Toshkent 2021
2020-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion
rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari
qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati
shu mavzuga bagʻishlandi.
Maʼlumki, joriy yil 5-oktyabrda Prezidentimiz tomonidan milliy pochta
tizimini isloh qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi
oʻtkazilgan edi. Unda davlatimiz rahbari mazkur yoʻnalishni
rivojlantirish
va
barqarorligini
taʼminlash
yuzasidan
soha
mutaxassislariga muhim vazifa va topshiriqlar belgilab bergan edi.
Qolaversa, pochta sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
masalalari ham tadbir kun tartibidan oʻrin olgan edi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim shartlaridan biri – bu
sohalarni raqamlashtirish hisoblanadi. Bu oʻz navbatida, pochta sohasiga
ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etishni taqozo etadi.
Davra suhbatida pochta aloqasi sohasida tizimli islohotlarni amalga
oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining
Umumjahon pochta ittifoqi
dalolatnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlari soʻzsiz bajarilishini
taʼminlash boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining axboroti tinglandi.
Taʼkidlanidek, bugungi kunda pochta aloqasi
bozorida kuchli raqobatli
muhit vujudga kelgan. Pochta va kuryerlik xizmatlari 575 ta mahalliy
xususiy kompaniya va xalqaro darajadagi yirik kompaniyalar tomonidan
koʻrsatib kelinmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, mazkur korxonalar
tomonidan 2019-yilda 260,0 milliard soʻmlik pochta va kuryerlik
xizmatlari taqdim etilgan.
Toshkent 2021
Tadbir davomida tizimdagi kamchilik
hamda muammolarga ham
toʻxtalib oʻtildi. Xususan, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tizimida
mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod
boʻlinma boʻlib, ularda 7 ming nafar xodim faoliyat yuritishi lekin yillar
davomida sohaga eʼtibor berilmagani sababli pochta xizmatining oʻrni
pasayib ketgani aytib oʻtildi.
Jumladan, soʻnggi oʻn besh yilda 1 ming
300 ta pochta boʻlinmasi yopilgan. Oʻtgan yili xorijdan kelgan 6 ming
tonna joʻnatmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining 30 foizi
milliy pochta hissasiga toʻgʻri kelgan xolos.
Pochta sohasi istiqboliga xizmat qiladigan qonunchiligimizni
takomillashtirish masalalari ham ishtirokchilar eʼtiborida boʻldi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi pochta sohasida asosiy xalqaro
shartnomalarga qoʻshilgan va amaliyotda ularning normalarini qoʻllab
kelmokda. Qolaversa, Oʻzbekiston ushbu yunalishda
ikki tomonlama
davlatlararo hamkorlikni muntazam ravishda rivojlantirib kelmoqda.
“Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari
sonini 2 barobarga oshirish;
b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha:
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va
mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini
beruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: