Savolnoma natijalari
Har bir qadriyat uchun ikkita tasdiq iborasi mavjud;
Bir kishi uchun berilgan qadriyatlarni aniqlash uchun o‘rtasha ball
unga mos keladigan ikkita iboralar hisoblanadi. Turli
qadriyatlarning o‘rtasha qiymatlarini quyidagi juftliklar uchun
hisoblash kerak.
1. altruistik - 11, 28;
2. ijtimoiy-siyosiy - 12, 29;
3. axloqiy -13, 30
4. boshqalar tomonidan tan olinishi - 14, 31
5. moddiy ta’minlanganlik – 16, 33
6. o‘z-o‘zini rivojlantirish - 15, 32
7. bo‘sh vaqt– 17, 34
8. ta’lim – 1, 18
9. kasbiy faoliyat – 2, 19
10. obro‘ e’tibor – 3, 20
11. oilaviy-maishiy – 4, 21
12. oilaviy munosabatlar – 5, 22
13.qariyalar bilan munosabatlar 6, 23
14. yoqimtoy (tashqi ko‘rinish) 7, 24
Topshiriq
.
10 ta muhim hayotiy qadriyatlarni yozib беринг
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
KASB TANLASHGA TAYYORMANMI?
Aziz o‘quvchi! Har bir kishi kasb tanlaganida, muhim qaror qabul qiladi, uning
muvaffaqiyati ko‘plab omillarga bog‘liq. Ammo eng muhim omil - bu o‘zingiz uchun
mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishga bo‘lgan intilish va buni xohlashingiz.
Agar siz ushbu hukmga rozi bo‘lsangiz, "ha", agar yo‘q bo‘lsa, "yo‘q" degan
javobni aylanaga oling. So‘ngra ijobiy va salbiy javoblarni hisoblang.
1. Kasb bir marta va butun umrga tanlanadi. Ha, Yo‘q
2. Kasb faqat moddiy manfaat uchun tanlanadi Ha, Yo‘q
3. Tanlangan kasb bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis bo‘lish kerak Ha, Yo‘q
4. Qanday kasbni tanlash inson taqdiriga yozilgan bo‘ladi Ha, Yo‘q
5. Psixolog kasb tanlashda yordam bermaydi u “aqli zaif” lar bilan ishlaydi.
Ha, Yo‘q
6. OO‘Y ning nomidan u yerda qaysi mutaxassisliklar tayyorlanishini bilish
mumkin. Ha, Yo‘q
7. Kasbni ota-ona maslahati va do‘stlaringizga ergashib tanlash mumkin. Ha
Yo‘q
8. Kasbni balog‘atga yetgandan so‘ng tanlash kerak. Ha, Yo‘q
9. Yaxshi kasb egasi bo‘lish uchun nufuzli ta’lim muassasani tanlash kerak Ha,
Yo‘q
10. Agar puling ko‘p bo‘lsa, kasbga yo‘naltirish muhim emas Ha, Yo‘q
Aslini aytganda, berilgan barcha fikrlar insonning kasb tanlashiga to‘sqinlik
qiladigan keng tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarga ishora qiladi.
Bu fikrlarning nechtasini ijobiy deb hisobladingiz?
0-2- Siz uchun kasb tanlash muammosi allaqachon hal bo‘lgan. Sizning kasblar
dunyosidan xabardorlik darajangiz va uni qanday tanlashingiz yaxshi mutaxassis
maqomiga deyarli teng.
3-5- Siz hali kasb qanday tanlanishi haqida yetarli ma’lumotga ega emassiz.
Ehtimol, yordam so‘rash vaqti kelgandir?
6 va undan ko‘p - Siz ko‘plab fikrlarga qo‘shildingiz, endi bu savolga chin
dildan javob berishga harakat qiling: "Nega javobgarlikni o‘z zimmamga olishim
qiyin?" Balki bu savolga javob berib qanday qilib mustaqil fikrga ega bo‘lishni
anglab yetarsiz.
Topshiriq
Kasb tanlashni murakkab, ko‘pgina omillarni inobatga olish kerak bo‘lgan mantiqiy
masalani yechish bilan taqqoslash mumkin. Quyidagi “Mening kuchli va zaif
tomonlarim” jadvalini to‘ldiring.
Mening ijobiy sifatlarim
Mening salbiy sifatlarim
Do'stlaringiz bilan baham: |