54
Ahmedova F.M. 0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va
amaliyoti fanidan o ‘quv - uslubiy majmua-T.: Toshkent farmatsevtika instituti,
2016.-B .224.
202
Demokratiyaning yo‘qsillar hokimiyati sifatidagi ma’nosi- Pla
ton o‘zining «Respublika» asarida barcha boshqaruv shakllarini 2
guruhga, ya’ni ijobiy va salbiy guruhlarga bo‘ladi. U demokratiyani
davlatning zulmkor shakllaridan biri deb hisoblab, uni timokratiya,
oligarxiya va tiraniya bilan bir qatorga qo‘ygan edi. Boshqaruvning
ushbu nomaqbul zanjirini parchalab tashlash uchun Platon ideal dav
lat, ya’ni bir guruh aristokrat (zodagon) donishmandlaming boshqa-
ruvini joriy etishni taklif qiladi.
Aristotel ham demokratiya nazariyasining rivojlani shiga muno-
sib hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biridir. U boshqaruv usullarini 6
turga bo‘ladi va ulami 2 guruhga ajratadi.
•
Ijobiy usullar- monarxiya, aristokratiya, politiya;
•
Nomaqbul usullar- zo‘rlik, oligarxiya, demokratiya.
Demokratiyaning polis ishida barcha fuqarolar ishtiroki sifati
dagi m a’nosini - Qadimgi Afinada kuzatish mumkin. Qadimgi Gret-
siyadagi Afina davlatida 400 ming aholi bo‘lib, uning faqatgina 40
mingigina teng huquqli fuqarolar bo‘lishgan. Mana shu o ‘n foiz
aholi butun «demos» nomidan hokimiyatga da’vogarlik qilgan.
Buning ustiga ayollar, ko‘chib kelganlar, qullar siyosiy huquqlarga
ega bo ‘lmaganlar.
0 ‘rta asrlar mobaynida ham ba’zi-ba’zida demokratik tipdagi
shahar va davlatlar vujudga kelib turgan va u yerda xalq yig‘inlari
jamiyat hayotida hal qiluvchi rol o‘ynagan (masalan, Gollandiya, Ve-
netsiya, Lukka, Jeneva, Genuya va h.k.).
Biroq o‘rta asrlar siyosiy qarashlarida demokratiya nazariyasi
qadimgi davrdagidan ancha farqlanadi. Bu davrga kelib «demokrati
ya - monarxning xalq ustidan hokimiyati» degan m a’no kasb eta
boshlagan edi. Chunki o‘sha davrda amaldagi qirol hokimiyati oliy
huquqlarining demokratik legitimizatsiyasi (qonuniylashtirilishi)
ga urinishlar mavjud edi. Bu davrdagi k o ‘pgina muammolar, jum
ladan, qonunlar kimga tegishli: xalqqami yoki monarxgami, ho-
kimiyatni amalga oshirish monarxning funksiyasi hisoblanadimi
yoki majburiyatimi, kabi savollar o ‘rtaga tashlanadi. Agar qadimgi
va ilk o ‘rta asrlarda asosiy hokimiyat qonunchilik hisoblansa, bu
203
davrda ijroiya hokimiyatining mavqei ancha yuksalib, u hukmdor
qo‘lida mujassamlashdi.
Demak, “demokratiya” tushunchasiga nisbatan XIX asrga qadar
ma’lum m a’noda salbiy munosabatda bo‘lib kelingan. Yangi davrga
kelib demokratik ta’limoti to‘g‘risida so‘z ketganda, demokratiyaning
respublikacha konsepsiyasi, Buyuk fransuz inqilobi va uning asosiy
demokratik tamoyillari, zamonaviy demokratiyaning shakllanishiga
muhim hissa qo‘shgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Konstitutsiyasiga
alohida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda davlatning respub
likacha shakli va unga demokratiyaning munosabati masalasi yuzaga
chiqdi. Dastavval, AQSHda respublika e’lon qilinganda ko‘pchilik
uning davomiyligiga shubha bilan qarashgan. Chunki Afina va Rim
demokratiyasi barbod bo‘lgan edi.
Ammo bu davrda AQSHda demokratiyaning rivojida T.Jeferson
xizmati katta bo‘lib, u o‘z zamonasining buyuk hujjati - AQSH Mus-
taqillik deklaratsiyasining (1776-yil 4-iyulda qabul qilingan) mual-
lifidir. Barcha kishilarning hayot kechirishi, erkinligi, mulkka egalik
qilishi, xavfsizligining ta’minlanishi kabi huquqlarga ega bo‘lishi
mazkur Deklaratsiyaning asosiy jihatlari edi. Deklaratsiyaga ko‘ra,
xalq - hokimiyatning birdan-bir manbasi va unga suverenitet xosdir;
hukumat xalqning xizmatkoridir; davlatning barcha organlari xalq
manfaatlari yo‘lida faoliyat yurgizishi lozim va agar ushbu manfaat-
lami buzsalar, xalq o‘ziga yoqmagan hukumatni ag‘darib tashlash
huquqiga ega; hokimiyatlar bo‘linishi ta’minlanishi lozim. 0 ‘z mohi-
yatiga ko‘ra ushbu hujjat 1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining debochasi bo‘lib,
uning uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Shuningdek, demokratiyaning rivojiga yangi davrdagi ijtimoiy shart
noma nazariyasi maktabi vakillarining (T.Gobbs, J.J.Russo, J.Lokk,
Sh.L.Monteske va boshq) siyosiy-huquqiy qarashlari inson huquqlari
va erkinliklari rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Demokratiyaning bir qa-
tor asosiy elementlari (xalq va hokimiyat suvereniteti, ular o‘rtasidagi
munosabatlami tartibga solish va o‘zaro ziddiyatlami bartaraf qilish
uchun shartnomaviy munosabatlami o‘matish g‘oyasi) shakllandi.
204
Yangi davrda demokratiyaning rivojiga fransuz davlat va siyo
sat arbobi Aleksis de Tokvil (1805-1859) o‘zining «Amerikada de
mokratiya» nomli kitobi bilan katta hissa qo‘shdi.
A.Tokvil demokratiya deganda toifalar o ‘rtasidagi tafovutlaming
yo‘qolishi, fuqarolar siyosiy tengligining qaror topishini tushundi.
XVIII va XIX asrlardagi inqiloblar o‘rta asrlardan meros bo‘lib ke-
layotgan har bir kishining hokimiyat tizimi, nufuzi, madaniyatdagi
mavqei aniq belgilanadigan tarixiy tuzilmalarga barham berdi. Ayni
m a’noda, demokratiya tuzilmasiz jamiyat, turli toifadagi kishilaming
tartibsiz ravishdagi aralashuvi prinsipini o‘zida aks ettiradi. Agar il
gari har kimning о‘mi oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘Isa, endilikda
jamiyatning har bir a’zosi o‘z ahvolini na kafolatlangan, na tabiiy
va na adolatli deb hisoblaydi. Bunda har kuni kurash bo‘ladi, unda
kishilar nimaga arzishlari va qanday maqomga ega ekanliklarini bir-
birlariga isbotlaydilar.
Shu bilan birga A. Tokvil demokratiyaning salbiy jihatlarini ham
e’tirof etgan. U demokratiyaga xos bo‘lgan anarxiyaga aylanish xav-
fini ko‘ra oldi. Lekin u hammadan ko‘proq demokratik jamiyatlardagi
obyektiv prinsiplar - markazlashuvdan, inson hayotining uning in
dividual erkinliklarini cheklab qo‘yadigan darajada davlatlashuvidan
xavfsiragan edi. Erkinliklaming bu cheklanishi, jamiyatning qullikka
qarab borishi ham demokratik xususiyatga ega. Bu xavfsirashlaming
behuda bo‘lmaganligini biz bugungi kun tajribasidan ko‘rib turibsiz.
Hozirgi davr uchun A.Tokvilning demokratiya bu - jamiyatni tashkil
qilish shakligina bo Tib qolmay, ayni paytda, unda kechayotgan ja-
rayon hamdir, degan xulosasi juda muhim.
XX asrda demokratiya to‘g ‘risidagi qarashlar tubdan o ‘zgardi.
BMT tomonidan
1948-yilda
“Inson
huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi demokratiya uchun kurashning
yangi toTqinini boshlab berdi.
Bu davrga kelib zamonaviy demokratiya faqat davlat yoki huku
mat doirasi bilan cheklanib qolmasdan, barcha turdagi katta-yu kichik
jamoalardagi qarorlar qabul qilish jarayoniga ham taalluqli bo Tib
qoldi. Davlat doirasidagi demokratiya bilan ijtimoiy institutlardagi
205
demokratiya o‘rtasida keskin farqlanishlar yuzaga keldi. Biroq dav
latning o‘zi ko‘p sonli jamoalardan tarkib topganligi sababli, davlat
miqyosidagi demokratiya o‘z ustuvor ahamiyatini saqlab qoldi.
Shunday bo‘lsada, demokratiyaga nisbatan salbiy qarashlar mav-jud.
Eng yangi davr mutafakkirlari bo‘lgan R. Mixels, V. Pareto, G. Moska
va boshqalar demokratiyani tanqid qilish orqali siyosiy obro‘ orttir-
ganlar. Ular demokratiyani barqaror tartibot bo‘lmay, doimo siyosiy
chegara o‘rtasida o ‘zgarib, jamiyatning anarxik va yarim anarxik ho-
latidan odamlaming siyosiy mustaqilligini cheklash tomon harakat-
lanadi, deb hisoblaganlar. Aynish, ulaming hisoblashlaricha, o‘rtacha
demokratiya xilma-xil safsatabozlaming ta’sirida va quyidagilami
ortiqcha kengayib ketganligi oqibatida u olomonlar hokimiyatiga
aylanadi, keyin esa diktator yoki diktatura paydo bo‘lib zo‘rlik yo‘li
bilan tartib о ‘matib jamiyatda avtoritar tartibotni tiklaydi, degan fikr-
lami bildirib o‘tishgan. Masalan, XIX asr oxiri va XX asrda amalda
o‘z mafkuralarining negiziga demokratiyaning turli xil nazariyalarini
aralashtirmagan (bolshevizm va fashizmni ham qo‘shib hisoblagan-
da) siyosiy ta’limot qolmadi.
Bu o ‘rinda XX asming mashhur siyosatchisi U.Cherchilning de
mokratiya dahshatli narsa, lekin insoniyat hali undan afzalroq narsani
o‘ylab topgani yo‘q, degan fikrlarini keltirish mumkin.
XX asrda ikkinchi yarmida demokratiya keng rivojlandi. Mus
taqillikka erishgan sobiq mustamlaka davlatlar o‘zlaming rivojla
nish yo‘llarini tanlay boshladilar. 1974-yildan ko‘plab avtoritar va
totalitar davlatlar demokratik tizimga o ‘tishdi. Siyosatshunoslikda
bu “demokrtik tranzit” deb nomlanadi. Bu konsepsiya 1970-yillarda
amerikalik mutaxassis Denkvort Rostouga tegishli, unga ko‘ra avto
ritar tuzumlar ma’lum vaqtdan keyin qulashi liberal-demokratik tu-
zumlar o‘matilishi olib keladi. Bu yo‘lning tarafdori S.Xantington
“demokratik tranzitning” tarixda 3 to‘lqini bo‘lgan deb ta’kidlagan:
Birinchi to‘lqin XIX asr boshida AQSHning erkak jinsiga mansub
aholisi ovoz berish huquqiga ega bo‘lgandan so‘ng boshlanib, to XX
asrning 20-yillari boshlarigacha davom etdi. Bu davr mobaynida de
mokratiya 29 mamlakatda qaror topdi. Birinchi to‘lqinning zaiflashu-
206
vi va orqaga chekinishi 1922-yilda Italiyada hokimiyat Mussolinin-
ing qo‘liga o‘tishi bilan boshlandi va 1942-yilgcha, ya’ni demokratik
jamiyatlar soni 12 taga tushguncha davom etdi.
Ikkinchi to ‘ lqin 2-jahon urushida Ittifoqchilar kozongan g‘ alabadan
turtki olib, 1962-yilgacha, ya’ni demokratik davlatlar soni 36 taga yet-
guncha davom etdi. 1962-yildan 70-yillaming o‘rtalarigacha davom
etgan davr ikkinchi to‘lqinning orqaga chekinishi davri bo‘ldi. Bu-
ning oqibatida demokratik mamlakatlar soni yana 30 tagacha kataydi.
Uchinchi to‘lqin 1974-yilda boshlanib, yana 30 ga yaqin demokra
tik tuzumlami yuzaga chiqardi. Uchinchi to ‘lqin, hatto Sovet Ittifoqi
va Afrikaning ayrim qismlarida sodir bo‘lgan inqilobiy o ‘zgarishlami
hisobga olmagan taqdirda ham, demokratik mamlakatlar sonini ikki
baravarga oshirdi.
Tadqiqotchi Charlz Krautxammer “Arab bahori”ni 2005-yildayoq
demokratlashuvning 4-toiqini bo‘lishi kerak edi, deb hisoblagan55..
Bu XX asrda demokratiyaning boshqa mafkuralardan ustunligi
borasidagi qarashlarning shakllanishiga olib keldi. 1960-yilda Gar-
vard sotsiologi Daniel Bell shunday fikrlami bildirgan, bir asr davom
etgan mafkuraviy kurash tugash arafasida. Mustabid kommunizm
inqirozga yuz tutishi va farovon davlatchilik g‘oyasining vujudga
kelishini D.Bell “mafkura intihosi” deb atadi. Endilikda mafkuralar
borasida ortiqcha tortishuvga hojat yo‘q, siyosiy munozaralar asosan
qanday qilib farovon davlatni barpo etish borasidagi texnikjnasalalar
borasi yuz beradi.
1989-yilga kelganda, bu qarashni AQSHlik F.Fukuyama “tarix
intihosi” deb nomladi56. Uning fikricha, Sobiq Ittifoq parchalanishi
bilan G ‘arbning liberal-demokratiyasi g‘alaba qozondi, bu nafaqat
mafkuralar o‘rtasidagi kurashga, balki tarixning ham tugashiga olib
keldi. Endilikda hech qanday mafkuralar bizga tahdid sololmaydi.
“Tarixning tugashi” m a’nosi yirik mafkuralar o ‘rtasidagi kurashning
tugaganligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |