- da‟vogar talabaning Respublika miqyosidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni amalga oshirish
yuzasidan o„tkazilgan ijtimoiy-siyosiy tanlovlar,
loyihalar, konferensiya va festivallardagi
ishtiroki;
Da‟vogar talabalarning asosiy ko„rsatkichlarini baholash mezonlari Institutning
Talabalar Kengashi
tomonidan ishlab chiqiladi va Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
2.3 Moddiy qo„llab-quvvatlashga da‟vogar ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalar o„z
hujjatlarini
fakultet stipendiya komissiyasiga taqdim etishadi. Ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalar tomonidan
taqdim etilgan hujjatlar stipendiya komissiyasi tomonidan moddiy qo„llab-quvvatlashga
da‟vogar bo„lgan boshqa talabalar hujjatlaridan alohida o„rganib chiqilgan holda moddiy qo„llab-
quvvatlanishga tavsiya etiladi.
III bob. Moddiy qo„llab-quvvatlanadigan da‟vogar talabalarni saralash.
3.1. Har yili semestr yakuniga ko„ra fakultet Talabalar Kengashi negizida – fakultet stipendiya
komissiyasi, Institut Talabalar Kengashi negizida – Institut stipendiya komissiyasi tuziladi.
3.2. Institut rahbaryati tomonidan stipendiya komissiyalari tuzilganligi haqidagi ma‟lumot e‟lon
qilingan kundan boshlab, da‟vogar talabalar fakultet stipendiya komissiyasiga moddiy
qo„llab-quvvatlash ko„rsatilishini so„rab ariza bilan murojat qilishi
hamda tegishli hujjatlar
yig„ma jildini komissiyaga topshirish huquqiga ega.
3.3. Fakultet stipendiya kommisiyasi 3 ish kuni davomida talabalardan arizalarni va tegishli
hujjatlar yig„ma jildini qabul qiladi va shu muddat ichida saralab (Nizom talablariga mos
kelmagan holda talabgor arizasini rad etib) Institut stipendiya komissiyasiga taqdim etadi.
3.4. Institut stipendiya komissiyasi 3 ish kunida fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan
hujjatlarni o„rganib chiqqan holda moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya
etiladigan talabalar
ro„yxatini ishlab chiqadi va komissiya bayonnomasi bilan birgalikda Institut rektoriga taqdim
etadi. Institut stipendiya komissiyasi fakultet stipendiya komissiyalaridan kelgan hujjatlarni
o„rganish jarayonida Nizom talablariga javob bermaydi deb baholangan talabgorlarning arizasini
rad etish huquqiga ega.
3.5. Institut stipendiya komissiyasi moddiy qo„llab-quvvatlashga talabgor talabalar haqida
mustaqil ma‟lumotlar yig„ish va bu ma‟lumotlarni talabgor arizasini ko„rib
chiqish jarayonida
inobatga olish huquqiga ega.
3.6. Talabalarni moddiy qo„llab-quvvatlash Institut stipendiya komissiyasining yakuniy
bayonnomasi va moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxati asosida
Institut rektori tomonidan chiqarilgan buyruq asosida amalga oshiriladi.
3.7. Institut stipendiya komissiyasining moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar
ro„yxati Institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, OAV larida e‟lon
qilingandan
so„ng talabgorlar ichidan moddiy qo„llab-quvvatlashga tavsiya etiladigan talabalar ro„yxatidan
va komissiya(lar) faoliyatidan norozilar shikoyat arizasi 1 ish kunida Institut stipendiya
komisiyasi tomonidan ko„rib chiqiladi. Shikoyat xatining qanotlantirilishi yoki
qanotlantirilmasligi shikoyatchi talabgor ishtrokida Institut stipendiya komissiyasi a‟zolari
tomonidan o„sha ish kunining o„zidayoq ko„rib chiqiladi.
3.8. Jismoniy jihatdan nogironligi va chin yetimligi sababli davlat tomonidan moddiy ko‟mak
olmaydigan talabalarga moddiy qo‟llab-quvvatlanish belgilananishi uchun Fakultet yoshlar bilan
ishlash bo‟yicha dekan o‟rinbosari tavsiyanoma berishi mumkin. Ushbu moddiy qo‟llab-
quvvatlanish Institut stipendiya komissiyasi tomonidan ko‟rib chiqiladi va belgilanadi.