xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish
fkalari, metallurgiya va metalga ishlov berish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish
majmuini tashkil etadi.
Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori
juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha
ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi
ancha
tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy
elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden
bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt,
mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen,
tellur va boshqa, baʼzan qimmati
jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish
fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan
holda flotatsiya usulida boyitiladi.
Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida
20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho
metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram,
molibden, simob va boshqalar)
konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz,
Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak,
Zarmitan,
Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon,
Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat
miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi.
Respublika rang metallar ishlab chiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga
chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin
qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (qarang
Oltin sanoati
). Mis, qoʻrgʻoshin —
pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron —
Olmaliq konsanoat hududida
QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida
shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan
Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining
yirik korxonasi Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga
chidamli metallar k-ti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va
Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis
rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden
quymasi 1956 yil olingan, 1957 yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi.
Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq)
elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash
sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996 yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula
qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan
quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari
qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston
metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober
metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari —
yengil qotishmalar,
magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida
keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi
natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda.