t.me/tuit_students_chanel
tarmoqlar uchun katta muammoga aylandi. Global aloqalarni ishlatish esa
korporativ OTlardan past tezlikli chiziqlarda yaxshi ishlaydigan protokollar
yordamini va bir xil an‘anaviy ishlatiladigan protokollardan voz kechish talab
qiladi.
Korporativ OTlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin.
Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular
bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta
qismlarga bo‗linadi, masalan, bitta kompyuterda ma‘lumotlar bazasiga bo‗lgan
so‗rovlarni bajarilishi bilan bog‗liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida
fayl – servisga bo‗lgan so‗rovlar, klient mashinalarida esa ilova ma‘lumotlarini
qayta ishlash mantig‗ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni
amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy
hisoblash qismi klientlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta hajmli va ko‗tara
olmaydigan bo‗lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va
hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mo‗ljallangan kompyuter –
ilova serveriga ko‗chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli
apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri OTlari hisoblashlarni yuqori
ishlab chiqarishini ta‘minlashi kerak, demak ko‗p yo‗lli qayta ishlashni, siqib
chiqaruvchi ko‗p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng ko‗p
tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta‘minlashi kerak.
Bunday munosabatda NetWare tarmoq OTni korporativ mahsulotlarga kiritish
qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qo‗yiladigan deyarli hamma talablar mavjud
emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal ilovalarni yaxshi qo‗llashi unga
korporativ mahsulotlar dunyosida o‗rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ma‘lumotnoma hizmati. Korporativ OT hamma foydalanuvchilar va
resurslar haqidagi ma‘lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bo‗lishi kerakki,
unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta‘minlashi kerak. Katta
tashkilotlarga o‗xshab korporativ tarmoq o‗zi haqidagi iloji boricha butun
ma‘lumotlarni
(foydalanuvchilar,
server,
ishchi
stansiyalar
haqidagi
ma‘lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma‘lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga
muhtojdir. Bu ma‘lumotlarni ma‘lumotlar bazasi ko‗rinishida saqlashni tabiiy
ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma‘lumotlar ko‗p tarmoq tizimlari ilovalari
tomonidan
talab
qilinishi
mumkin,
birinchi
navbatda
boshqarish
va
administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron
pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning
dasturiy va apparat ta‘minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma yirik
biznes – ilovalar uchun foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |