62
Ko’kaldosh madrasasi XVI asr. Madrasa binosi 1523 yili Baroqxon (Navro’z Ahmadxon)ning
o’rtancha o’g’li Darveshxonning vaziri Ko’kaldosh tomonidan an’anaviy
me’morlik uslubida qurilgan. Ko’kaldosh madrasasi O’zbekistondagi eng
noyob me’moriy obidalar turkumiga kiradi. Madrasa Markaziy Osiyo
mamlakatlarida, ayniqsa, Movarounnahr hududida ma’rifat va
ma’naviyatning yuksalishida, iymon va e’tiqodning xalq orasida
shakllanishida, din va davlat arboblari, shoiru yozuvchilar, olimu fozillarni
112
tayyorlashda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan maskandir. Hozir ham
O’zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli Islom o’rta-maxsus bilim yurti
sifatida o’zining tom vazifasini ado etib kelmoqda.
63