Yorugʻlik
Yorugʻlik — inson koʻzi sezadigan
(tebranish chastotasi 4,0YU14—7,5YU14
Gs) elektromagnit toʻlqinlar. Bu
vakuumdz. toʻlqin uzunligi ~ 400 Nm dan
~ 760 Nm gacha boʻlgan toʻlqinlar
uzunligiga moye keladi. Spektrning
infrakizil nurlanish va ultrabinafsha
nurlanish sohalari ham Yorugʻlik deb
ataladi. Spektrning infraqizil nurlanish
sohasi bilan rentgen nurlari orasida
keskin chegara yoʻq. Turli yoritqichlar
(Quyosh, yulduzlar, elektr lampochkalar
va boshqa) Yorugʻlik chiqaradi. Yorugʻlik
toʻlqin xossaga hamda korpuskulyar
xossaga ega. Baʼzi hodisalar (difraksiya,
interferensiya, qutblanish)da
Yorugʻlikning toʻlqin xossasi, boshqa
hodisalar (fotoeffekt, lyuminessensiya,
atom va molekulalar spektrlari)da
korpuskulyar xossasi namoyon boʻladi.
Yorugʻlikning toʻlqin xossasini toʻlqinlar
nazariyasi, korpuskulyar xossasini kvant
nazariya tavsiflab beradi; har ikkala
xossasi birbirini toʻldiradi. Yorugʻlikning
korpuskulyar nazariyasini I. Nyuton,
toʻlqin nazariyasini X. Gyuygens, kvant
nazariyasini A. Eynshteyn ishlab chiqqan.
Yorugʻlik qonuniyatlari optikayaa
oʻrganiladi. Yorugʻlik bosimi, yaʼni
mexanik taʼsiri borligini J. K. Maksvell
nazariy isbotlagan. Yorugʻlikning issiqlik,
elektr, fotokimyoviy va b. taʼsirlari mavjud.
Baʼzi qoʻngʻizlar, oʻsimliklar, elementlar
ham oʻzidan Yorugʻlik chiqaradi.
Yorugʻlik birliklari — Yorugʻlik kuchi,
yoritilganlik, ravshanlik, Yorugʻlik oqimi va
b. yoruglik kattaliklari birliklari. Xalqaro
birliklar tizimit Yorugʻlik kuchi birligi
sifatida kandela ishlatiladi. Yorugʻlik
oqimi birligi qilib lyumen qabul qilingan.
Sirtning yoritilishi sirtga tushayotgan
Yorugʻlik oqimi, yaʼni Yorugʻlik kvanti
zichligi bilan aniqlanadi. 1 sm2 sirtga
tushayotgan 1 lyumen Yorugʻlik oqimi fot
(f) bilan ifodalanadi. Fot bilan bir qatorda
radfot (radiatsiya) ishlatiladi. Ravshanlik
sirtga tik tushayotgan Yorugʻlik kuchi
bilan oʻlchanadi; ravshanlik birligi — stilb
(sb). Fotometriyada Yorugʻlik energiyasi
joul, Yorugʻlik oqimi vattlar bilan
oʻlchanadi. Yorugʻlik bosimi —
Yorugʻlikning uni qaytaruvchi va yutuvchi
jismlarga, zarralarga, shuningdek, ayrim
molekula va atomlarga koʻrsatadigan
taʼsiri. Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni
birinchi marta 1619 yilda I. Kepler
kometa dumlarining Quyosh yaqinidan
uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish
uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K.
Maksvell elektromagnit nazariya asosida
Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab
chikdi. U eng kuchli Yorugʻlik manbalari
(Quyosh, elektr yey) uchun ham juda
kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u
yonaki hodisalar (konveksion toklar,
radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi.
Shu sababli, Yorugʻlik bosimini sof holda
oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta
1899 yilda P. N. Lebedev tajribada
anikdagan. Uning olgan natijalari J. K.
Maksvellning hisoblashlariga moye
kelgan edi. U Yorugʻlikning gazlarga
beradigan bosimini oʻlchash
mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli
yulduzlar Yorugʻlik bosimi taʼsirida paydo
buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit
nazariyaga kura, jism sirtiga tik tushuvchi
yassi elektromagnit toʻlqin yuzaga
keltiruvchi bosim elektromagnit
energiyaning sirt yaqinidagi zichligi i ga
teng . Ushbu energiya jismga tushuvchi
va undan qaytuvchi toʻlqinlar
energiyasidan tashkil topadi. Agar jism
sirtining 1 sm2 ga tushuvchi
elektromagnit toʻlqin quvvati Q erg/sm2s,
qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda
sirt yaqinida energiya zichligi
u=Q(h+R)/c. Bundan Yorugʻlikning jism
sirtiga bosimi P=Q(h+R)/c boʻladi.
Yorugʻlik bosimi koʻlamlari birbiridan
jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom
sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo
boʻlishi bilan Yorugʻlik bosimidan turli
sohalarda foydalanish imkoni keskin
kengaydi (qarang Kompton effekti,
Myossbauer effekti va b
.). Yorugʻlik
vektori (Yorugʻlik maydon nazariyasida)
— Yorugʻlik energiyasining kattaligini va
koʻchirilish yoʻnalishini aniklab beruvchi
Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan
vektor. U fotometriyada amaliy
ahamiyatga ega, uning yordamida
Yorugʻlikning hajm zichligi, Yorugʻlik
oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi
va b. aniklanadi. Yorugʻlik kvanti — foton
energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish
bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant
tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank
isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra,
Yorugʻlik moddaning atom,
molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida
emas, balki aniq miqdordagi ayrim
ulushlar tarzida chiqadi va ularga
shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu
ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini
shu nazariyaga asoslanib tushuntirish
mumkin. Kvant mexanika qonunlari ham
shu nazariyaga asoslangan. Yorugʻlik
kuchi — koʻrinuvchi nurlanish manbaining
muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini
ifodalaydigan Yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik
manbaidan fazoviy burchak birligi O.da
tarqalayotgan Yorugʻlik oqimi F ni
ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi
SIda kandela (kd) Yorugʻlik kuchi oʻlchov
birligi deb qabul qilingan. Yorugʻlik
kuchini aniqlash yoritish texnikasida
(uyjoylarni yoritish), tibbiyotda (yorugʻlik
bilan davolash), i. t. ishlarida amaliy
ahamiyatga ega. Yorugʻlik oqimi.
Yorugʻlik energiyasini sezishda, tabiiyki,
koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson
koʻzining turli rangdagi Yorugʻlikni sezish
qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun
biror sirt orqali oʻtayotgan Yorugʻlikning
toʻlqin energiyasi emas, balki bu Yorugʻlik
energiyasining bevosita koʻzga taʼsir etib
koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi
ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi
ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan
baholanadigan yorugʻlik energiyasi
Yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni F= W/t,
bunda F — Yorugʻlik oqimi; t — Yorugʻlik
tushayotgan vaqt oraligʻi; W — sirt orqali
oʻtayotgan, yaʼni fazoviy burchak O. da
tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasi. Agar
W — nuqtaviy manbadan barcha
yoʻnalishlar boʻyicha tarqalayotgan
Yorugʻlik energiyasini ifodalasa, F — toʻla
Yorugʻlik oqimini bildiradi. Yorugʻlik
oqimining oʻlchov birligi qilib lyumen (lm)
qabul qilingan. U Yorugʻlik kuchi 1 qd
boʻlgan manbaning fazoviy burchak 1 sr
da hosil qiladigan Yorugʻlik oqimini
ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yorugʻlik
energiyasi — inson koʻzi sezadigan
elektromagnit toʻlqinlar energiyasi qismi.
U Yorugʻlik oqimining yoritish
davomliligiga koʻpaytmasiga teng.
Yorugʻlik energiyasi birligi — lyumen x
xsekund (lms).
[1]
Yorugʻlikning quyidagi xossalari ajratib
koʻrsatiladi:
Intensivlik
Chastota
Qutblanish
Yorugʻlik muammolari bilan fizikaning
optika boʻlimi shugʻullanadi.
Yorugʻlik tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: |