ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
218
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
Qo‘qonning G‘oziyog‘liq mahallasidagi katta masjidda imomlik qiladi. Shundan
yozmalarida ham ”Qoriy” tahallusini qo‘llaydi. Qoriy mukammal husnixat egasi bo‘lib
hattotlik bilan ham shug‘ullangan.
ASOSIY QISM
Qoriyning o‘z dasxati bilan ko‘chirgan «Devon»i [1.34] hamda Majzub
Namangoniyning «Devon»i va Bahouddin Naqshbandning risolasi mavjud. Muqimiy
bilan hamkorlikda ko‘chirgan katta bayozi va yana bir necha asarlar bizgacha yetib
kelgan. Qoriyning xalq orasida mukammal bir devoni mavjud bo‘lib, bu devon 1912-
yilda litografiya usuli bilan nashr qilingan. Devonda shoirning 205 ta g‘azal, 72 ta
muhammas, 26 ta muvashshah, 2 ta tarix janriga oid, jami 7000 misraga yaqin
yozg‘ichlari [2.312.] o‘rin olgan.
Qoriyning fors adabiyoti namoyondalari Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy,
Bedil, Ahmad Jomiy, Osafiy, Soib kabilarning, turkiy adabiyot namoyondalaridan esa
Alisher Navoiy, Fuzuliy, Amiriy, Mashrab, Zaliliy, G‘oziy, Uvaysiy, Azimiy kabi
ijodkorlarning g‘azallariga bog‘langan tahmislari mavjud. Hozirga qadar Qoriy ijodi
to‘g‘risida aytarli ko‘p ma’lumotlar mavjud emas. U haqidagi asosiy ma’lumotlar
Po‘latjon domla Qayumovning “Tazkirayi Qayyumiy” asarida keltirilgan.
Qoriy dastlab Navoiyga qo‘l bergangan shoirlardan bo‘lsa ham, keyinchalik
tasavvuf ruhida she‘rlar bitadi. Uning lirikasining asosiy mavzusi ilohiy ishq bo‘lib,
diniy-ma’rifiy g‘oyalar yetakchi o‘rinni egallaydi. Shoir devoni bilan tanishar ekanmiz,
har bir satrda ilohiy ishq ruhi yaqqol sezilib turadi. Qoriy she’rlari Allohga hamdlar,
ayniqsa, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga bag‘ishlangan na’tlarning ko‘pligi bilan
ham ajralib turadi. Shuningdek, uning ijodida go‘zal mahbubaning yorqin tasviri va
unga bo‘lgan muhabbat sitamlari aks etgan misralardan tashkil topgan she’rlar ham
salmoqli o‘rinni egallaydi. Shoir o‘z she‘rlari bilan davr kishilariga nazar soladi va
ijtimoy hayotdan kelib chiqib she‘rlar bitadi.
Insonni komillikka da’vat etish, nafsni tarbiyalash, ahloqiy-tarbiyaviy fikrlarni
uyushiq holda bayon etadi. Qoriy ijodining yana bir go‘zal tomoni, uning g‘azallari
orasida Muhammad (s.a.v)ga bag‘ishlangan yozgichlar salmoqli o‘rinni egallaganidir.
Uning “Ahmad”, “Muhammad” radifli na’t g‘azallari ham e’tiborga molik.
Jon ichra jo qila yarib qaddi rasoyi Ahmad,
Zikri zabonin aylay bo`lsa rizoyi Ahmad.
Yorub ko`ngulni ayla bir shahnishi shohi,
Shoyadki bo`lsa mehmon nuri jiloyi Ahmad.
Haq ofarinsh aylab nuridin nishone Muhammad,
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |