3.1.KASBIY PSIXOLOGIYANING QONUNIYATLARI, METODLARI VA
PRINSIPLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni o„rganadi va ularni
amalda qo„llash bo„yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi
sabab bilan natijaning ichki bog„liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri
ma‟lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo„lishidir. Psixologik
qonuniyatlarni bilish –muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko„ra olish va ularni
qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning
ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko„rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini
belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda
xatoga yo„l qo„ymasliklarida yordam beradi.
Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib
chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o„rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik
qonuniyatlar umumiy va juz‟iy bo„lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga
yoki ko„pchilikka aloqador bo„lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning
intensivligi (tez, jadal) qo„zg„atuvchining kuchiga nisbatan (o„rtacha kuchiga nisbatan)
logarifma mutanosibligida o„sib boradi.
Juz‟iy qonuniyatlar ba‟zi yoshdagi kasb egalari va ba‟zi toifadagi shaxslarga xos
qonuniyatlardir. Masalan, o„smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma
shaxslarga emas, faqat o„smirlarga xos bo„lgan juz‟iy qonuniyatdir. Psixologik
qonuniyatlarni jiddiy o„ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar
orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo„lishidan qat‟i nazar, ko„pgina psixologik
tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga
oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‟zi asosiy bosqichlarga ham bo„lish mumkin.
1. Masalaning qo„yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib
boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo„lgan
masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda qanchalik o„rganilganligini bilish uchun
mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o„rganishdan boshlanadi.
2. Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu metodlar
haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko„p
jihatdan metodni tanlashga bog„liq bo„ladi.
69
3. Aniq ma‟lumotlarni to„plash. Ma‟lumotlar, I. P. Pavlov ta‟biri bilan aytganda, olim
uchun go„yo havodek zarur narsadir. To„plangan ma‟lumotlar o„rganilayotgan muammoga
mos kelishi zarur. Ilmiy ma‟lumotlarga bo„lgan asosiy talab – ularning to„liq va izchil
bo„lishidir.
To„plangan ma‟lumotlar o„rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
4. Aniq ma‟lumotlarni ishlash. To„plangan ma‟lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan
ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy materiallardan ajratish
imkonini beradi. Bunda to„plangan materiallarning o„rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va
h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid ma‟lumotlar jadvallarga joylashtiriladi,
grafik, diagramma ko„rinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma‟lumotlarni
aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo„llanadi.
5. Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas‟uliyatli bosqichi
hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma‟lumotlarning mohiyatini chuqur tushunish, ularning
o„zaro bog„liqlikni hisobga olish kerak bo„ladi, binobarin, bitta ma‟lumotdan turlicha
xulosa chiqarish mumkin. Ko„pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo„lib,
keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |