Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

 JO‘R OVOZ BO‘LIB
O‘sha paytlarda Istanbulda hovli­joyimiz, besh ta­
nobcha yerimiz ham bor edi. Uydagi mushuk bilan 
kuchukcha birga katta bo‘lganliklari uchun judayam 
inoq edi. Tomorqaga sabzavot ekib, bir chekkasida 
tovuq boqardik. Yana bir eshagimiz bo‘lib, men uni 
Chalabiy deb chaqirardim. Jonivor nihoyatda yuvosh 
edi. Kuchukcha bilan mushuk ikkovi Chalabiyning 
ustiga chiqib olib, o‘sha yerda tong ottirgan paytlari 
ko‘p bo‘lgan. Ba’zan kuchukchaning Chalabiy bilan 
o‘ynashgisi kelib qolar, shunda u yugurib borib, naq 
g‘ajib tashlamoqchi bo‘lganday akillay boshlardi. 
Chalabiyning esa parvoyi falak edi.
Tovuqlar kurk bo‘lib, jo‘ja ochadigan payt keldi 
deguncha osmonda kalxatlar izg‘ib qolardi. Mabodo 
birorta kalxat jo‘jaga chang solmoqchi bo‘lib yerga 
sho‘ng‘isa bormi, ona tovuq darhol qanotlarini kerib, 
patlarini hurpaytirib olar, bolalarini xatardan ogoh 
qilmoqlik uchun qaqillagan ovoz chiqarardi. Buni 
eshitib, jo‘jalar pana joylarga qochib qolishardi.
Mushuk bilan kuchukcha qayerda bo‘lmasin, 
tovuqning nolasini eshitishlari bilanoq darhol 


204
Aziz Nesin
yordamga yetib kelishardi. Jo‘jalarga ozor berish 
uyoq da tursin, ikkoviyam ularni onalari bilan bir 
safda turib, kalxatlardan himoya qilishardi. Bir 
tomondan ona tovuq qaqillaganicha yer bag‘irlab 
uchib yurgan kalxatga qarab sapchisa, ikkinchi 
tomondan mushukcha miyovlab, kuchukcha qat­
tiq vovillardi. Xullas, tovuq, mushuk va it bara­
variga jo‘r bo‘lib, kalxat hujumini daf qilishardi. 
Sheriklari ning ovozini eshitgan Chalabiy boyoqish 
biror xatar borligini sezardi­yu, ammo bir oyog‘i 
zanjir bilan qoziqqa bog‘lab qo‘yilganligi uchun bor 
kuchi bilan hangrab yuborardi.
Bir kuni yana hovlini tovuqning qaqillashi­yu 
mushukning miyovlab, itning vovillashi tutib ket­
di. Chalabiy ham turgan joyida hangrab yubor­
di. Bir payt qarasam, Chalabiy oyog‘idagi zanjirni 
shildiratib shu tomonga qarab irg‘ishlab kelyapti. 
Zanjirning bir uchida temir qoziq. Bildimki, qoziqni 
bir amallab sug‘urib qochgan.
Chalabiy sheriklarining yoniga yetib kelgach, 
ikkala qulog‘ini ding qilib, kallasini osmonga 
ko‘tardi­da, tepada aylanib yurgan kalxatga qa rab 
shunday bir hangrab yubordiki, asti qo‘yavering. 
Eshagimiz bunaqa hangraganini shu vaqtgacha 
hecham eshitmagan edim.
Miad Hakimov tarjimasi

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish