G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif.
G’arbiy Yevropada feodalizm
jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV
asrlar) va feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar).
Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi o`rtasida keskin tabaqalanish
ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib,
feodalizm munosabatlari shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - "Sali
haqiqati", 481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari himoya
qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik
ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar
feodalizmdan oldingi Frank kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank dehqoni
Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura ekanligini, ya'ni krepostnoylik
munosabatlari endigina shakllana boshlaganligini qayd etgan edi. "Sali haqiqati" sinfiy
differensiatsiyani ko`rsatdi.
Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga oid dastlabki "Villalar
to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi qonun bo`lib (IX asr boshi), unda feodal yer
egaligi va krepostnoylik himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to`g`risida gap yo`q. Bu
hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari to`g`risida gapiriladi.
Natural xo`jalikka asoslanganligi tufayli obrokning mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham
natura shaklida bo`lishi, turli kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha
mahsulotni chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi. Demak, o`z-o`zini ta'minlash birinchi
o`ringa qo`yilgan.
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko`p olimlarni qiziqtiradi. Yerga monopoliya
egaligi va dehqonlarni majbur qilish apparatining paydo bo`lishi hal qiluvchi rolni o`ynagan. Axir
inson tug`ilgandan ozod bo`ladiku! Natural xo`jalik yetakchi bo`lsa ham, tovar ishlab chiqarish
ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab
chiqarish almashuv va sotish uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni
uyushtirish, xalfa yollash, o`quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta bo`lish uchun
ancha yuqori mulk tsenzi qo`yilgan.
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka ega edi, avvalo keng
mehnat taqsimoti bo`lgan (bu ishning tez va sifatli bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi.
Bunda masalan, uy qurilsa, g`ishtni alohida sex ko`targan, suvoqchi, tom yopuvchi va hokazolar
alohida ish yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat bor), agar ish sifatsiz bo`lsa, keyingi
buyurtma boshqa sexga berilgan (umuman, sanoat rivoji muhim uch bosqichni bosib o`tadi: uy
hunarmandchiligi, sex-manufaktura, fabrika).
Klassik o`rta asr davridagi iqtisodiy g`oyalar kanonik, ya'ni qonuniy doktrinalar asosida rivoj
topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko`rsatdilar. XII asrning o`rtalarida
boloniyalik monax-rohib Grotsian "Kanonik huquqlar to`plami"ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy
g`oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab (e'tibor bering, xususiy mulk
emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan odamlarning gunohlari uchun vu-judga keltirilgan,
degan g`oyani ilgari surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma'qul bo`lgan
faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo`rlik, ayniqsa, foyda olish
uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g`oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g`oyasi asosida xudo tomonidan belgilangan "adolatli baho"
to`g`risidagi ta'limot yotadi. Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta'limotida iqtisodiy
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
g`oyalar ma'lum tartibga solingan. U o`zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda
u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e'lon qiladi,
lekin xususiy mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o`z toifasi, tabaqasiga mos
ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural xo`jalik hukmron)
ravishda davlat o`z-o`zini ta'minlash g`oyasini qo`llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy
e'tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun'iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik
(savdo, sudxo`rlik) harom deb hisoblangan. Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa
"adolatli baho" masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig`indisidan iborat
deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat yemirilishi mumkin, degan to`g`ri
xulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz olish "adolatli baho" bo`yicha almashuvni buzadi, shu
sababdan yirik savdo va sudxo`rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy "adolatli baho"
masalasini foydalar, to`g`rirog`i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni subektiv vaqt deb
baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o`tsa,
bu holda buyumni o`zining haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo`ladi. Shu bilan
birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo`shimcha baho,
shu buyumdan xoli bo`lgan ziyonni qoplaydi.
F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar qilib
ko`rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o`z haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat
beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to`lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan "beg`araz sovg`a"
deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo`yab ko`rsatadi va renta yer egasiga
o`z qo`l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to`lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan
cherkov (yeri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi.
Bunday iqtisodiy g`oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga
keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiy qarashlar sinfiy xarakterga ega bo`lgan,
yuqori tabaqalarning faoliyatini ma'qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham
kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Munser (1524-1525) rahbarligida
dehqonlar qo`zg`oloni bo`lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab
etganlar. Shu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to`g`risidagi g`oya
buzilganligini ko`rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shohona hayot kechirayotganiga qarshi
chiqdi.
Shu davrda feodalizm yo`lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi.
IX asrda tashkil topgan qadimgi Rus davlati - Kiyev Rusida chop etilgan "Русская правда"
qonunlar to`plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiy differensiatsiyasi,
yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar,
sudxo`rlar, qarzdorlarni noo`rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma'lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro`y berdi (13 ga yaqin alohida
knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab
ijtimoiy-siyosiy kurash publitsistik tus oldi. O`shanday publitsistlardan biri Yermolay edi, monax
- rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay Erazm o`z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va
yirik savdo hamda sudxo`rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim
bayramdagidek hayotini tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya'ni dvoryan)
odamlarga berish kerak, degan to`g`ri g`oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga
bo`ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatan ham
Ivan Grozniy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya'ni boyarlarni) yo`q qilish uchun kurash
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga
aylandi.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Yermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik manbayi degan qoida
yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o`ringa qo`yadi va ularning iqtisodiy
ahvolini yaxshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo, u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul
majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo`lishi va hosilning
beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar
zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to`g`risida qayg`ursada, tovar
munosabatlari rivojiga qarshi bo`lgan, ya'ni o`zi o`ziga qarshi edi, chunki u erkin boy savdogarlar
savdosi tarafdori edi. Ye.Erazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek qo`yadi,
degan noto`g`ri fikrda bo`lgan.
XVI asrning o`rtalarida yaratilgan "Domostroy" asarida shaharliklarning faoliyatiga oid
qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hokimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat
qoidalari keltiriladi. Ko`pgina maslahatlar ichida xo`jalik yuritish, savdo, soliq to`lash qoidalari
bor. Asarda ro’y bergan sotsial-iqtisodiy o`zgarishlar, boy shaharlik psixologiyasi o`z aksini
topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-sotiq)lar qatori, mahsulotlarni ko`plab zahira qilish
(zapas) kerakligi (natural xo`jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o`rganish, xo`jalikni
boshqarish, mehnat va shaxsiy tashabbus rag`batlantiriladi. Rossiyada XVII-XVIII asrning
boshlarida yirik o`zgarishlar ro`y berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo`la
boshladi.
G’arbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko`riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari
muomala sohasiga kam e'tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo`shilmadilar. Ular mamlakat
ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq
xo`jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g`oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taxm. 1605-
1680), Yu.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |