Mavzu: Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish


ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari



Download 482,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana10.04.2022
Hajmi482,57 Kb.
#540891
1   2   3   4
Bog'liq
Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish

ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi 
Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini tubdan 
takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o’quv jarayonini 
tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021 yillarda 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori loyihasi 
ishlab chiqildi. 
Hujjat loyihasi
 muhokama uchun chop etildi. 
Mazkur qaror bilan imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
tubdan takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” 1-ilovaga, O’zbekistonda 
inklyuziv (integratsiyalashgan) ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi 
2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ko’zda tutilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarining: 
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital 
ta’mirlash, shu jumladan zaruratga ko’ra yangi o’quv bino va yotoqxona korpuslari 
qurish, o’quv ustaxonalari va laboratoriyalar tashkil etgan holda kengaytirish, sport 
zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini barpo etishni 
Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish; 
- zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan normativlardan kelib 
chiqib, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tibbiyot jihozlari, maxsus texnik va 


yordamchi asbob-uskunalari, shuningdek, o’quv mebeli va anjomlari bilan 
jihozlash xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari 
doirasida kelib tushgan mablag’lar hisobidan amalga oshirish;
- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahrida (keyingi o’rinlarda hududlar) sinov tariqasida bittadan 
umumta’lim maktablarida rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan hamda 
davolanishga va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalar uchun tayanch 
korrektsion sinflar ochish; 
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o’quvchilariga kasbiy 
ta’lim berish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlari hamda mavjud sharoitlardan 
kelib chiqqan holda o’quv-ishlab chiqarish majmualarini muassasaning o’zida 
tashkil etgan holda bitiruvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi 
bo’yicha davlat namunasidagi diplom berish; 
- 2020-2021 o’quv yilidan boshlab psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar 
uchun mo’ljallangan davlat ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o’rta ta’limni 
9 yillik muddatda amalga oshirish; 
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari uchun hududlarda 
(3 ta hududda) o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim dasturlari joriy etilgan 
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini 
tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilishi rejalashtirilgan. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga: 
a) O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni 
saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvardan boshlab 
ixtisoslashtirilgan maktablarga 1 tadan shifokor va hamshira shtat birligini kiritish; 
b) O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qurilish 
vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 
o’quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining 
geografik 
joylashuvidan 
kelib 
chiqqan 
holda 
ixtisoslashtirilgan 
ta’lim 
muassasalarini optimallashtirish hamda imkoniyati cheklangan bolalarning 
moslashishi va integratsiyasi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini 
bosqichma-bosqich maxsus texnik jihozlari bilan ta’minlash bo’yicha Vazirlar 
Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish; 


v) O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi manfaatdor 
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va 
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablar 
uchun tibbiyot jihozlari, maxsus texnik va yordamchi asbob-uskunalar hamda 
boshqa anjomlarni xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar 
grantlari mablag’lari hisobidan xarid qilish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga 
takliflar kiritish; 
g) O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 
tegishli normativ-huquqiy hujjatga bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim 
olayotgan I va II guruh nogironligi bo’lgan bolalarni to’lovlar ozod etishni nazarda 
tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish vazifalari topshirilgan. 
Qaror loyihasida O’zbekistonda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta’limni 2030 
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasining maqsadi O’zbekistonda imkoniyati 
cheklangan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, 
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo’lgan huquqini 
ta’minlashdan iborat. 

Download 482,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish