BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MATEMATIK MASALALAR
YECHISHGA O‘RGATISHNING NAZARIY ASOSI
Zikirova D.Sh. – magistrant, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti, Toshkent,O‘zbekiston.
Anontatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik masalalar
yechishga o‘rgatishn,va ularni fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishganazariy-metodik tavsiyalar
keltirib o‘z qarashlari bilan izohlab berildi.
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich sinf, o‘quvchilar, matematik masalalar, arifmetik amallar, aqliy
qobilyat, malaka, reja, ko‘nikma, malaka, analiz, sintez.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
91
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Аннотация:
В статье представлены теоретические и методические рекомендации по
обучению школьников младших классов решению математических задач и развитию их
мыслительных способностей на основе собственных взглядов автора.
Ключевые слова:
начальная школа, учащиеся, математические задачи,
арифметические операции, умственные способности, навыки, планы, компетенция, анализ,
синтез.
Annotation:
This article provides theoretical and methodological recommendations for
teaching elementary students to solve mathematical problems and developing their thinking skills
explained by author’s own views.
Key words:
Elementary school, students, math problems, arithmetic operations, mental
abilities, skills, plans, competence, analysis, synthesis.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang‘ichsinflarda matematika o‘qitishning asosiy
vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilibtarbiyalash hisoblanadi. Bunda
ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va
puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni
kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish boshlanqich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga
aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o‘quv jarayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy
mazmunli,ularning to‘plagan tajribasiga asoslangan masalalarni echish usullariga va ularni
qo‘llashga o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta‘lim mazmuni va o‘rganilayotgan
tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o‘zaro aloqadorlikda va o‘quvchilar amaliy
faoliyati tajribasi bilan qo‘shgan holda o‘qitishdolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni
ishlab chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muxtaram prizidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Matematikani yaxshi bilgan bola aqilli,keng,tafakkurli
bo‘ladi vaistalgan sohada ishlab ketadi” deb takidlaganlar. Shu bilan birga: - “boshlang‘ich sinfda
matematika fanini yaxshi o‘lashtirgan va matematik masalalarni ongli ravishda ishlagan o‘quvchilar
boshqa fanlarni o‘zlashtirishga qiynalmaydilar” – degan edi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida fikrlash qobilyatlarini shakllantirishda albatta
biz mantiqiy masalalardan foydalanamiz.Aqliy qobilyatini rivojlantirishda har bir darsda
foydalanish maqsadga muvofiqdir.Masalalar bolalarning fikrlash qobilyatlarini rejalashtirishning
foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga, yashirin informatsiyani’’oladi. Bu informatsiyani
qidirish, masala yechuvidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash,
umumlashtirish va hokozalarni talab qiladi.
Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim.
Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.
Masalani dastlabki analiz qilish (ma’lumni nomalumdan ajrata olish malakasi).
Masalani qisqa yozish malakasi.
Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilini
amalga oshirish, so‘ngra yechish rejasini tuzish malakasi.
Yechishni bajarish.
Masala yechimini tekshira olish malakasi.
Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi.
Boshlang‘ich sinf matematika metodikasiga oid qo‘llanmalarda masalani tahlil qilishning
analitik va sintetik usullari o‘rganiladi.Chunki masala yechishda masala yechuvchining fikri doim
ma’lumdan no‘malumga va noma’lumdan ma’lumga qarab borishi kerak. Masala tahlilini uning
savolidan ham, berilganlardan ham boshlash mumkin.Yechish yo‘llarini izlash maqsadga yo‘nalgan
bo‘lishi muhimdir, bunda berilgan ma’lumotlar bo‘yicha nimani bilish mumkinligiga doir ko‘rsatma
har doim “Buni bilishim zarurmi?” “Bu masalani yechishga yordam bera oladimi?” degan savollar
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |