olimlar va
donishmandlarni lol qoldirib, o‘z ixtirosi — insoniyat tarixida birinchi
avtomatik hisoblash mashinasini yaratish bilan u o‘z fikrini tasdiqlay olgandi.
Bolalikdan matematikaga bo‘lgan qiziqishlari sababli Bebbij Triniti kollejida ham
oxirigacha o‘qiy olmay, undan ketib qoladi. 1814-yildan u matematikaga oid
ta’limni boshqa muassasalarda davom ettira boshlaydi…
Farqlar mashinasi
(2-rasm).
Nihoyat
1822-yilda
qo‘lda
ishlatiladigan
hisoblash
mashinasini
loyihalalashtirishga erishadi. Bebbijning dastlabki
mashinasi juda murakkab
arifmometr bo‘lib, uni «Farqlar mashinasi» deb nomlaydi. Bebbij uni asta
takomillashtira
borib,
nihoyat
mashinaning
loyihasini
shunchalik
murakkablashtiradiki, hatto hozirgi davrda ham bunday apparatni qurish ancha
muammoli ish bo‘lishi mumkin edi… Bebbij ushbu loyihasini oxiriga yetkazmay,
yanada qiziqtirgan boshqa ishlarga chalg‘ib ketadi. Biroq mazkur mashina uning
ixtirochisi tomonidan qurilmagan bo‘lsada, bu sohada
hisoblash texnikasining
kelgusidagi rivoji uchun xizmat qiladigan qimmatli bilimlarni taqdim etgan.
Bebbij yaratgan EHM bugungi kundagi kompyuterlarning barcha asosiy
qismlari: sonlarni saqlash uchun jamlagich, arifmetik qurilma,
mexanizmlar,
operatsiyalar ketma-ketligini boshqargich, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish
qurilmasiga ega edi. Bebbijgacha hech kim bunday universal hisoblagich
yaratmagandi. Hatto bir necha yil avval Blez Paskal yaratgan «arifmometr» ham
mohiyatiga ko‘ra murakkablashtirilgan sodda hisoblagich edi xolos. Shunday qilib,
dastlabki kompyuter 1834-yilda
yaratilgan, unda: yog‘ochdan ishlangan
«diskovod», kartonli perfokartalar, tishli va richagli «protsessor» mavjud edi…
Charlz Bebbijning «analitik» mashinasi — mexanik apparat bo‘lib, hisoblashni
avtomatlashtirishga
mo‘jallangandi.
Mazkur
mashinaning
logarifmik
va
trigonometrik funksiyalari uni universal hisoblash qurilmasi
deb atash imkonini
berardi. Universal hisoblash mashinasi zamonaviy raqamli kompyuterlarimizning
munosib ajdodi edi. Bebbijning yagona mantiqiy sxemasiga asoslangan arifmetik
qurilmasi (uni o‘zi «tegirmon» deb ataydi), xotira registrlari («ombor») va uch
turdagi perfokartalar yordamida amalga oshirilgan kiritish-chiqarish qurilmasidir.
Perfokartalar yordamida mashina qo‘shish, bo‘lish, ko‘paytirish
operatsiyalarini
amalga oshiradi. Perfokartalar ma’lumotlarni arifmetik qurilma xotirasidan uzatish
va aksincha amallarning boshqarilishida qo‘llanilgan. Sonli perfokartalar
ma’lumotlarni mashinaga kiritish va agar xotirasiga joy yetarli bo‘lsa, hisoblash
natijalarini saqlashda qo‘llanilgan.
1843-1849 yillarda Bebbij mazkur mashina chizmalarining to‘liq
jamlanmasini taqdim etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: