Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 
12 
Hindlarning merosiga oid barcha holatlarda Peterburgdagi Angliya elchisi, Tashqi ishlar vazirligi 
va Turkiston geniral gubernatorligi xodimidan yordam so’rab, ularning vakili sifatida ish yuritgan. 
Buxoroda vafot etgan hindlarning merosi Buxorodagi rus elchixonasi yordamida xal etilgan [10, B. 232]. 
Turkistonning Rossiyaga qo’shilishi O’rta Osiyodagi hindlarning faoliyati uchun qulay shart-
sharoit yaratgan. Feodal tarqoqlikning o’rnini bosadigan, hind muxojirlarining manfaatlariga tula javob 
beradigan, shaxsiy huquq va boyliklarning kafolati ularning mintaqadagi iqtisodiy hayotini havfsizroq qildi. 
Turkistonning Rossiyaga qo’shilishi hindlar va boshqa musulmon bo’lmaganlarga qo’yilgan cheklovlar 
asta sekinlik bilan yuq bo’lishiga olib keldi. SHu sababdan ham hindlar ruslarning O’rta Osiyoga kelishini 
mamnuniyat bilan kutib olgan va O’rta Osiyoning bosib olinishiga xayrixoxlik ko’rsatgan. 1868 yilgi 
Samarqanddagi qo’zg’olon vaqtida ularning aksariyati ruslarga xayrihoh bo’lgan. Ayrim hindlar 
Turkistonni ruslar istilo qilish vaqtida rus qo’shiniga bevosita yordam bergan. 1866 yil hindistonlik Matra 
Bay Tilliya, Rus qo’shinini 1873 yilgi Xivaga yurishida yana bir hindistonlik Nukra Bush qatnashgan [7, B. 
27]. 
Hindistonlik muhojirlarning ruslarga nisbatan iliq munosabati keyinchalik ham davom etgan. 
Ba’zan ular hind gazetalari orqali Rossiya va O’rta Osiyo halqlarining munosabatlari haqida ma’lumot 
tarqatishga harakat qilgan. O’rta Osiyodagi hind muxojirlari Hindiston xalqlarining keng qatlami orasida 
Rossiyaning obro’sini mustahkamlashda muhim rol o’ynagan [13, B. 8]. 
Buxoro xonligida hindlar juda ko’p bo’lganligi sababli mahalliy aholi orasida tinimsiz nazorat olib 
borilib, ularning faoliyati va davomat miqdori ustidan nazoratni hindlarning yasavul deb nomlangan 
maxsus vakili amalga oshirgan. Dastlab hindlar vafot etgandan so’ng ularning mol mulklari merosxo’rlarga 
berilmagan, aksincha amir xazinasiga yuborilgan. Shuning uchun kasal bulgan hindlar o’zini ko’rgani 
kelgan qarindoshiga yashirincha pullarini berib yuborishga harakat qilgan. Buxoro amirligidagi hindlarning 
musulmon bo’lmagan qismini o’z dinlariga ochiq e’tiqod qilishi cheklangan, ular ibodatxonalar 
qurolmagan, diniy marosimlarini tashkillashtira olmagan. Buxorodagi hindlar ham sigirga etiqod qilgan. 
Turkistondagi hindlarga yana bir qator cheklovlar mavjud bo’lgan. Maslan, maxsus belgilangan joylardan 
boshqa joylarda yurishi, shahar ichida otda yurishi, musulmon ayollarga uylanishi, mahalliy aholidan qul 
olishi. XIX asrning 70 yillarida Turkiston iqtisodiyotida hindlar boshqa xalqlarga nisbatan alohida 
mavqeyga ega bo’lgan. Ularning katta qismi sudxo’rlik bilan shug’ullangan. Turkiston general gubernatori 
Kaufmon hindlarning sudxurlik bilan shug’ullanishini cheklaydigan bir qator qarorlar chiqargan. Mulkdor 
hindlarning mavqeyini pasaytirish maqsadida hindlar tomonidan sotib olingan er, mulklarini majburiy 
sotish to’g’risida qaror chiqarilgan. O’z hohishi bilan erlarini sotmagan hindlar ma’muriy tartibda 
majburlangan, erlarni sotib pulini hindlarga bergan. Qishloq joylardagi hindlarga tegishli erlarning ham 
pulini to’lab hindlardan olib quyish holatlari ham uchrab turgan. Dastlab hind sudxo’rlariga nisbatan 
ma’muriy cheklovlar vaqtincha bo’lgan bo’lsa, 1886 yil Rossiya davlat kengashi tomonidan ma’qullanib 
qonun maqomiga ega bo’ldi. Natijada hindlarning sudxo’rlik bilan shug’ullanishi qiyinlashdi [5,S.96-97]. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish