haLoL raQoBaTLaShUv
Boshqa tadbirkorlar bilan raqobatlashganda faqat uning ruxsat etilgan
(halol raqobat) turlaridan foydalanilishi, ayni paytda, iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya eti-
lishi lozim. O‘z raqiblarini qo‘rqitish, ularning tijorat yoki sanoat sirlarini
o‘g‘irlashga harakat qilish, mol-mulkiga qasddan ziyon yetkazish, raqo-
batchilarni sindirish uchun demping narx, ya’ni mahsulotni o‘z tannarxidan
past bo‘lgan narxda sotish kabi usullar nohalol (g‘irrom) raqobat turla-
ri hisoblanadi. Bunday raqobatlashuvning keng yoyilishi iqtisodiyotdagi
barqarorlikning buzilishiga, jamiyatda esa jinoyatchilikning kengayishiga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |