllanish 
qoidalari; aktorlar tasniflanishi; qobiliyati va axborot almashinuvi qoidasi. 
Ulardan yuqoridagi uchtasini asosiy deb sanaydi. Umumiy qoidalar hatti-
harakatlari individual xohishlari va maqsadlarigagina emas, balki 
tizimning xarakteriga bog’liq bo’lgan faktorlar o’rtasidagi munosabatlarni 
belgilaydi. “Shakllanish qoidasi” esa tizimning o’zgaruvchanlik 
qonuniyatini ifoda etadi. Tizimning umummiy nazariyasi uning 
gomeostatik xarakteriga, muhit o’zgarishiga moslashuvchanligiga, shu 
bilan birga o’zini saqlab qolish qobiliyatiga urg’u beradi. Har qanday tizim 
o’zining moslashuvchanlik va shakllanishida o’ziga xos qoidalariga ega. 
Aktorlarni tasniflash qoidasi ular o’rtasida mavjud bo’lgan va ularning 
hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatadigan strukturaga, ya’ni ierarxiyani
o’zida mujassam etadi. 
M.Kaplan xalqaro tizimni o’rganishdagi mavhum yondoshuvlari 
uchun juda ko’p tanqid ostiga olingan. Shunday bo’lsa ham, bu yondoshuv 
muhim metodologik xarakterga ega bo’lib, u J. Untengerga xalqaro 
munosabatlarni evristik jihatdan tasniflashga yordam berdi. Amerikalik 
olim R.Rouskrans tarixiy- sotsiologik va evristik yondoshuvlarning 
bog’liqlik jihatlarini o’rganishga harakat qilib ko’rdi. Aniq tarixiy 
vaziyatlar tadqiqotiga asoslanib u 9 ta izchil xalqaro tizimni davriy 
jihatdan ajratadi:
- 1740-1789 yillar; 
- 1789-1814 yillar; 
- 1814-1822 yillar; 
- 1822-1848 yillar; 
- 1848-1871 yillar; 
- 1871-1888 yillar; 
- 1888-1918 yillar; 
- 1918-1945 yillar; 
- 1945-1960 yillar. 


17 
Keyin u bu sistemalarning har birini ularning barqarorligi yoki 
beqarorligiga ta’sir qiluvchi omil sifatida o’rganishga kirishdi. 
Shuningdek, J.Frinkel ham tizimlar xarakteristikasi va ularning 
strukturalari o’ziga xosligiga asoslanib, xalqaro munosabatlar tarixiy 
evolyusiyasini o’rganishga harakat qildi. Biroq u xalqaro tizimlarni izchil 
guruhlarga ajratmadi,chunki xalqaro munosabatlarni tizimli o’rganishning 
zamonaviy shart-sharoitlari bu tasnifni etarlicha aniq ko’rsata olmaydi deb 
hisoblaydi. Xuddi shunday, tadqiqotni ingliz olimi Eluard ham olib bordi 
va xalqaro tizimlarning ettita tarixiy guruhini ajratadi:
Qadimgi Xitoy tizimi ; 
Qadimgi grek davlatlari tizimi; 
Evropa sulolalari davri ; 
Diniy hukmronlik davri ; 
Davlatlar suveriniteti rejimining paydo bo’lishi va gullab yashnashi 
davri;
Milliylik davri;
Mafkuralar hukmronligi davri; 
Bu tizimlarni tahlil qilishda Eluard xalqaro munosabatlar tizimi 
tomonidan 
foydalanilgan 
ideologiya, 
motivatsiya 
vositalari 
stratsifikatsiyasi, struktura, rollar va instrumentlardan foydalangan.
B.Koranining 
fikricha, 
yuqorida 
tasvirlangan 
kompleks 
yondoshuvning bir qancha afzallliklari bor: 
u Kaplanning yondoshuviga qaraganda ancha aniq va ravshan; 
tarixchilar, siyosatchilar va sotsiologlar tomonidan to’plangan boy 
tajriba materiallarga asoslanadi;
nihoyat xalqaro tizimni mustaqil o’rganishda va nazariy xulosalar 
chiqarishda qulayligi hamda oddiyligi bilan farqlanadi. 
B.Korani ta’kidlaganidek afzalliklar M. Kaplan rahbarlik qiladigan 
mutaxassislar maktabining ham e’tiboriga tushdi va ular ham o’z 
tadqiqotlarida bu yondoshuvdan foydalana boshladilar. 
Nihoyat real amalda mavjud bo’lgan ma’lum geografik hududlarni 
qamrab oluvchi xalqar munosabatlarning o’zaro aloqasini o’rganadigan 
empirik yondoshuvga to’xtalamiz. An’anaviy-tarixiy yondoshuvdan farqli 
tomoni shundaki, u biror bir hududdagi xalqaro siyosiy vaziyatni bu erdagi 
sistemalar 
o’rtasidagi 
bog’liqlikdan 
kelib 
chiqib 
baholaydi: 
umummintaqaviy kuchlar muvozanati, ijtimoiy-madaniy holat, mintaqaviy 
xalqaro tashkilotlar kabi omillarning aktorlar hatti-harakatiga ta’sir 
darajasini ochib beradi. Bu yondoshuv xalqaro aktorlarning hatti- 
harakatlarini izohlovchi qonuniyatlar izlashdan iboratdir. 


18 
Har xil nazariy maktablar va yo’nalishlar vakillari o’rtasidagi 
kelishmovchiliklar boshqa o’zaro qarama-qarshiliklari kam bo’lgan 
yondoshuvlarni 
ishlab 
chiqish 
jarayonida 
kelib 
chiqadi. 
Bu 
yondoshuvlarning barchasi (an’anaviy-tarixiy yondoshuvdan tashqari) 
xalqaro tizim faoliyati qonuniyatlaridan kelib chiqadi (garchi tizimlarning 
xarakteri va ularning faoliyat qonuniyatlari har xil tushunilsa ham); 
Ko’pchilik davlatlarning hatti-harakatlari yirik davlatlar o’rtasidagi 
munosabatlarga bog’liq tarzda nisbiy ekanligini tan oladi; barcha xalqaro 
tizimlar uchun umumiy belgi ularning oligopolistik xarakteridir (kuchli 
davlatlar va ular o’rtasidagi munosabatlar dominantligi); xalqaro tizimning 
har xil ko’rinishlari va tasniflash omillari mavjudligini e’tirof etishadi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish