O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

 
Mustaqil ish topshiriqlari
.
 
1.
Ochiq yuza suv havzalarining sanitariya muhofaza mintaqalari.
2.
Ochiq yuza suv havzalarida markazlashgan vodoprovod. 
3 Ukrainalik olimlar oqova suvlarni tozalashning qanday usulini ishlab chiqqan? 
4.Oqova suvlarni tozalashning biologik usuli nimaga asoslangan? 
11 - MAShG’ULOT 
Mavzu. 
Ichimlik suvlarining gigienik me’yorlarini ishlab chiqish – 4 soat.
 
Ko’rgazmali qurollar va jihozlar:
Ichimlik suvlarining gigienik me’yorlari to’g’risidagi davlat 
standartlari, ichimlik suvlaridagi zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, mikroskop, kolbalar va 
probirkalar, suv namunalarini olish uchun idishlar.
 O’rganish tartibi: 
 
Aholini markazlashtirilgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashning rivojlanishi suv tarkibi 
odamlar uchun zararli moddalardan holi bo’lishiga yordam beradi, suvning sifati yuqori darajada 
yaxshilanishini ta’minlaydi, aholini turli yuqumli kasalliklardan saqlaydi. 
Suvning sifat darajasini oshiruvchi ko’rsatkichlarni belgilovchi me’yorlarni ishlab chiqish 
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlaboq ishlab chiqila boshlagan bo’lsa-da, lekin dastlabki 
vaqtlarda suvni tozalash usullarining murakkab shakllari hali yaratilmagan edi. Asosiy e’tibor 
suvning organoleptik xususiyatlarini yaxshilashga qaratilardi. 
XIX asr oxirlarida suv sifatini baholash uchun bakteriologik tahlillar o’tkazila boshlandi. 
Suv uning muayyan miqdoridagi mikroblar soniga qarab, sanitariya jihatidan baholandi. So’ngra 
suvning epidemik xavfli tomonini baholash uchun undagi ichak tayoqchasi mikrobi (E. Coli) 
aniqlandi.
Keyinchalik ichak tayoqchasi indeksining ko’rsatkichi gigiena fanida ishlatila boshlandi. 
Bunda 1 litr tsuvdagi ichak tayoqchasi mikrobi nazarda tutilardi. Bu ko’rsatkich hozir ham o’z 
mavqeini saqlab kelmoqda. 
Aholini markazlashgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashning rivojlanishi ichimlik suvga 
nisbatan talabnigina emas, shuningdek suv manbalariga nisbatan ham talabni oshirib yubordi. 
Hozir bu borada qo’yidagi Davlat standartlari amal qiomoqda: Davlat standarti – 28 - -
h74 – 82 «Ichimlik suv»; Davlat standarti 27 – 61 – 84 «Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv 
ta’minoti manbalari». 
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashga kata ahamiyat beriladi. Avvalo tanlanadigan 
suv manbalari davlat standarti 28 – 74 – 82 «Ichimlik suv»ga sifat jihatdan to’g’ri kelishi yoki 
yaqin bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarga chuqur joylashgan er qatlami oraliq 
yuqori bomiga ega bo’lgan suvlargina javob beradi. 
Mabodo shunday suv manbalari topilmasa, yoki ular zahirasi kamlik qilsa, yoki sanitariya 
holati va sifati yaxshi bo’lmasa, bosimsiz qatlamlar aro er osti suvlari qidiriladi. Yuza joylashgan 
suv manbalari eng keyingi navbatda tanlanadi. 
Har qanday holatda ham tanlangan manbadagi suvning sifati gigienik talablarga javob 
bermasa, bunday suvga vodoprovod inshootlarida maxsus ishlov beriladi. Suvga davlat standarti 
talabi darajasida ishlov beriladi va ichimlik suv sifatida aholiga tarqatiladi. 
Suv sifatini standartlash suv iste’moli tufayli kelib chiqadigan kasalliklar oldini olish 
imkonini beradi. 


110 
Ichimlik suv sifatiga bo’lgan talab tobora oshib bormoqda. Suvda uchraydigan har 
qanday bakteriyalar va boshqa tarkibiy moddalar uchun gigienik me’yorni ishlab chiqish to’rt 
bosqichni boshdan kechiradi. 
28 – 74 – 45 raqamli Davlat standarti ichimlik suvga nisbatan qo’yidagi talablarni 
qo’yishni ko’zda tutadi:
1) ichimlik suvlar o’z epidemik sifati jihatidan kasalliklar tarqalishi xavfini bartaraf 
etishi; 
2) kimyoviy tarkibiga ko’ra odam uchun zararsiz bo’lishi; 
3) organoleptik xossalariga ko’ra yoqimli bo’lishi; 
4) har qanday sharoitda ifloslanishdan muhofaza qilinishi kerak. 

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish