A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

13.2. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-
kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. 
Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish 
bo’yicha amalga oshirilishi zarur: 
olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan 
tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini 
aniqlash; 
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini 
tekshirish. 
Mol etkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra 
naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar 
bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning 
quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, 


279 
akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan 
hisob shakli.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob 
muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi.
Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob 
registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida 
nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish 
sabablarini aniqlaydi.
Misol:
6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» (joriy qismi) va 7010 «Mol etkazib beruvchil va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar»(uzoq muddatli qismi) schyotlarining analitik hisob 
registrlaridagi qoldiqlari, ushbu schyotlar bo’yicha sintetik hisob registridagi va 
Bosh daftardagi qoldiqlariga nisbatan, balansdagi «Mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblar» moddasining 12 foiziga teng bo’lgan, n-
summaga kam bo’lsa, farq miqdori ushbu balans moddasi uchun jiddiy 
hisoblanadi. Analitik hisob registrlari (oborot vedomostlari) ma’lumotlarini tahlil 
qilishda biron-bir mol etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilib, lekin hisob 
registrlarida yozuv yozilmagan. Tekshiruv natijasida shu mol etkazib beruvchi 
bilan hisob-kitoblarni hisobga oladigan kartochka ochilganligi, lekin adashib u 
boshqa schyotning kartotekasiga solib qo’yilganligi sababli oborot vedomostiga 
kiritilmagan. Shunday qilib, nomuvofiqlik sababi aniqlangan va bartaraf qilingan.
Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, 
auditor mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining 
haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi: 
-analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari 
hamda tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi; 
-analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki 


280 
hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi); 
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab 
tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali 
qarzdorliklar qatoriga qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni 
inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan tasdiqlanadi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir 
qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari 
nazorat qilinadi: 
hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara 
muddati o’tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi.
Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib 
beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini 
baholashda muhim ahamiyatga egadir.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar 
quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi: 
-shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish; 
-olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar to’liqligi va to’g’ri kirim 
qilinishini tekshirish; 
-moddiy qiymatlik(ish. xizmat)lar uchun o’z vaqtida va to’liq haq 
to’lanishini tekshirish.
-auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va 
xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda 
shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi 
qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va shartnoma qonunchiligiga 
ataylab rioya qilinmasdan tuzilgan shartnomalar va ular asosida amalga oshirilgan 
muomalalar haqiqiy emas deb topiladi. Auditorlar tekshirilayotgan korxonada 
bunday holatlar yo’qligini aniqlashlari lozim.


281 
Shundan so’ng olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar uchun mol etkazib 
beruvchilar 
va 
pudratchilar 
bilan 
hisob-kitoblarning 
to’lig’icha to’g’ri 
baholanganligi va hisob registrlarida aks ettirilganligi to’g’risida dalillarga ega 
bo’lishi zarur.
Auditorlar dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini shartnomalar, buyurtmalar
schyot-fakturalar va loyiha -smeta hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirish 
natijasida olingan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni kirim qilishning to’liqligi, 
to’g’riligi va o’z vaqtidaligi to’g’risida dalillarga ega bo’ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to’lov hujjatlarida 
QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligiga va QQS 
summasining 
hisob-kitob 
yo’li 
bilan 
ajratib 
ko’rsatilishiga 
yo’l 
qo’yilmasligiga(me’yoriy hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e’tibor 
qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan 
moddiy qiymatlik(ish, xizmat)lar bo’yicha QQS ni hisobga olishning 
asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo’ladi. Uning qoplanishi to’langan, 
kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo’yicha 
amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari hali etib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni 
tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to’langan, lekin 
yo’lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Xorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar 
bo’yicha tekshiruv o’tkazilganda, mulkchilik huquqi o’tgan paytni , moddiy 
qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish sanasiga amalda bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to’lov hujjatlarining 
to’lanishini, kurs farqlarini, qo’shilgan qiymat solig’i summasini va frankirovka 
(tovarni xaridorga etkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob 
qilish) shartlarini aniqlashning to’g’riligi tekshiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to’lanishini 
tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi: 


282 
*
qarzlarni qoplash bo’yicha muomalalarning tegishli to’lov hujjatlari 
(bank ko’chirmalari va to’lov topshirig’i, o’zaro talablarni hisobga olish 
dalolatnomalari, cheklar va shunga o’xshash) bilan tasdiqlanganligi; 
*
to’lov hujjatlarining haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi 
(barcha majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan 
ajratib ko’rsatilganligi, bank shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan 
tarjimasi va shunga o’xshash); 
*
to’lov hujjatlari ma’lumotlarining 3110 - «Oldindan to’langan ijara 
haqi», 3120-«Oldindan to’langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to’langan 
xarajatlar», 4310-«Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar», 
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy 
qismi), 7010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» 
(uzoq muddatli qismi) schyotlari bo’yicha hisob registrlarining ma’lumotlariga 
mosligi; ushbu schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarining 5110, 5210, 
5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va 
6890 schyotlar bo’yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish 
natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan 
birortasining o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi 
iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob 
registrlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlaydi.
O’zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi 
va har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan, o’zaro talablarni hisobga olish 
to’g’risidagi tomonlardan birortasining xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy 
rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki 
hujjatlar ma’lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko’rsatilishi lozim. 
Da’vo muddati o’tib ketgan qarzdorliklar bo’yicha o’zaro talablarni hisobga 
olishga yo’l qo’yilmaydi.
Amalga oshirilgan o’zaro qarz surishishlarning qonuniyligini tekshirishda, 


283 
qabul qilingan va puli to’langan moddiy qiymatliklar bo’yicha QQSni hisobga 
qabul qilishning asoslanganligi va sotilgan tovarlar (ish va xizmatlar) bo’yicha 
QQS hisoblanishining to’liqligini aniqlashga maxsus e’tibor qaratiladi.
Berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 4310-«Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining hisob registrlari, 
bank ko’chirmalari va shartnomalar ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Bunda mol etkazib beruvchilarga bo’naklarning o’z vaqtida va to’g’ri berilganligi 
va olingan moddiy qiymatliklar uchun hisoblashilganda ularning hisobga 
olinganligi aniqlanadi.
Auditor 3110, 3120, 3190, 4310, 6010, 7010 schyotlarning qoldiqlarini 
analitik hisob registrlari bo’yicha tahlil qilish natijasida, moddiy qiymatliklar 
etkazib berilgandan (ish, xizmatlar bajarilganidan) so’ng barcha berilgan bo’naklar 
bo’yicha yakuniy hisob-kitob qilinganini aniqlaydi.
Ushbu talabga rioya qilinayotganligini nazorat qilish nafaqat debitor va 
kreditor qarzlar aks ettirilishining haqqoniyligini, balki QQSni hisob-kitob qilishga 
taqdim etishning o’z vaqtidaligi, chet el valyutasida berilgan bo’naklar bo’yicha 
kurs va summa farqlarini to’g’ri aniqlash uchun zarur.
Mol etkazib beruvchilar bilan shartli birliklardan foydalanib hisob-kitob 
qilinganida summa farqlarini aks ettirish to’g’riligi va quyidagi shartlarga rioya 
qilinishini tekshiradi: 
*
summaviy farqlar sarflarni buxgalteriya tan olish sanasiga aks 
ettiriladi, ya’ni qarzning shakllanishi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi (6010, 7010 
schyotlar bo’yicha yozuvlar); 
*
tovar-moddiy zahiralar va asosiy vositalar haqiqiy xarajatlar summasi 
bo’yicha tan olinadi, ya’ni kirim qilingan moddiy resurslar qiymati summaviy 
farqlarga tuzatiladi; ijobiy summa farqlari kirim qilingan moddiy resurslar 
qiymatini oshiradi (Dt 0820, 0830, 0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar va Kt 
6010 yoki 7010 schyot va Dt 4410, Kt 6010 - QQS summasi); salbiy summa 
farqlari kirim qilingan moddiy resurslar qiymatini kamaytiradi. (Dt 0820, 0830, 


284 
0840, 0890, 1010-1090, 2910 schyotlar, KT 6010 yoki 7010 schyot qizil storno 
bilan va Dt 4410, Kt 6010 yoki 7010 schyot - QQS summasiga qizil storno bilan); 
moddiy zahiralar sotilganda yoki ishlab chiqarishga berilgada (Dt 2010, Kt 6010 
(7010), Dt 4410, Kt 6010 (7010) - QQS).
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish 
yakunida, auditor aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqliklarni umumlashtiradi 
hamda qoldiqlar haqqoniyligining dastlabki baholanishini aniqlashtiradi.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish