P.I.Chaykovskiy asarlari mazmunining umumnazariy-tarixiy
jarayonlari
Tohir Xushnudbek o’g’li Ismailov
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ilmiy tadqiqotimiz
mavzusi doirasida
P.I.Chaykovskiy ijodini ilmiy nazariy jihatlarini batafsil o’rgangan holda, kompozitor
hayoti va ijodini nazariy jihatlarini tahlil qilib, Chaykovskiy ijodining Jahon musiqa
madaniyatidagi ahamiyati yoritib berildi. Shuningdek, kompozitorning
turli janrdagi
asarlari nazariy asoslari va ijodning boshqa kompozitorlar ijodidan farqi bayon
qilingan.
Kalit so’zlar:
Musiqa madaniyati, klassika, opera, balet,
Yil fasllari, Yevgeniy
Onegin, Bolalar uchun albom, Oqqush ko’li.
General-historical processes of the content of
P.I.Tchaikovsky's works
Tohir Khushnudbek oglu Ismailov
Tashkent State Pedagogical University
Abstract:
This article examines the theoretical aspects of P.I.Tchaikovsky's
work, analyzes the theoretical aspects of the composer's life and work, and highlights
the importance of Tchaikovsky's work in world music culture. It also describes the
theoretical foundations of the composer's works in different genres and the
differences between creativity and creativity of other composers.
Keywords:
Music Culture,
Classics, Opera, Ballet, Seasons, Eugene Onegin,
Children's Album, Swan Lake.
"Kelajakning adolatli sudiga bo'lgan ishonchim shubhasizdir. Men oldindan,
hayotimda, men rus san'ati tarixi bilan menga beradigan shon-sharafni baham
ko'rishdan zavqlanaman"
(P.I.Chaykovskiy)
Jahon musiqa madaniyatida Rus mumtoz musiqasi o’zining keng ko’lami, jahon
xalqlari musiqasiga ijobiy ta’siri bilan alohida mavqega egadir. M.I.Glinka,
P.I.Chaykovskiy
va ular qatorida turuvchi ko’plab
kompazitorlar tomonidan
yaratilgan musiqa asarlari chuqur mazmun va murakkab tuzilishga ega bo’lsa - da,
ammo badiiy yetukligi tufayli oson idrok etiladi. Ular shunday bir boy xazinaki,
ulardagi musiqiy matnni tinglagansari yana tinglaging kelaveradi, har bir qayta
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
762
tinglanganda esa uning yangi - yangi badiiy qirralari kashf etiladi. XIX asrning yirik
kompozitorlari orasida Petr Ilich Chaykovskiy o‘zining isteododi bilan alohida ajralib
turadi. U kompozitor, dirijyor, musiqiy tanqidchi, jamoat arbobi bo‘lib, M.I.Glinka va
A.S.Dargomo`jskiy an’analarining davomchisi sifatida
rus klassik kompozitorlari
qatoridan munosib joy olgan.
P.I.Chaykovskiyning estetik tamoyillari XIX asrning 60-70-yillarida rus
jamoatchiligi madaniyati va badiiyatining yuksalishi, adabiyot, rassomchilik va
musiqa san’atining gullab yashnagan davrida shakllandi. Dunyoni o‘tkir
fojiaviy
tuyg‘u bilan his qilish ehtiyojini ertangi hayotga bo‘lgan qattiy ishonch bilan uyg‘un
holatda idrok etish Chaykovskiyning muhim sifatlaridan biri edi. P.I.Chaykovskiy
insonparvar va taraqqiyparvar ijodkor sifatida kishilarning erkinligi va baxtga
intilishini musiqada yorqin ifoda etdi va tarixda muhabbat va tabiat go‘zalligining
otashin kuylovchisi sifatida o‘lmas iz qoldirdi. Chaykovskiyning ijodida aks etgan
asosiy tamoyillar insonga mehr-muhabbat,
rahm-shafqat, bag‘rikenglik va
samimiylikdan iborat edi.
Jahon musiqa adabiyotida
P.I.Chaykovskiy
asarlari klassika darajasiga
yuksalgan. Operalari ko‘plab dunyo sahnalarida ijro etilmoqda. Har to‘rt yilda bir
marotaba Moskvada butun dunyo musiqachilari P.I.Chaykovskiy
nomidagi xalqaro
tanlovda ishtirok etadilar. P.I.Chaykovskiy hali hayotligidayoq ijodiy merosi jahon
san’atining ajralmas bir qismiga aylanib ulgurdi. Chaykovskiyni taniganlar nafaqat
uning ijodiga, balki unga xos bo‘lgan insoniy sifatlarga ham alohida bir mehr
bilan munosabatda bo‘lganlar. Fikrimizning isboti sifatida S.V.Raxmaninovning
so‘zlarini keltirib o‘tamiz: