Mullo Bozor
Oxund (Mulla
qirgiz) maqbarasi
XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi
yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni Turkistonning ilmu fan
markazi bo’lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar madrasada o’qish bilan
birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta’lim olib, u zotdan
irshod xatini - pirning yorlig’ini olgach, Buxorodan chiqib, O’rta va Yaqin
Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo’tan, Yorkent va
boshqa shaharlarida bo’lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz,
jo’g’rofiya, ilmi hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi
egallagan yirik olim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |