sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so„roq qilish psixologiyasini
o„rganishdan to„plangan tajriba keyingi tergov jarayoni uchun kerak bo„ladi. Ko„pgina
xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda boshqalarning tajribalarini
Lekin, shunday bo„lsa ham, har holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan
yetarli asoslangan bo„lmaydi, boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan
ajralib turmaydi.
Kasbiy psixologiya fani o„rganishi kerak bo„lgan qonuniyatlarni quyidagi uch guruhga
1) ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita bog„liq
3) ichki ishlar idoralariga har xil sabablar bilan murojaat qiladigan fuqarolarning
psixologiyasini o„rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar. Hozirgi kunda o„zbek
Kasbiy psixologiyaning o„ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday usulda
o„tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab etadi. Masalan:
subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning birlamchiligi,
70
psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik hodisalarning o„ziga xos
bog„liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o„rganishda obyektivlik prinsipi, nazariya bilan
amaliyotning bog„liqligi prinsipi.
Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi psixika moddiy
bo„lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni
o„rganishda biz psixik faoliyatning ko„plab tashqi ko„rinishlariga duch kelamiz. Ulardan
asosiylari:
– og„zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o„zi (shaxsiy hisobot
ma‟lumotlari) haqidagi mulohazalari g„oyat muhim hisoblanadi.
Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar
haqida xulosaga kelish mumkin;
– shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o„z qo„llari bilan yasagan
buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma‟lumot beradi;
– psixik faoliyatning tashqi ko„rinish va tanada namoyon bo„lishi. Bu ko„z qarashining
ma‟nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o„zgarishi, miya
elektr faolligining o„zgarishi va hokazo. Shuni ham ta‟kidlab o„tish zarurki, bunday holatda
faqat psixikaning tashqi namoyon bo„lishigina emas, balki psixikaning o„zi tashqi namoyon
bo„lishiga qarab ham o„zgaradi. Agar tergovchi yoki aybdor masalan, so„z yozishda xatoga yo„l
qo„ydi. Ushbu faktni aniqlash (bir harf o„rniga boshqa harf yozilgan)dan avval xatoning
sabablarini bilish lozim.
Psixikani tashqi namoyon bo„lish shakli orqali o„rganish vositali bilish deyiladi.
Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o„rganishning asosiy metodi sifatida
o„z-o„zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz o„z ichki
dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o„z-o„zini kuzatish metodi o„ta qulay
tuyuladi.
Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o„z-o„zini kuzatish ko„pincha
umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini
noto„g„ri ko„rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o„rin tutishi prinsipi inson psixikasining
mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko„ra,
psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o„rganish mumkin emas.
Psixik hodisalarning o„zaro bog„liqlik prinsipi bizning ichki dunyomiz yagona, bir
butun ekanligidan, ma‟lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan shaxslarga xos miyaning
mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning
psixikasini o„rganishning o„zi asosiy maqsad bo„lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda
71
biror psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta‟sirini hisobga
olish lozim bo„ladi.
Psixik faoliyatni o„rganishda obyektivlik prinsipi boshqa tekshiruvchilar qatori
psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o„rganishni, real holatni ifodalamaydigan
shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo„l qo„ymaslikni talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bog„liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun asos
ekanligini, u o„z qobig„iga o„ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo„nalishlar
ko„rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo„llaniladi va ular har bir aniq
psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining o„ziga xos ilmiy o„rganish metodlari mavjud. Psixologiya
fanini ilmiy o„rganish metodlari («metod» grekcha so„z bo„lib, «biror narsaga borish yo„li»
degan ma‟noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to„g„risidagi
bilimlarni egallashda qo„llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va
ularning yig„indisidir.
Kasbiy psixologiya yurisprudensiya va psixologiya sohasining obyektiv qonuniyatlarini
o„rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o„zining maqsadi va
yo„nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko„ra sud psixologiyasi metodi ko„yidagi
uch guruhga bo„linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: