Ma’lumotlarni uzatish tizimlarida ko‘plab turli XIL texnologiyalar


WLANni qurish tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari



Download 3,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/116
Sana09.04.2022
Hajmi3,41 Mb.
#539127
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
Bog'liq
1-1611

 
WLANni qurish tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
WLAN tarmog‘i uzellar orasidagi aloqa va ma’lumotlarni 
uzatish uchun kabelli liniyalarni emas, balki yuqori chastotali 
radioto‘lqinlarni ishlatadigan lokal hisoblash tarmog‘i (LAN) 
hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni uzatish tez moslashuvchan tizimi 
bo‘lib, u bitta bino ichida yoki ma’lum hudud chegaralarida kabelli 
lokal tarmoqqa kengaytirish yoki muqobil sifatida qo‘llaniladi va 


147 
alohida binolarga bog‘liq bo‘lmagan tarmoq va Internetga ulanishni 
ta’minlaydi. WLAN tarmog‘i foydalanuvchilarga tarmoqqa ulangan 
xolda korxona yoki tashkilot hududi bo‘ylab harakatlanishga imkon 
beradi. 
WLAN uchun tarmoqni kengaytirish va rekonfiguratsiyalash 
murakkab masala hisoblanmaydi. Foydalanuvchilar qurilmalarini 
ularga simsiz tarmoq adapterlarini o‘rnatish bilan tarmoqqa 
integratsiyalash mumkin. Moslashuvchan mijozlar va tarmoq 
qurilmalarining har xil turlari o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. 
Simsiz lokal tarmoqni qurish kabelli tarmoqni qurishga 
qaraganda oddiy, har ikkala turlardagi tarmoqlarni ma’murlashtirish 
bir-birlaridan deyarli farq qilmaydi. WLAN tarmog‘ining mijozlar 
echimi Plug-and-Play tamoyili asosida qurilgan, u kompyuterlar oddiy 
bir darajali tarmoqqa (peer-to-peer) ulanishini ko‘zda tutadi.
Radiochastotalarning ishlash masofasi, ayniqsa, binolarning 
ichida qurilmaning xarakteristiklariga (shu jumladan, uzatkichning 
quvvatiga), qabullagichning konstruksiyasiga, halaqitbardoshlikka va 
signalning o‘tish yo‘liga bog‘liq. Radioto‘lqinlarning binoning odiy 
ob’ektlari, masalan devorlari, metall konstruksiyalari va hatto 
insonlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi signalning tarqalishi masofasiga 
ta’sir qilishi va shunday tarzda aniq bir tizimning ishlash zonasini 
o‘zgartirishi mumkin. 
Simsiz 
tarmoqlar 
radiochastotalarni 
ishlatadi, 
chunki 
radioto‘lqinlar devorlar va to‘siqlar orqali binoning ichiga kiradi. 
Ko‘plab WLAN tizimlarining qamrab olish sohasi yoki diapazoni 
uchraydigan to‘siqlar soni va turiga bog‘liq ravishda 160 metrlarga 
etadi. Qo‘shimcha ulanish nuqtalari yordamida ishlash zonasini 
kengaytirish va bu bilan harakatlanish erkinligini ta’minlash mumkin. 
WLAN tarmoqlari yuqori ishonchlilikka ega, chunki simsiz 
texnologiya ildizlari bilan mudofaa sanoatiga ketgan va shuning uchun 
simsiz qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash ishlanmalarning 
boshlanishida qo‘yilgan. Shu sababga ko‘ra simsiz tarmoqlar kabelli 
tarmoqlarga qaraganda ishonchliroq. 
WLAN tarmoqlarida Direct Sequence Spread Spectrum (DSSS) 
texnologiyasi ishlatiladi, u ma’lumotlarni buzilishiga, halaqitlarga, shu 
jumladan atayin halaqitlarga va aniqlanishiga yuqori barqarorlik bilan
farqlanadi. 
Bundan 
tashqari, 
simsiz 
tarmoqning 
barcha 
foydalanuvchilari tizim identifikatori bo‘yicha autentifikatsiyalashdan 
o‘tadi, bu ma’lumotlarga ruxsat etilmagan ulanishni oldini oladi. 


148 
Juda zaif ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanuvchilar Wired 
Equivalent Privacy (WEP) rejimini ishlatishi mumkin, bunda signal 
qo‘shimcha algoritm bilan shifrlanadi, ma’lumotlar esa elektron kalit 
yordamida nazorat qilinadi. Umuman aytganda, alohida uzellarda 
tarmoq trafigiga ulanishdan oldin o‘z xavfsizlik choralari ko‘rilishi 
kerak. 
802.11b 
spetsifikatsiya 
bo‘yicha ishlaydigan WLAN 
tarmoqlarida tarmoqning yuqoriroq ishonchliligini ta’minlash uchun 
foydalanuvchini autentifikatsiyalash bilan birga 40-bitli va 128-bitli 
shifrlash algoritmlari qo‘llanilishi mumkin. Atayin va atayin 
bo‘lmagan trafikni qo‘lga kiritish deyarli mumkin emas. 
WLAN tarmoqlarida ulanish nuqtasi ko‘zd tutiladi, u kabelli va 
simsiz tarmoqlarni bog‘laydi va simsiz tarmoq abonentlariga kabelli 
tarmoq resurslariga ulanishni olishiga imkon beradi. Foydalanuvchilar 
sotali telefon yordamida tarmoqqa ulanganidagi kabi tarmoq bilan 
bog‘lanishni yo‘qotmasdan ulanish nuqtalari orasida harakatlanishi 
mumkin. Boshqacha aytganda, ulanish nuqtasi dasturiy-apparatli 
qurilma bo‘lib, u simsiz tarmoq mijozi uchun konsentrator rolini 
bajaradi va kabelli tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi. 
Tarmoqdagi foydalanuvchilar soni deyarli cheklanmagan va uni 
yangi ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan oshirish mumkin. Turli 
chastotalarga (kanallarga) sozlangan bir-birlarini qoplaydigan ulanish 
nuqtalari yordamida simsiz tarmoqni bitta zonadagi foydalanuvchilar 
sonini oshirilishi hisobiga kengaytirish mumkin. O‘zaro halaqitlarni 
hosil qiladigan bir-birlarini qoplaydigan kanallar bir vaqtda uchtadan 
ortiq bo‘lmagan o‘rnatilishi mumkin va ular tarmoq foydalanuvchilari 
sonini uch martaga oshiradi. Shunday tarzda binoning turli nuqtalarida 
ulanish nuqtalarini o‘rnatish bilan simsiz tarmoqni kengaytirish 
mumkin. Bu umumiy foydalanuvchilar sonini oshiradi va ularga bino 
yoki tashkilot hududi bo‘yicha harakatlanish imkoniyatini beradi. 
Bitta ulanish nuqtasi bir vaqtda ta’minlaydigan foydalanuvchilar 
soni, birinchi navbatda, trafikning yuklanganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
WLAN tarmoqlaridan o‘tkazish polosasi foydalanuvchilar orasida 
kabelli tarmoqdagi kabi bo‘linadi. Foydalanuvchilar sonidan kelib 
chiqib, tarmoqning unumdorligi foydalanuvchi bajaradigan vazifalar 
turiga ham bog‘liq bo‘ladi. 

Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish