«fan» nashriyoti Toshkent–2018 Hakim Sattoriy



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#543987
1   2   3   4   5
Bog'liq
xrpt 4lklzj6dltpo0n0cp4prkme6gggve808ijj9ufc7zsky8k2neg6ouaj2grmloliyvtxfz1cninc

(xususan, Amir Temur)
nomi bilan ataladi. Xalq orasida to‘qilgan 
qo‘shiqlar, afsonalar tildan­tilga o‘tib, hamon aytilib kelinadi. Xullas, 
yillar xotirasi xuddi uvol bo‘lgan tuproq kabi sochilib yotibdi. Orzu 
qilamanki, bir nufuzli ekspeditsiya uyushtirilib, Amir Temur izlari 
bo‘ylab yurish o‘tkazilsa­da, uning material lari jamoatchi likka e’lon 
qilinsa, ancha savob ish bo‘lardi.


7
O‘zimcha, ekspeditsiyani tashkil etish tartiblari, faoliyat jarayoni, 
taqdirini ham o‘ylab qo‘yganman. Uni tuzishga hozirdan kirishish 
mumkin va ekspeditsiya 1991­yilning iyun­iyul oylarida o‘z faoliya­
tini amalga oshiradi. Avvalo, uning homiysi ma’lum bo‘lishi kerak. 
Men bu sharafga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarix instituti, Oy­
bek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, respublika yoshlar 
tashkiloti va gazetasini loyiq ko‘rardim.
Ekspeditsiya qatnashchilari tarkibida tarixchilar, folklorshunoslar
tilshunoslar, geograflar, etnografl ar, o‘simlikshunoslar, arxeologlar
­
dan tashqari jurnalis tlar, fotograflar bo‘lgani ma’qul. Ishtirokchilar 
konkurs asosida tanlab olinadi. Mening taxminimcha, yurish marsh­
ruti tekislikdan tashqari qirlar, tog‘lardan ham o‘tadi. Asosan ya­
yov yoki otda 
(eshakda)
yuriladi. Ishtirok etuvchilar shunga tayyor 
bo‘lishlari kerak. Albatta, har bir soha kishi si ning qiladigan ishi 
ma’lum. Maqsad – qaysi hududdan o‘tilsa, o‘sha yerning har tomon­
lama mukammal manzarasini aks ettirishdir. Shuningdek, o‘sha joy­
lardagi odamlarning bugungi hayoti ham diqqat­e’tiborda bo‘ladi. 
Yurish qatnashchilari ikki guruhga bo‘linib harakat qiladilar va bir 
nuqtada uchrashib, bir­birlarining izidan qaytadilar 
(yo‘lni almashti-
radilar)
. Har bir guruhda 10–13 kishi bo‘l gani ma’qul.
Ekspeditsiya quyidagi manzillar bo‘ylab harakat qilga ni maqsad­
ga muvofiq. Toshkentdan bir kunda yo‘lga chiqil gach, ikki guruhga 
bo‘linib, Samarqand va Qarshi tarafga ajraladilar. 
Samarqand guruhi Amir Temur qabrini ziyorat qilib, Shahris­
abzga o‘tadi, Temur va Temuriylar bilan bog‘liq me’ morlik yod­
gorliklarini kuzatadi, odamlar bilan suhbatlashadi. Yakkabog‘ tu­
manidagi Xo‘jailg‘or, Chiroq chidagi Tarag‘ay qishloqlarida bo‘la­
di, ma’lumki, bu qish loqlar Temur va ajdodlari tug‘ilgan qutlug‘ 
joylar sifa tida e’tirof etiladi. Chiroqchi tumanidagi Langar qishlo­
g‘i, uning yaqinidagi Amir Temur g‘ori ham e’tiborda bo‘ ladi. 
Bu joylardagi yumushlar bitgach, Yakkabog‘ qishlog‘iga o‘tiladi, 
undan Samoq qishlog‘i orqali Haydarbuloq, Suvlisoy, Tog‘tor, 
Kaltaqo‘l aholi manzillaridan o‘tib, tog‘lar orasidagi Toshqo‘rg‘on 
qishlog‘iga yo‘l olinadi...


8
Qarshi guruhi G‘uzor shahri orqali o‘tib Qamashi tuma ni dagi 
Qiziltepa aholi punktidan Langar qishlog‘iga boradi. Yo‘lda Temuriy­
larga daxldor Boburtepani, O‘g‘lon jon ota ziyoratgohini ko‘radi, 
odamlardan hikoya va afsona lar yozib oladi. Shundan so‘ng Deh­
qonobod tumanidagi Oybek nomli davlat xo‘jaligi hududidagi 
G‘urumqishloqqa tomon yo‘lga tushadi, undan o‘tib, To‘rqa dovoni 
orqali Hisor tizmalarining Boburchi cho‘qqisi etagidagi Amir Temur 
g‘origa yo‘l oladi. 
Samarqand guruhi ham g‘orga tomon yo‘lni davom ettiradi. 
Ular Toshqo‘rg‘on qishlog‘idan o‘tadilar. Bu qishloq haqida alohida 
to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Har ikkala guruh ana shu yerda, ya’ni g‘or 
hududida bir kunda uchrashadi.
Dengiz sathidan 2,5–3 ming metr yuksaklikda joylashgan Tosh­
qo‘rg‘on qishlog‘i odatdan tashqari havosi va zilol suvi bilan ajralib 
turadi. Inqilobgacha uchta masjid bo‘lgan. Sho‘ro davrida birini bu­
zib maktab qurishgan, ikkitasi hamon bor. Bo‘yoqlari unniqmay, o‘z 
chiroyini saqlab turibdi, archa daraxtidan tiklangan. Bu qishloq shu 
o‘ramdagi Zarmas, Vori, Qiziltom, Egrisuv kabi aholi punktlarining 
markazi bo‘lib kelgan, iqtidorli kishilari Buxoro madra sa larida tahsil 
olgan. Qishloq atrofida ko‘plab pirlar, aziz-avliyolarning qabri bor. 
Doimiy elektr toki yo‘q. Faqat 2–3 oy mashina qatnovi bo‘ladi. Qish­
loq bilan Amir Temur g‘ori orasidagi yo‘lda mashhur dinozavr izlari 
saqlangan qoya bor 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish