145
Nazorat savollari
1. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va qo‘llanilishi
sohalarini
keltiring.
2. Bir yo‘nalishli radioreleli aloqaning tuzilish sxemasini keltiring va
tushuntiring.
3. RRL oxirgi, oraliq va tugun stansiyalarining tuzilish sxemalarini
keltiring va tushuntiring.
4. SYATlar qanday tasniflanadi va qanday asosiy ko‘rsatkichlari
mavjud?
5. ESY
qaysi
orbitalarda
ishlatiladi
va
ularning
asosiy
xarakateristikalarini keltiring.
6. Qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa deganda nima tushuniladi?
7. Harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli aloqani tushuntiring.
8. VSAT tizimi deganda nima tushuniladi?
9. Sun’iy yo‘ldosh navigatsiya qanday tashkil etiladi?
146
4- Bob. SIMSIZ KENG POLOSALI ULANISH
TEXNOLOGIYALARI
4.1. Wi-Fi (IEEE 802.11) standarti
Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan
kelib
chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin
muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash
ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli
tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network)
simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori
chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda
tutiladigan
IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g
varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish
tezliklari bilan farqlanadi [2,19,20].
Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999
yilda
802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz
aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi
korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha
tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki
kabelni yotqizilishini
talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining
imkoniyatlar
korporativ
foydalanuvchilarni
oddiy
tarmoqqa
bilashtirishga qaraganda ancha keng. Shuning uchun
bu texnologiyani
qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari -
aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda
tezkor ulanish
nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan
foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga
bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi.
Wi-Fi texnologiyasi yordamida
xuddi ajratilgan liniya
yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. Yagona
farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda
ishlash bilan birga erkin harakatlanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: