A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

Hujjatlashtirish
. Hujjatlashtirish ko’pincha yozma tasdiq ataladi. Auditor 
tomonidan moliyaviy hisobotga kiritilayotgan yoki kiritilishi lozim bo’lgan 
ma’lumotlar asoslanganligiga ishonch hosil qilish maqsadida o’z mijozining 
hujjatlari va yozuvlari o’rganilishini nazarda tutadi. Auditor o’rganib chiqayotgan 
hujjatlar – mijozning xo’jalik operatsiyalari bo’yicha ma’lumotlarning tizimli 
hisobga olish uchun mijoz tomonidan ishlatiladigan yozuvlardir. Har bir xo’jalik 
operatsiyasi, odatda, mijozga tegishli kamida bitta hujjatda qayd qilingani bois, 
katta miqdordagi shunday dalillar auditor ixtiyorida bo’ladi. Masalan, mijoz, 
odatda, o’z mijozining buyurtmalar blankasi, transport hujjati, har bir tovar 
chiqarish uchun yukxat nusxasi va boshqalarni o’zida saqlaydi. Ushbu hujjatlar – 
ancha foydali dalillar bo’lib, ularning yordamida auditor sotish hajmi va boshqa 
xo’jalik operatsiyalari bo’yicha mijozning hisob yuritishi aniqligini tekshirishi 
mumkin. Hujjatlashtirish – barcha auditorlik tekshiruvlarida keng qo’llaniladigan 
dalil shaklidir, chunki auditor ortiqcha sarf-xarajat qilmasdan ham bunday 


200 
ma’lumotlarni oson qo’lga kiritishi mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki, 
hujjatlashtirish auditorning ixtiyorida mavjud dalillarning yagona foydali shakliga 
aylanadi. 
Hujjatlarni ichki va tashqi turlarga ajratib olish qulay. Agar hujjat xo’jalik 
tizimi doirasida tayyorlangan bo’lsa, hech qachon uning chegarasidan chiqmay, 
mijozlar yoki savdogarlar kabi begona shaxslar qo’liga tushmay o’sha erda 
saqlansa, u ichki hujjat hisoblanadi. Ichki hujjatlarga misollar sirasida sotish 
bo’yicha yukxatlar nusxalari, tovar chiqarish uchun hujjatlar, xodimlarning ish 
vaqti yoki tovar-moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyalash natijalari qayd 
qilinadigan hujjatlar va boshqalarni eslatib o’tish mumkin. Mijozning xo’jalik 
tizimidan tashqarida kimningdir birovning qo’lida bo’lgan hujjatlar esa tashqi 
hujjatlar 
hisoblanadi. 
O’sha begona shaxs hisobga olingan xo’jalik 
operatsiyalarining qatnashchisi bo’lishi mumkin. Bunday hujjat istalgan vaqtda 
mijoz qo’lida bo’ladi yoki auditor undan bemalol foydalanishi mumkin.
Ayrim hollarda tashqi hujjatlar mijozning xo’jalik tizimidan tashqarida 
paydo bo’ladi va faqat pirovardida mijozning qo’liga kelib tushadi. Bunday tashqi 
hujjatlarga misol tariqasida etkazib beruvchilar yukxatlari, to’langan veksellar va 
sug’urta polislarini keltirish mumkin. To’langan cheklar kabi boshqa hujjatlar 
mijoz tomonidan tuziladi, keyin esa begona shaxslarga yuboriladi va oxir-oqibat 
yana mijozga qaytadi. 
Auditor birinchi navbatda hujjat ichki yoki tashqi ekanligiga e’tibor qilgan 
holda, uni ishonchli dalil sifatida qabul qiladi. Agar bu hujjat ichki bo’lsa, u holda 
uning ishonchliligining asosiy mezoni – uni xo’jalik ichki nazoratining samarali 
tizimi sharoitida yaratish hisoblanadi. Kuchsiz xo’jalik ichki nazorati sharoitida 
tuzilgan ichki hujjatlar ishonchli dalil bo’lishi mumkin emas. 
Tashqi hujjatlar auditor mijozida ham, xo’jalik operatsiyasida qatnashuvchi 
boshqa tomonda ham bo’ladi. Bu esa xo’jalik operatsiyasining ikkala ishtirokchisi 
hujjatda mavjud ma’lumotlar va shartlarga bir xil darajada rozi ekanligini 


201 
ko’rsatadi. Shuning uchun tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq 
dalil hisoblanadi. 
Kuzatishlar. Kuzatishlar deganda biz muayyan xatti-harakatlarni baholash 
uchun sezgi a’zolaridan foydalanishni nazarda tutamiz. Butun audit davomida 
turli-tuman ob’ektlar va xatti-harakatlarni baholashda ko’rish, eshitish, hidlash va 
paypaslash a’zolari kabilardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud. 
Masalan, auditor o’z mijozida mavjud vositalar haqida umumiy tasavvur hosil 
qilish uchun, butun zavodni aylanib chiqishi mumkin; u asbob-uskunalar zanglab 
ketmaganini ko’rishi, u qanchalik eskirganini baholashi, buxgalteriya hisobini 
yurituvchi shaxslarni kuzatishi va shu orqali uni aynan shu ish bilan shug’ullanishi 
lozim bo’lgan shaxslar amalga oshirayotganini aniqlashi mumkin. Kamdan-kam 
hollarda kuzatishlarning o’zigina etarli bo’ladi. Dastlabki taassurotlarni turli 
dalillar bilan tasdiqlash ham talab etiladi. Shunday bo’lsa-da, kuzatish – auditning 
foydali qismidir. 
Mijozlarni so’roqqa tutish
. So’roqqa tutish natijasida mijoz auditor 
tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og’zaki ma’lumot beradi. So’rov 
natijasida mijozdan sezilarli hajmda ma’lumot olish mumkin bo’lsa-da, bu 
ma’lumotlarni tugal deb bo’lmaydi, chunki u mustaqil manbadan olinmayapti va 
dalillar mijozning foydasiga buzib ko’rsatilgan bo’lishi ham hech ehtimoldan yiroq 
emas. Shuning uchun auditor so’rov natijasida ma’lumot to’plaganda, boshqa 
usullar vositasida uni yanada mustahkamlovchi dalillar bilan boyitishi zarur. 
Masalan, auditor tizimli buxgalteriya yozuvlarini yuritish, hisoblar bo’yicha 
aylanmalar va saldoni tekshirish uchun mijoz qo’llaydigan usullar haqida 
ma’lumot olish uchun, odatda, avvalo, uning o’zidan xo’jalik ichki nazorat tizimi 
qanday ishlashi haqida so’raydi. So’ngra auditor xo’jalik operatsiyalarini tekshiradi 
va ular rostdan ham aynan unga xabar qilinganidek yo’sinda hisobga olinayotgani 
va nazorat qilinayotganligini aniqlaydi. 
Arifmetik aniqlik
. Arifmetik aniqlikni tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma 
tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma’lumotlarini ko’chirib 


202 
o’tkazishni nazarda tutadi. Hisob-kitoblarni qayta tekshirish mijoz tomonidan 
amalga oshirilgan arifmetik yakunlar va operatsiyalar to’g’riligini aniqlashdan 
iborat. U tovarlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarini sotish bo’yicha 
yukxatlarni to’plash, jurnallar va qo’shimcha buxgalteriya daftarlari yakunlari, 
amortizatsiya va etkazilgan zararlar bo’nagi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish 
kabi operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Axborot uzatishni qayta tekshirish esa, 
masalan, yakka tartibda tarqatishdan iborat. Agar ayni bir summa bir necha joyda 
hisobga olingan bo’lsa, bunday holatda auditor u barcha joyda bir xil ekanligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. Masalan, auditor sotish hajmini debitorlik qarzi bilan 
taqqoslagan holda, sintetik va analitik hisobga olish to’g’riligiga ishonch hosil 
qilish uchun, Bosh kitob bilan uni qiyoslash uchun uncha katta bo’lmagan testlar 
o’tkazadi. Ko’pchilik auditorlar bunday tekshirishni “takroriy operatsiyalar” deb 
ataydilar. 
Analitik amallar
. Analitik amallarni bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi 
va o’zaro bog’liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay 
darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi. Bunday amalga misol 
sifatida o’tgan yil uchun yalpi foydaning foiz qiymati bilan joriy yil uchun yalpi 
foydaning foiz qiymatini solishtirishni zikr etib o’tish mumkin. Ayrim nomoddiy 
aktivlar va hisoblar bo’yicha analitik usullar yagona talab qilinuvchi dalil turi 
bo’lib chiqishi mumkin. Qolgan hisoblarga kelsak, analitik amallar balans va 
boshqa hisobotlar ishonarli ekanligini tasdiqlab turgan hollarda boshqa turdagi 
dalillar hajmini kamaytirish mumkin. Ba’zi hollarda analitik amallardan kelgusi 
tekshirish kerak yoki kerak emasligini belgilash uchun yanada kengroq tadqiq 
qilish zarur bo’lgan hisoblar yoki xo’jalik operatsiyalarini aniqlash uchun ham 
foydalaniladi. Joriy yil uchun umumiy ta’mirlash xarajatlari bilan o’tgan yilgi 
xuddi shunday xarajat ko’rsatkichini taqqoslash va farqni o’rganish bunga misol 
bo’la oladi. Agar farq sezilarli bo’lsa, u holda bunday xarajatlar ortishi yoki 
kamayishi sabablarini aniqlash zarur. 


203 
Analitik amallar uchun foydalaniladigan axborot – bu, odatda, auditorning 
o’zi tomonidan qilingan hisob-kitoblardir. Qaysi hisoblar kelgusi tekshirish talab 
qilmasligi, qaysi sohalarni yanada batafsil o’rganish lozimligini hal etishga 
ko’maklashishi uchun analitik amallarni audit boshida amalga oshirgan maqsadga 
muvofiq sanaladi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish