Asosiy qismda
o‘quvchilarni qiziqishini shakllanish uchun maqsad va
vazifalarni to‘g‘ri qo‘yish katta ahamiyatga ega. Bunda mashg‘ulot rahbarining
so‘zlaridan olinadigan bilim va amaliy ko‘nikmalarining muhimligini va kerakligini
o‘quvchi his etishi kerak.
Mashg‘ulot rahbari o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikma tayangan xolda
tushunarli, ishonchli shaklda yangi materiallarni bayon etib, o‘quv materiallarining
usul va harakatlarini elementlar bo‘yicha yoki to‘laligicha aniq, tartibli ko‘rsatish
orqali tushuntiradi.
Mashg‘ulot rahbari tomonidan safdagi usul va boshqa amaliy harakatlarni
namunali tarzda ko‘rsatish ta’limning eng samarali usuli sifatida o‘zini oqlagan.
Amaliy harakatlarni o‘rganishda odatda quyidagi tartib qo‘llaniladi:
1. O‘rganilayotgan usul va harakatlarni qoida va tartiblarini bajarilishini
tushuntirish bilan bir vaqtning o‘zida ta’lim oluvchining erishishi kerak bo‘lgan
harakat me’yorlarini mashg‘ulot rahbari tomonidan namuna ko‘rsatilishi;
2. Bajarilayotgan mashq va harakatlarni elementlarga bo‘lib, ularni
sekinlashtirilgan holda ko‘rsatish;
3. Ta’lim oluvchilarga ko‘rsatilayotgan mashq va harakat elementlarini, avval
sekin, so‘ng me’yordagi tezlikda bajartirib ularni anglab olishlariga imkon yaratish va
mashq sinovlariga o‘tish.
4. Alohida elementlarni umumiy harakatga sekin-asta qo‘shish va ko‘nikma
xosil qilish maqsadida ko‘p marta takrorlash va berilgan me’yorgacha yyetkazish.
Ta’lim berilishining boshlanishida ko‘nikma haqida to‘g‘ri tasavvur
yaratilmasdan turib, to‘g‘ri ko‘nikma xosil qilib bo‘lmaydi. Mashg‘ulot rahbari
tomonidan namunali harakatni ko‘rsatilishi o‘quvchini intilishi kerak bo‘lgan namuna
bo‘lib hisoblanadi. Bayon etishni o‘quvchiga yanada tanish va yanada aniq bo‘lgan
materiallardan, asta-sekin uni murakkablashtirib, mavhum tushunchalarga o‘tgan
xolda boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tushuntirishni soddadan murakkabga, xususiydan umumiyga (individual uslub)
yoki aksincha, avval hodisa tushunchasini berib, so‘ng esa uni asoslab, sabab va
natijalar bilan bog‘liqligini ochib tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amaliyotda
ikki usulni bir darsda, ya’ni o‘quv materialini qismlarga bo‘lib, birini induksiya
usulidan foydalangan xolda muvaffaqiyatli olib borish, boshqasini esa deduktiv
uslubni qo‘llagan xolda tatbiq qilish mumkin.
O‘quv materialini qismlarga bo‘lib bayon etib, avval bayon etilgan materiallarni
aytilayotgan qoidalar bilan bog‘lanishi, fanning ichki va fanlararo bog‘liqliklarni
hisobga olgan xolda keyingi o‘quv materialining qismiga asos bo‘lib xizmat qilishi
uchun uning tuzilishidagi mantiqiylikka qaratish lozim.
Bayon etilgan materiallarni o‘quvchilar to‘la o‘zlashtirishlari uchun ba’zi bir
qoidalarga og‘ishmay amal qilish zaruriy shartlardan hisoblanib, bular quyidagilardan
iborat:
– umumiy va ortiqcha fikrlashlardan qochish, fikrni aniq va lo‘nda ifoda etish;
– kirish so‘zi, uzun gaplarni, ehtiyojsiz ergashgan qo‘shma gaplar va
sifatdoshlarni ishlatmaslik;
11
– imkon boricha murakkab atamani sodda tushuncha bilan, chet tilidagi so‘zlarni
esa ona tili so‘zi bilan almashtirish;
– o‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan so‘zlar va tushunchalarni sinf yozma
taxtasiga (nazariy mashg‘ulotlarda) yozib chiqish;
– materialni tartib bilan bayon etganda, ularni alohida elementlarga bo‘lish;
–darslarda o‘quvchilarning diqqat- e’tibori va faoliyatini oshirishga kirishish.
Qoidalarning oxirgisini esda tutib unga doimiy rioya qilish shart bo‘ladi. Agar
o‘quvchilar dars jarayonida faol bo‘lishmasa ko‘pchilik mashg‘ulot rahbarlarining
ta’sir etish vositalari ularni chuqur va mustahkam bilimlar bilan ta’minlay olmaydi.
Darslarda o‘quvchilarning doimiy e’tiboriga erishish uchun o‘rgatilayotgan
o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otib va muntazam ravishda ushlab turiladi.
Ma’lumki, qiziqishni butun dars mobaynida ushlab turishdan ko‘ra,
o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish yengilroq kechadi. O‘quvchilarni qiziqtirish, ongli
faoliyatini faollashtirish, butun dars mobaynida mavzuga bo‘lgan qiziqishni saqlab
qolish vazifasi turlicha hal qilinadi. Bu mashg‘ulot rahbarining individual
xususiyatlari, uning tayyorgarlik darajasi hamda pedagogik tajribasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Darsda o‘quv materialini bayon etishda o‘quvchilarga savollar bilan murojaat
etib turish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot rahbari tomonidan savol berib qolinishi
ehtimoli borligi uchun o‘quvchilar uni diqqat bilan eshitadilar.
O‘quvchilarning javobi o‘quv materialini qanchalik o‘zlashtirib olganliklarini
darajasini bildirib turadi va xulosalar qilishlariga imkon beriladi.
O‘quv materialini og‘zaki bayon etishda nafaqat nutq madaniyati tilning sofligi,
ehtiyojsiz ishlatiladigan ortiqcha so‘zlarning yo‘qligi, (“aytiladi”, “anaqa”, “demak”,
“kerak bo‘lsa”, qisqasi, diqqat-diqqat so‘zini tez-tez takrorlash va x.) balki buyruq
berishga xos bo‘lgan ixchamlik, aniqlik, to‘g‘rilik, ifodalilik ham muhim hisoblanadi.
Bularning hammasiga mashq qilish orqali erishiladi va mashg‘ulot rahbarining
doimiy mehnatining natijasi hisoblanadi.
Darsni qiziq olib borish qobiliyati tez o‘zlashtirilib olinmaydi, faqatgina o‘quv
materialini bilish buning uchun kamlik qiladi. Ayrim hollarda o‘quvchilarning
darslardan chalg‘ishiga sabab bo‘lib tushuntirishlarni quruq so‘z bilan bir xil
ohangda, zerikarli olib boriladi.
Odatda, bunday o‘qituvchining mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni o‘zlashtirishi
yuqori bo‘lmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun mashg‘ulot rahbari og‘zaki bayon
etish uslubini yaxshi bilishi va muntazam ravishda nutq madaniyatini
takomillashtirishi kerak.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darslarining samaradorligini
oshirish uchun mashg‘ulot rahbarining odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi, yurish-turishi,
so‘zlashi va muomala madaniyati, o‘quv materialini chuqur bilishi, usul va
harakatlarni namunali darajada bajara olishi kabi individual xususiyatlari, fazilat va
xislatlari katta ahamiyatga ega.
12
Ozodalik, saranjomlik, ixcham va chaqqonlik, topqirlik, uddaburonlik,
shuningdek O‘R QK nizomi bilan belgilangan harbiy kiyim-bosh kiyish mashg‘ulot
rahbariga bo‘lgan majburiy talablardandir.
Darsning
Do'stlaringiz bilan baham: |