summa miqdoridan (ya’ni soliqqa tortish bazasidan) chiqarib
tashlashga ruxsat berilgan. Sekinlatadigan (to‘xtatadigan) poralardan
foydalanishgina jinoyatchilik deb hisoblanadi. Bunday poralar mas’ul
shaxs o‘z fuknsional majburiyatlarini sekin bajarishi (bajarmasligi)
uchun beriladi (masalan, bojxona xodimi kontrabandani o‘tkazib
yuborishi). Qonuniy va noqonuniy o‘rtasidagi chegara soliq to‘lashda
yanada nozikdir: “soliq to‘lashdan qochish”ning ikki xili mavjud –
birinchisi,
soliq
to‘lovchi
qonunchilik
me’yorlarining
kamchiliklaridan
foydalanib,
soliq
to‘lovlarini kamaytiradi;
ikkinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilikni buzgan holda o‘z
daromadlari hajmini yashiradi.
Iqtisodiy jinoyatlarning ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan
e’tirof etilgan aniq ta’rifi yuq. Shuning uchun ham hozircha ularning
umumlashgan bir tasnifi xususida gap bo‘lishi mumkin emas.
Jinoyatlar qonunlar asosida, ya’ni qaysi
qonunlar buzilishiga qarab
yoki jinoyatchi tajovuz qilgan ob’ekt yoki biron-bir iqtisodiy
jinoyatga taalluqliligi nuqtai nazaridan guruhlanadilar. Bunday
tasnifga asos qilib professor G. Kayzer (Germaniya) tavsiya etgan
guruhlashni ko‘rsatish mumkin.
1. Bank aksiyadorlik jamiyatlari tizimidagi, kredit muassasalari,
sug‘urta va erkin raqobat (ishonchni suiiste’mol qilish), soxta
bankrotlik hamda mualliflik huquqi va markirovka qoidalarini buzish
bilan bog‘liq jinoyatlar.
2. Soliqlarni to‘lashdan
bosh tortish, subsidiyalar sohasidagi
ko‘zbuyamachilik boj to‘lovi bilan bog‘liq jinoyatlar, ta’magirliq
poraxo‘rlik.
3. Mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzishlar,
iste’molchilarga qarshi hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi
qaratilgan jinoyatlar.
4. Boshqa tovlamachiliklar va chayqovchilik.
Professor N. Shneyder iqtisodiy sohadagi jinoyatchilarning
ob’ekti bo‘lmish iqtisodiy tizimning uch sektorini alohida ajratadi:
1) bank kredit sohasiga qarshi bo‘lgan jinoiy tajovuzlar;
2) qurilish sohasida va ko‘chmas
mulkka qarshi qaratilgan
jinoyatlar;
3) transport va sayohat, turizm sohasida amalga oshiriladigan
jinoyatlar.
XX asrning 80-90 yillarida g‘arb mutaxassislari o‘zlarining
ushbu muammolarga bag‘ishlangan asarlarida sof iqtisodiy
jinoyatlarning to‘la va aniq ro‘yxatini tuzishga harakat qildilar va bu
ishda ular asosiy e’tiborni korporatsiyalarda amalga oshirilgan
jinoyatlarga qaratdilar.
Olimlar fikricha, korporatsiyalar tomonidan
sodir etilgan jinoyatlar iqtisodiy jinoyatchilik ta’rifiga mos tushadi.
Ularga quyidagi jinoyatlar turini kiritish mumkin.
1. Aksioner, kompanon va ta’sischilarga ziyon yetkazilgan
kapital mablag‘larni suiiste’mol qilishdan kelib chiqadigan jinoyatlar
(buxgalteriya hujjatlaridagi, aksiyalar bo‘yicha
sodir etilgan
firibgarliklar, yo‘q kompaniyalarga aksiyalarni sotish va hokazolar).
2. Depozit kapital (banklarga joylashtirilgan pul yoki
qimmatbaho qog‘ozlar)ni suiiste’mol qilish, kreditorlarga ziyon
yetkazish (soxta bankrotlik, tovlamachilik,
subsidiyalar bilan
firibgarlik qilish).
3. Erkin raqobat qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.
4. Iste’molchi huquqini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.
5. Davlatning moliya tizimini buzishga qaratilgan jinoyatlar
(masalan, foydani yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, ishlab
chiqarish va savdo qonun qoidalarini buzish va boshqalar).
6. Tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘lik jinoyatlar (masalan,
atrof-muhitni ifloslantirish, qurilish normalari va nizomlarini buzish
va boshqalar).
7. Ijtimoiy cyg‘ypta va nafaqa to‘lash sohasidagi,
texnika
xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar.
8. Tijorat sohasidagi poraxurlik.
9. Kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladigan jinoyatlar
(xakerlar).
Jinoyatning bu turlari o‘tgan asrning 70-yilaridan boshlab olimlar
tomonidan iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kiritildi, chunki ular
natijasida yetkazilgan zararlar juda katta miqdorni tashkil qila
boshladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kompyuter jinoyatining hammasi
ham iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kirmaydi, ularning ba’zilari oddiy
tovlamachilik bo‘lib, bu jinoyat zamonaviy texnika yordamida sodir
etiladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, bunday jinoyatlarni umumiy
jinoyatlar toifasiga kiritish lozim. Ammo olimlar iqtisodiy jinoyatlar
toifasiga ma’lumotlarni yoki dasturlarni soxtalashtirish (kompyuter
manipulyatsiyalari), kompyuter sabotaji va mashina vaqtini o‘g‘irlash
kabi jinoyatlarni qo‘shmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: