t.me/tuit_students_chanel
Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta'minlab beradi
va umumiy holatda signal tarqatish muhitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga
imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o‗z ichiga oluvchi qurilmalardir.
Fizikaviy muhit juft mis simlar, optik tola,efir bo‗lishi mumkin. Muhit turiga
bog‗liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi.
Simli liniyalarga signal sun'iy tashkil qilingan yo‗naltiruvchi muhitda
tarqaladigan, masalan, himoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel' aloqa liniyalari)
kiradi. Kabel' aloqa liniyalarida uzoq masofani ta'minlash maqsadida, ma'lum
intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari ham
simli hisoblanadi, ularda tarqalish muhiti sifatida dielektrik material, xususan,
yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruksiyasida defisit bo‗lgan
mis, alyuminiy, qo‗rg‗oshinning yo‗qligidir.
Tarmoq tuzilmasi komponentlari.
Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan
mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari
odatda
segment
miqyosi,
uning
bajarayotgan
vazifasi,
ishlatilayotgan
telekommunikasion
texnologiyasi
bo‗yicha
tasniflanadi.
Tarmoqni
segmentasiyalashning
asosiy
vazifasi
segment
ichidagi
oqim
ulushini
maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi
bilan tasvirlanadi (3.6-rasm):
-lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi
kichik hudud, muassasa, sanoat korxonasi va hokazo ichida chegaralanadi, ya'ni
katta bo‗lmagan ma'lum hududda joylashgan komp'yuterlar tarmog‗i. Umumiy
holda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taaluqli bo‗lgan qurilmalar
majmuasi;
-hududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik
aholi punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo‗ljallangan;
-yirik miqyosli hududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta
hudud, davlat, kontinent hamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN
turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo‗ljallangan. Mazkur magistral tarmoq
uzatish muhiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi.
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan har biri kichik miqyosdagi bir qator
segmentlarga bo‗linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi
va ularning har bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq
funksional vazifani bajaradi. Har qanday qatlamda segmentlar bog‗liqligi
magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |