M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Axboriy publitsistika bo‘yicha



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Axboriy publitsistika bo‘yicha
reyting topshiriqlari
1. Ijtim oiy axborot degan atamaning та ’nosini ayting.
2. A xboriy publitsistikaning asosini sanab bering.
3. Ijtim oiy axborot ja m iya t sinflarga bo ‘lingach hamda yakka
hukmronlik
davrida kimlarga xizmat qilgan?
4. Axboriy publitsistika qachon erkin fa o liya t ко ‘rsata oladi?
5. Axboriy publitsistikaning asosiy bosh vazifasini ayting.
6. A xboriy publitsistika janrlarin i sharhlang.
7. Lavha, intervyu, hisobot kabi jurnalistika jan rlari axborot
publitsistika tarkibiga kiradimi? Ularning о ‘ziga xos xususiyatlarini
ayting.
Axboriy publitsistika bo‘yicha
nazorat savollari
1. Jam iyat uchun ja m iy a t haqidagi xabarlar, m a ’lumotlarni qaysi
axborot tarqatadi?
2. Ijtimoiy axborot qachondan boshlab fo y d a orttirish manbaiga
aylandi?
175


3. Axboriy publitsistikaning ijtimoiy vazifalarini hali jurnalistika
shakllanmagan davrda qaysi vositalar bajargan?
4. A xboriy publitsistikaning adabiyot va s a n ’atdan fa rq li tomonini
ayting.
5. A xborot (xabar), kengaytirilgan xabar, reportaj janrlarini izohlab
bering.
8.1. Xabar
Xabar axboriy publitsistikaning asosiy, bosh janri hisoblanadi. 
Axborotning asosiy vazifasi - jam iyatda yuz berayotgan voqea va 
hodisalar haqida o ‘quvchilar (tinglovchilar, tomosha qiluvchilar)ga xabar 
berish, m aiu m o t yetkazishdir. Axborot jam iyat hayotining ijtimoiy- 
siyosiy, iqtisodiy ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotning barcha 
qirralarini qamrab oladi. Jamiyat hayotini, inson ijtimoiy faoliyatining 
axborotda aks etmaydigan birorta ham sohasi y o ‘q. Yuqoriroqda aytib 
o‘tganimizdek, 
axborotning 
tarixi 
insoniyatning 
dunyoga 
kelishi, 
odamlarning o ‘zaro muloqoti, til va yozuvning paydo b o iish i bilan 
boshlangan. Jurnalistika-ijtimoiy axborot uchun eng muhim maydon, kanal 
hisoblanadi. Jumalistikagacha b o ig a n davrda axborot maxsus xabarchilar, 
jarchilar orqali tarqatilganligi m aium . Jumalistikaning paydo boiishiga 
esa axborot, odamlarning axborotga b o ig an
ehtiyoji sabab bo ig an . Axborot jumalistikaning tarixiy taraqqiyoti 
davrida uning asosiy janri b o iib kelgan. Bu janr jurnalistikaga uning bosh 
ijtimoiy vazifasi - tasvirlash, xabardor etish vazifasini bajarishda xizmat 
qiladi. Shuni aytish kerakki, axborot janri jumalistikaning turli tarixiy 
k o ‘rinishlaridan turlicha o ‘rin olib kelgan. Avtoritor jurnalistika garchi bu 
janrni jumalistikada qoilashni 
boshlab 
bergan 
boisa-da, undan 
foydalanish m aiu m darajada cheklangan holda b o ig an . Chunki bu 
jumalistikada uning homiysi b o ig a n hukmdorlaming manfaatlariga zid 
axborotlarning bosilishiga y o ‘1 qo‘yilmagan. Erkin dunyo jumalistikasida 
axborot janri asosiy o'rin tutib, keng qoilan ilib kelinadi. Ammo bu xil 
jumalistikada iqtisodiy foyda olish uchun ba’zan bu janrni suiiste’mol 
qilish, “shov-shuv”larga keng o ‘rin berish hollari ham uchraydi. Y a’ni,
176


unda bu janrdan keragidan ortiq darajada foydalaniladi. Bunga qarama- 
qarshi ravishda kommunistik jurnalistikada esa axborot cheklangan b o iib , 
undan yakka g‘oya hokimligi y o iid a foydalanib kelmgan. Faqat chmakam 
demokratik jurnalistikadagina axborot janri keng, har taraflama o ‘rin olishi 
mumkin.
Insoniyat, jamiyat yuqori darajadagi texnik taraqqiyotga erishgan 
hozirgi davrga kelib axborot janri yanada rivojlandi va u gazeta, jurnal, 
radio, televideniyedan tashqari axborot agentliklari va intemetda ham bosh 
o ‘rinni egallab kelmoqda. XXI asrni axborot asri deb aytish mumkin.
Axborot janrining asosida birinchi o ‘rinda fakt turadi. Fakt lotincha 
“faktum” so‘zidan olingan b o iib , qilingan ish degan m a’noni bildiradi. 
Axborotnmg asosida haqiqatdan ham b o iib o ‘tgan voqea, hodisa turadi, 
lekin har qanday fakt voqea va hodisa ham axborot uchun asos b o i a
olmaydi. Avvalo bu faktning ijtimoiy ahamiyati, y a’ni, jam iyat uchun, shu 
kun, shu davr uchun kerak-nokerakligi muhim ahamiyatga ega. 
Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy 
hayotiga taalluqli, o‘z mohiyati bilan kerakli, tipik b o ig a n fakt, voqea va 
hodisagina axborot uchun asos b o ia oladi. Bunda ana shu fakt, voqea va 
hodisaning yangiligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yangilik -ilgari 
m aiu m boim agan, endigina yuz bergan voqea, hodisadir. Bunday voqea 
va hodisaning haqiqatdan ham b o iib o ‘tganligi - fakt hisoblanadi.
Jamiyat yoki dunyoda endigina yuz bergan o ‘zining ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy ahamiyati bilan ko‘pchilikda 
qiziqish uyg‘otuvchi voqea va hodisa, fakt yoki faktlar y ig in d isi yangilik 
hisoblanadi. Bu faktlar albatta tekshirilgan, aniq b o iish i shart. Bunday 
voqea va hodisaning haqiqatdan ham b o iib o ‘tganligi fakt hisoblanadi. 
Shu boisdan axborotnmg ishonchli b o iish i ham muhim ahamiyatga ega. 
Jumalistikaning asosiy tamoyillaridan biri haqqoniylik boiganiday unda 
bosiladigan, e io n etiladigan, ko‘rsatiladigan har qanday voqea va hodisa, 
keltirilgan faktlar haqqoniy b o iish i shart. Axborot janriga qo ‘yiiadigan 
talablardan biri uning auditoriya— o'quvchilar, eshituvchilar, k o‘ruvchi!ar 
uchun tushunarli boiishidir. Aniq faktlarga asoslangan va tushunarli 
b o ig a n axborotgina o ‘z ijtimoiy vazifasini bajara oladi. Aksincha, 
tekshirilmagan faktlar ustiga qurilgan, pala-partish, tushunarsiz axborot
177


jumalistikaning faoliyatiga putur yetkazadi. Biror voqea va hodisani 
kechikib, eskirtirib berilishi jurnalistika ijtimoiy vazifasining bajarilishiga 
monelik qiladi. Elektron texnika yuqori darajada taraqqiy etgan hozirgi 
davrda dunyoda yuz berayotgan voqea va hodisalarning o‘sha joyning 
o ‘zida, o ‘sha paytda bevosita efirga uzatilishi, televideniyeda to‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri olib berilishi, jumalistikada tezkorlik bilan yoritilishi maqsadga 
muvofiqdir. Axborot hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalarning 
tafsilotini o ‘rganishda ilm-fanda qoilaniladigan uslubga tayanadi. Y a’ni, 
mazkur fakt, voqea hodisaning mohiyatini ochib berishda mantiqiy 
mulohaza unga asos b o iib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda axborot 
hayot voqealarini aks ettirishda asosan so'zdan (radioda tovushdan, 
televideniyeda so‘z va tasvir birlashmasidan, fotoxabarda esa fotosuratdan) 
foydalanadi. Shu nuqtai nazardan axborotda adabiy ijod, san’at elementlari 
ham ishtirok etadi. Ammo u - sof badiiy, san’at janri boim asdan, ijodning 
o ‘ziga xos ko'rinishi b o im ish publitsistik tasvirga, xabardor etishga 
asoslanadi. Chunki axborotda publitsistik ruh, tasvir birinchi o ‘rinda 
turadi. Publitsistikaning boshqa janrlari kabi axborot ham jamoatchilik 
fikriga yangi fakt, voqea, hodisa tafsiloti, yangi fikr yetkazadi va uni 
uyg‘otadi. Bu axborotning bosh xususiyatidir. Jamoatchilik fikrini 
uyg‘otmaydigan 
qumq, 
yuzaki 
axborot jumalistikaning 
ijtimoiy 
vazifalarining 
bajarilishiga 
to ‘sqinlik 
qiladi. 
Axborot jurnalistika 
tamoyillarini ham o ‘zida aks ettiradi va umuminsoniy, xalqchil, milliy, 
haqqoniy b o iis h i shart. Hozirga kelib jahon jurnalistikasi yuksak darajada 
taraqqiy etib, axborot y ig‘ish va tarqatishning umumjahon bozori paydo 
bo id i Bu esa axborot janri oldiga raqobatbardoshlik talabini ham q o ‘yadi. 
Bunda axborotning yangiligi, 
solm ogi. 
dolzarbligi, 
haqqoniyligi, 
tezkorligi asosiy ahamiyat kasb etadi. Axborot janri jurnalistika, ommaviy 
axborot vositalarining barcha ko‘rmishlarida — gazeta, jurnal, radio, 
televideniye va internetda asosiy o‘rin egallaydi. Dunyodagi axborot 
agent!lklari ommaviy axborot vositalarini axborot bilan ta’minlab turadi. 
Axborot qaysi ommaviy axborot vositasida beritishiga qarab alohida 
xususiyat kasb etadi. Masalan, gazeta va jurnal axhoroti, radio axboroti, 
televideniyedagi axboriy ko'rsatuvlar, internetdagi saydlar bunga misol 
b o iad i. Axborot janri jurnalistika, ommaviy axborot vositalarining barcha.
178


ko ‘rinishlarida — gazeta, jurnal, radio, televideniye va internetda asosiy 
o‘rin egallaydi. Dunyodagi axborot agentliklari ommaviy axborot 
vositalarini axborot bilan ta ’minlab turadi. Axborot qaysi ommaviy 
axborot vositasida berilishiga qarab alohida xususiyat kasb etadi. Masai an, 
gazeta va jurnal axboroti, radio axboroti, televideniyedagi axboriy 
ko ‘rsatuvlar, internetdagi saydlar bunga misol bo iad i.
Axborot janri ijtimoiy hayotni yoritish nuqtai nazaridan turli xillarga 
bo ‘linib ketadi. Avvalo axborotlar ichki va tashqi axborotlarga boiinadi. 
Ichki axborotlar mamlakatning (yoki o ‘sha jurnalistika janri chiqadigan 
hududning) ichki voqealari haqida b o isa , tashqi axborotlar mamlakat 
tashqarisida yuz bergan voqealar haqidadir. Ichki axborotlar jurnalistika 
nashri muxbirlari tomonidan tayyorlansa, tashqi axborotlar boshqa 
jurnalistika nashrlaridan, axborot agentliklarvdan, shu nashming chef 
eldagi muxbirlaridan (agar bor b o isa ) olinadi. Hozirgi davrga kelib tashqi 
axborotlarni bevosita intemetdan ham olish mumkin. Axborotlar shu bilan 
birgalikda rasmiy va norasmiy (oddiy, kundalik) axborotlarga ham 
boiinadi. Rasmiy axborotlar odatda rasmiy idoralar tomonidan va axborot 
agentliklari orqali beriladi. Norasmiy axborotlar esa muxbirlaming 
materiallari, tahririyatga kelgan xatlar, jurnalistika materiallari asosida 
tayyorlanadi. Axborotlar shu bilan birgalikda kichik (qisqa) va 
kengaytirilgan axborotlarga ham boiinadi. Qisqa axborotlarda hayotdan 
olingan fakt, voqea va hodisalarning eng asosiy mohiyati haqida qisqa 
shaklda xabar beriladi. Bunday axborotlar gazetalarda sarlavhasiz yoki 
“Yangiliklar”, 
“Shu 
kunning 
xabarlari”, 
“Olamda 
nima 
gap?” , 
“Respublikamiz hayotidan” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. Radio 
yoki televideniye orqali esa “Yangiliklar”, “Xabarlar”, “Axborot” ruknlari 
ostida ko‘rsatiladi. Rossiya televideniyesi tomonidan berib boriladigan 
“Вести” (“Xabarlar”), “Новости” (“Yangiliklar”), “Время” (“Vaqt”) kabi 
axborot ko‘rsatuvlari shular jumlasidandir. Mazkur axborotlar ommaviy 
axborot vositalarining qaysi hududda chiqishiga qarab “Viloyat xabarlari”, 
“Tumanimizda” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. 

Kengaytirilgan xabarlar esa fakt, voqea v a; hodisalarning asosiy 
mohiyati bilan bir qatorda uning muhim tafsilotlarini ham o ‘zida aks
179


ettiradi. Bunday xabarlar o ‘ziga tegishli sarlavha bilan beriladi. Radio va 
televideniyeda ham bunday xabarlarga keng vaqt ajratiladi.
Xabarlar shu bilan birgalikda tematik yoki notematik bo iish i 
mumkin. Tematik xabarlar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasi haqida 
axborot beradi. Bunday axborotlar gazetalarda “Viloyatlardan daraklar”, 
“Madaniyat xabarlari”, “Tibbiyot yangiliklari”, singari ruknlar ostida 
beriladi.
’ Notematik xabarlar esa bir necha mavzuga bag‘ishlangan b o iish i 
mumkin. Bunday xabarlar “Har sohadan bir shingil”, “Kecha va bugun” va 
boshqa rubrikalar ostida berilishi mumkin.
Xabarlar ijobiy va tanqidiy b o iish i ham mumkin. Ijobiy xabarlar 
yuqoridagi kabi ko‘rinishlarda b o isa , tanqidiy xabarlar “Tahririyatga 
xatlar”, “Luqma”, “Tashvishli signal” singari ruknlar ostida beriladi. 
Ayrim gazeta va jum allarda har bir xabarga, shu jumladan tanqidiy 
xabarga mos keladigan alohida rukn ham berilishi mumkin. Hajviy 
jurnallarda esa bir necha hajviy (tanqidiy) xabarlar umumiy rukni ostida 
bosilishi ham mumkin.
Axborotning tili va uslubi ham o ‘ziga xos b o iib , hayotdagi fakt, 
voqea va hodisalar haqida qisqa, lo ‘nda, yorqin va tushunarli tilda yozilishi 
lozim. Unda uzundan uzoq jumlalar, fikr-mulohazalar, noaniq fikrlarning 
bo iish i aslo mumkin emas. Shuningdek, axborotda ortiqcha o ‘xshatish, 
mubolag‘a va boshqa adabiy vositalar ishlatilmaydi. Ayrim obrazli 
iboralar, badiiy-ijodiy so‘zlar faqat juda zarur hollardagina (masalan hajviy 
axborotlarda) ishlatilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari uchun axborot olish manbalari xilma-xil. 
Avvalo - ijtimoiy-siyosiy hayot, rasmiy idoralar, iqtisodiy-ishlab chiqarish 
korxonalari va tashkilotlari, madaniyat muassasalari axborot olish manbai 
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda o‘tkaziladigan jurnalistika anjumanlari, 
rasmiy majlislar, idoralarning jimialistika xizmati tomonidan tarqatiladigan 
axborotlar ham muhim rol o ‘ynaydi. Axboriy agentliklaming axborotlari 
ham bu o ‘rinda asosiy manba hisoblanadi. Shuningdek, internet va boshqa 
jurnalistika nashrlari ham axborotni kengroq olinishiga xizmat qiladi. 
Tahririyatga kelgan xatlar, jamoatchi muxbirlarning materiallari ham 
axborot uchun qimmatli manbadir.
180


Xulosa qilib aytganda, axborot janri jurnalistikani hayot bilan b o g ia b
turuvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Quyida axborotning ayrim turlariga doir misollar keltiramiz:
Rasmiy axborot. 
,

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish