Bolalarda vatanga muhabbat hissini shakllantirish. O`zlari yashayotgan shahar qishloq, mahalla,
ko`cha haqida ma`lumot berish. Ularning nomi bilan bog`liq tavsilotlarini izohlash. Tevarak –atrofdagi
yodgorliklar, tarixiy obidalar bilan tanishtirish. O`zbek xalqining og`zaki ijodi namunalari asosida
bolalar qalbida o`z millatiga mehr-muhabbat, milliy iftixor tuyg`ularini uyg`otish.
Vatanimizdagi tarixiy yodgorliklar aks ettirilgan minatyuralar, rangli ramzlar va albomlar bilan
tanishtirish. Vatanni tanish va o`lkashunoslikka oid quyidagi o`yinlar o`ynashga o`rgatish tavsiya etiladi
. “Shahar, shahar”, “Shahar bo`ylab sayohat”, “Bu kimning bayrog`i”, “Toshkentdan (Buxorodan)
mehmon”, “Nima qayerda o`sadi?” “Oila”, “Qovuningizni poyla”. Bolalarning so`z boyligini oshirish.
Bolalar lug`atidagi so`zlarni faollashtirish, qisqa-qisqa qiziqarli savollar berib, gapirtirishga undash.
Jumladan bolalarga “Bog`ingizda qanday daraxtlar bor?” , “Polizda nimalar o`sadi?” , “Ko`chada qanday
mashinalar yuradi?”, “Hovlimizda qaysi gullar o`sadi?” kabi savollar bilan murojaat qilish kerak.
Bolalarda nutqning gramatik jihatdan shakllanishini ta`minlash. Ularning nutqini tovush tempini
shakllantirish. Bolalarning nutq tovushlarini o`zaro bir-biridan farqlagan holda to`g`ri talaffus etishlarini
ta`minlash. Bolalarda so`zlardagi har bir nutq tovushini alohida va boshqa tovushlar bilan birgalikda
talaffus qila olish malakasini shakllantirish.
Bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini o`stirish. Bolalarning 10 gacha sanash
malakasini mustahlamlash. “Nechta” , “Nechanchi”, kabi savollariga to`g`ri javob berishga o`rgatish. 5
gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan 2 ta songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan: “Senda 5
ta olma bor, 2 tasini ukangga berding, o`zingda nechta qoldi?” – degan savol bilan murojaat qilish.
5 ichida barmoq, sanoq cho`pi va buyumlar yordamida qo`shish va ayirishni o`rgatish. Bolalarda
hafta kunlarining ketma-ketligini aytishga o`rgatish. Bolalarning mantiqiy tafakkurini o`stirish
maqsadida didaktik o`yinlar va mashqlar tavsiya etiladi. “Yetadimi?”, “Ko`p oz, shuncha”,
“Munchoqlarni ipga tizing”, “Poyezd tuzing”, “Zina poya”, “O`z soningizni eslab qoling”, “Darvozadan
o`ting”, “Boshqa qo`limda nechta”, “Jim”, “Qaysi biri haq”, “Bir-biriga qarab”, “Kim ziyrakroq”.
Bolalarning iqtisodga oid tushunchalarni kengaytirish. Ijtimoiy turmushga bosqichma-bosqich
moslashishni ta`minlash maqsadida bolalarga dastlabki iqtisodiy tushunchalarni o`rgatish, ularga zaruriy
va hayotiy ehtiyojlar, jumladan, kiyinish, ovqatlanish va o`yinga doir hamda yashash uchun zaruriy
shart-sharoitlar yaratishga oid harakatlar haqida tushuncha berish.
Bozor, do`kon, sotuvchi xaridor haqida tushuncha berish. Pul ular orasidagi asosiy muamola
vositasi ekanligini anglatish. Sotuvchi va xaridor o`rtasidagi muamola madaniyati haqida tushuncha
berish, bozor vado`konlarning turlari )oziq-ovqat, kiyim-kechak, o`yinchoqlar, xo`jalik mollari kabi)
haqida dastlabki tushuncha berish.
Bolalarning pul haqidagi tasavvurini rivojlantirish. Pul sotuvchi va xaridor o`rtasidagi muamola
vositasi ekanligi, pulni tejamli sarflash zarurligini tushuntirish. Savdo qilishni o`rgatish.
Bolalarga tevarak – olam va tabiat hodisalari haqida ma`lumot berish. Yer, osmon, oy, yulduzlar,
havo, suv, bulut, yog`ingarchilik, tuman,, shamol, chaqmoq, momoqoldiroq kabi tabiat hodisalari haqida
tasavvur hosil qilish.
Jonli tabiat o`simlik va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishtirish.
Manzarali daraxt (tol, terak, chinor, tut, qayrag`och, archa) mevali daraxtlar (olma, o`rik, shaftoli
va boshqalar) dala o`simliklari (paxta, piyoz, lavlagi, kungaboqar, buyg`doy va boshqalar) buta
o`simliklari (na`matak, malina, maymunjon) kabi nomlarini va ularni o`zaro farqlashga o`rgatish.
Bolalarda tabiat go`zalligidan zavq olish tuyg`usini tarbiyalash. O`simliklarga ziyon yetkazmaslik
(daraxt shoxlarini sindirmaslik, o`t-o`lanlarni bosmaslik, atrof muhitni iflos qilmaslik kabilar)ni ongiga
singdirish. Uy hayvonlari bilan yaqindan tanishtirish. Ularni parvarish qilishga o`rgatish. Yovvoyi
hayvonlar (hayvonot bog`iga sayr qilish, rasmlar, multfilmlar va boshqa teleko`rsatuvlar tomosha qilish
yordamida) bilan tanishtirish, hayvonlarning (maymun, yo`lbars, sher, bo`ri, tulki, fil, olmoxon, kiyik,
bug`I kabilarning) nomlarini aytishga o`rgatish.
Bolalarning qushlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Qushlarning yashash tarzi, o`troq
qushlar, ayrim qushlarning (qaldirg`och, laylak, turna va boshqalar) bahorda uchib kelishi, kuzda issiq
o`lkalarga uchib ketishi. Qarg`aning kuzda kelishi va bahorda ketishi haqida ma`lumot berish.
Yo`l harakati qoidalari, yo`lovchilar uchun ko`rsatilgan joylardan yo`lni kesib o`tish, yerdagi
transportlar, suv transporti(kema, paraxod) hamda havo transporti (samolyot, vertalot) ular harakatining
bir-biriga nisbatan tez yoki sekinligi to`g`risida tushuncha berish.
Bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik mehnati natijasidan qoniqish sifatlarini shakllantirish.
Bolalarni muntazam ravishda uy-ro`zg`or ishlariga jalb qilish. Qiladigan ishlarni rejalashtirishga o`z
faoliyatini nazorat qilishga, topshririlgan ishni sidqidildan va sifatli bajarishga o`rgatish. Mehnat
qurollarini ehtiyotlab saqlashga o`rgatish.
Bolalarda maqsad sari intilish, intizomlilik, saranjom-sarishtalik kabi fazifalarni shakllantirish,
foydalangan buyumlarni toza va saranjom tutishga o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish. Ularda o`z
jinsiga taaluqli bo`lgan mehnat turini payqash madaniyatini shakllantirish. Birovlarning eslatishlarsiz