Tadbirkorning javobgarligi
– bu tadbirkor xatti-harakatining bel-
gilangan qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi
yuzasidan javob berish majburiyati.
Tadbirkorning javobgarligi mulkiy (moddiy), ma’muriy, jinoiy va ax-
loqiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Huquqbuzarlik subyektiga ko‘ra javobgarlik yakka tartibdagi, guruhiy
yoki jamoaviy ko‘rinishlarga ajralishi mumkin. Yakka tartibdagi javobgar-
likka tadbirkorlik faoliyati sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi
uchun alohida jismoniy shaxs, guruhiy javobgarlikka – jismoniy shaxslar
guruhi, jamoaviy javobgarlikka – yuridik shaxslar ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |