Bugungi kunda Chaykovskiy ijodiga qiziqish yo'q bo'lib ketmagan, bastakorning
ijodiga befarq bo'lmagan odamlar sonining o'sishi, kompozitor orzusini ro'yobga
chiqaradi. Chaykovskiy kompozitor sifatida keng toifalar haqida fikr yuritadi, ayniqsa
uning simfonik musiqasi bilan bog'liq bo'lib, uning hayoti davomida murojaat qilgan
"momaqaldiroq"dan boshlab, 6-simfoniyasi bilan yakunlangan, o'limidan 10 kun
oldin ijro etilgan. P.I.Chaykovskiy XIX asrning 70-yillarida ijod bilan astoydil
shug‘ullanadi. Bu davr uning uchun juda samarali va sermahsul yillar edi. Qisqa vaqt
ichida 3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun birinchi konsert, violonchel uchun
«Rokoko mavzusidagi variatsiyalar», «Sarkarda», «Oprichnik», «Undina»,
«Temirchi Vakula»
nomli 4 ta opera, uchta kvartet,
«Oqqush ko‘li»
baleti, fortepiano
uchun
«Yil fasllari»
turkumini yaratadi. Musiqiy asarlarining targ‘iboti
bilan
shug‘ullangan dirijyor va pianinochi N.G.Rubinshteyn, nashriyotchi P.I.Yurgenson,
sinfdoshi musiqiy tanqidchi G.A.Larosh doimo kompozitorni qo‘llab turishadi. Bu
davrda kompozitorning ijodi zavq-shavq, shodlik va kelajakka bo‘lgan umid bilan
to‘la edi.
Mashaqqatli mehnat,
charchoqlar va nihoyat, 1877-yil oilasining buzilishi
Chaykovskiyda asab kasalligini keltirib chiqaradi. Do‘stlari maslahati bilan
kompozitor chet elga jo‘nab ketadi. Safarga chiqishida unga do‘stlari, ayniqsa,
kompozitor isteododining ashaddiy muxlisi N.F. fon
Mekk ulkan moddiy yordam
ko‘rsatadi. N.F.fon Mekk bilan bo‘lgan ko‘p yillik yozishmalari o‘ziga xos
kundalikdir. Ijodga berilish Chaykovskiyni tushkun kayfiyatdan xalos qiladi.
«Evgeniy Onegin»
operasi va to‘rtinchi simfoniyasi kompozitorning o‘sha davrda
yaratgan buyuk asarlarlaridandir. Bu asarlardan keyin Chaykovskiy ijodida fojiaviy
chizgilar yaqqolroq namoyon bo‘la boshlaydi. Endi uning
asarlarida samimiy lirika
o‘rnini fojiaviy mohiyat egallay boshlaydi.
XIX asrning 70-yillari oxiri, 80-yillari boshlarida Chaykovskiy
«Orlean qizi»,
«Mazepa» operalari, «Moskva» kantatasi, «Uyqudagi go‘zal» baleti, «Torli orkestr
uchun serenada», «Italyan kaprichchiosi», «Tantanali 1812 yil uvertyurasi»,
skripka
va orkestr uchun, fortepiano va orkestr uchun konsertlar,
«Mashhur ijodkor
xotirasiga»
triosini yozdi.
Simfonik ijodi.
Chaykovskiyning simfonik musiqasi hayoti davomida muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Ostrovskiy dramasiga asoslangan «
Momaqaldiroq
» uvertyurasi birinchi
simfonik asari bo‘lsa, oltinchi simfoniyasi va fortepiano
uchun yozilgan uchinchi
konserti ijodidagi oxirgi asarlari bo‘lib qoladi. Simfonik janrga mansub turli xil
asarlarining orasida kompozitorning oltita simfoniyasi alohida o‘ringa ega bo‘lib,
bular qatoriga
Do'stlaringiz bilan baham: